Kirish. Qurilish materiallari va buyumlarining umumiy asoslari. Qurilish materiallarining asosiy xossalari


Download 1.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet134/138
Sana15.06.2023
Hajmi1.95 Mb.
#1481467
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   138
Bog'liq
ҚМ ва Б КБКИЧ ва ДПКМТ

2.
Maxsus qorishmalar  
Gidroizolyasion qorishmalar. Gidroizolyasion qorishmalar odatda 
portlandsement, sulfat muxitiga chidamli sement, gidrofob sement va kengayuvchi 
sement asosida tayyorlanadi. Ularning tarkibiga 1:2,5 yoki 1:3,5 (sement:qum, 
massasi bo‘yicha) bo‘lib, suv o‘tkazmaslik xususiyatini yanada yaxshilash uchun 
tarkibiga har xil zichlashtiruvchi moddalar (natriy alyuminati, xlorli temir, bitum 
emulsiyasi, polimerlar, latekslar va boshq.) kiritiladi. Gidroizolyasion qorishmalar 
doimo nam, suv yoki agressiv muxitlar ta’sirida bo‘ladigan bino va inshootlarning 
qismlarini, yuzalarini suvashda ishlatiladi.
In’eksion qorishmalar. In’eksion qorishmalar armaturasi avvaldan 
taranglanadigan temirbeton konstruksiyalar tayyorlashda armaturani korroziyadan 
himoyalash maqsadida kanallarni to‘ldirish uchun ishlatiladi.
Ular sement xamiri yoki sement-qum aralashmasi sifatida tayyorlangan 
pasta holatida bo‘lishi mumkin. Mayda to‘ldirgich sifatida yiriklik moduli eng 
kichik, yuvilgan kvars qumi ishlatish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Mineral 
bog‘lovchi sifatida M400 va undan yuqori markali portlandsement ishlatiladi. 
Sementning sarfi 1m
3
qorishma uchun 1100-1400 kg va 1 m
3
sement xamiri uchun 
1300-1600 kg bo‘lishi kerak. In’eksion qorishmaning siqilishga mustahkamligi 
bo‘yicha markasi kamida 300 bo‘ladi.
Qorishma aralashmasining qovushoqligini kamaytirish uchun tarkibiga 
LST, milonaft kabi sirtaktiv moddalar va S-3 singari superplastifikatorlar (0,1-1%, 
massasi bo‘yicha) kiritish tavsiya etiladi.


Akustik qorishmalar. Tovush yutuvchi suvoqlar tayyorlashda va aks sado 
hosil bo‘lmaydigan xonalarni suvashda akustik qorishmalar ishlatiladi.
Mineral bog‘lovchi sifatida portlandsement, shlakli portlandsement, ohak, 
gips, ular asosidagi aralash bog‘lovchilar va kaustik magnezit ishlatiladi. Mayda 
to‘ldiruvchi sifatida ko‘pchitilgan perlit, pemza, keramzit va shu kabi g‘ovak 
materiallardan olingan, yirikligi 3-5mm bo‘lgan bir fraksiyali qumlar ishlatiladi. 
Qorishmalarning o‘rtacha zichligi 6001200 kg m
3
bo‘lib, ochiq g‘ovakli 
strukturaga ega bo‘ladi.

Download 1.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling