Kirish. Qurilish materiallari va buyumlarining umumiy asoslari. Qurilish materiallarining asosiy xossalari


Download 1.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet135/138
Sana15.06.2023
Hajmi1.95 Mb.
#1481467
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   138
Bog'liq
ҚМ ва Б КБКИЧ ва ДПКМТ

Tamponaj 
qorishmalar. 
Neft 
va 
gaz 
quduqlarini, 
tonnellarni 
gidroizolyasiya qilishda, tog‘ jinslari yoriqlari va bo‘shliqlarini to‘ldirishda va 
boshqa joylarda tamponaj qorishmalar ishlatiladi. Bu qorishmalarni tayyorlashda 
maxsus tamponaj portlandsementi, agressiv muhitlarda esa sulfat muxitiga 
bardoshli portlandsement ishlatiladi.
Tamponaj qorishmalar juda tez qotuvchanlik xususiyatiga ega.
Rentgen nurlaridan himoyalovchi qorishmalar. Ular barit qumi (VaSO
4

asosida tayyorlanadi. Mineral bog‘lovchi sifatida portlandsement va shlakli 
portlandsement ishlatiladi. Qorishma tarkibiga litiy, bor, kadmiy kabi engil 
elementlar qo‘shimcha sifatida kiritiladi. Barit qumining eng yirik donasi 1,25 mm 
katta bo‘lmasligi kerak. Qorishmaning
o‘rtacha zichligi 2200 kg m
3
atrofida bo‘ladi.
Ular rentgen kabinalari va boshqa maxsus binolar devorlari va shiplarini 
suvashda ishlatiladi.
  
4. Quruq qorishmalar  
Keyingi yillarda mamlakatimizda va ayniqsa xorijda materiallar bozori 
qurilishda turli quruq qurilish aralashmalarining keng ko‘lamda qo‘llanishi evaziga 
yanada kengaydi. Ular asosan pardozlash xamda bino ichi va sirtidagi montaj 
ishlarida qo‘llaniladi (g‘isht terishda, fasadlarni pardozlashda, pollarni barpo 
etishda). Quruq aralashmalarga kiruvchi sement-oxakli aralashmadan iliq va uncha 
sovuq bo‘lmagan xaroratlarda foydalaniladi (muzlashga qarshi qo‘shimchalar bilan 
birgalikda), suvoq uchun ishlatiladigan gipsli quruq; aralashmalardan panelli 
uylarni restavratsiya qilishda, quyma ravishda tiklanadigan binolar va boshqa 
shunga o‘xshash ishlarda foydalaniladi. Gipsli quruq aralashmaning sarflanishi 
taxminan
80 m
2
/t
ni tashkil etadi.



Download 1.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling