Kirish. Qurilish materiallari va buyumlarining umumiy asoslari. Qurilish materiallarining asosiy xossalari


-jadval   Havoyi ohakka qo‘yilgan texnik talablar


Download 1.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/138
Sana15.06.2023
Hajmi1.95 Mb.
#1481467
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   138
Bog'liq
ҚМ ва Б КБКИЧ ва ДПКМТ

5.1-jadval  
Havoyi ohakka qo‘yilgan texnik talablar  
Ko‘rsatkichlar
Kalsitli ohak 
navlari
Magnezialli va 
dolomitli 
ohak 
navlari
Gidratli 
ohak 
navlari
1
2
3
1
2
3
1 2 3
Aktiv SaO MgO miqdori
90 80 70 85 75 65 67 60 50
So‘nmagan zarrachalar miqdori 7 11 14 10 15 20 - - -
Ohakni tashish, saqlash va ishlatish. So‘ndirilmagan donador ohak temir 
yo‘l vagonlari va avtosamosvallarda to‘kilgan holda tashiladi. Bunda ohakni 
namlik ta’siridan saqlash zarur. Ohak pushonka va kukun ohak jips yopiladigan 
metall konteynerlarda, maxsus polietilen katta qoplarda va bitumlangan yoki 
yog‘langan qog‘oz qoplarda tashiladi. Ohak qorishmasi maxsus kuzovli 
avtosamosvallarda, ohak suti esa avtotsisternalarda tashiladi.
Ohak pushonkani qurilish maydonlaridagi omborxonalarda qoplarga joylab 
qisqa muddat saqlash mumkin. Ohak kipelkani qurilish maydonlarida usti yopiq 
holda uzoq muddat saqlash va zarurat bo‘lganda undan ohak qorishmasi tayyorlash 
mumkin. Kukun ohakni bir oydan ortiq saqlash mumkin, aks holda havodagi 
namlik ta’sirida aktivligi asta-sekin kamayadi.
Havoyi ohak keramik g‘isht va bloklar terishda, suvoqchilikda 
ishlatiladigan murakkab va oddiy qorishmalar tayyorlashda, bo‘yoq tarkiblari 
uchun bog‘lovchi sifatida ishlatiladi.
Havoyi ohak namlik va suv muhitiga chidamsizligi tufayli u asosidagi 
qorishmalar va buyumlarni poydevorlar qurishda, yog‘in-sochin ta’sirida 
bo‘ladigan joylarda ishlatish maqsadga muvofiq emas.
Havoyi tuyilgan ohak va ohak pushonka asosida ohak putssolanli va ohak-
shlakli gidravlik bog‘lovchilar ishlab chiqariladi.
Ohak-shlakli bog‘lovchilar donador domna shlaki va havoyi ohakni 
(2030%) birgalikda maydalab tuyib olinadi. Bog‘lovchining qotish jarayonini 
yaxshilash uchun tarkibiga 3-5% gips qo‘shiladi. Bunday bog‘lovchilar normal 
sharoitda sekin qotadi, lekin issiq nam havo bilan ishlanganda qotishi tezlashadi.


Ohak-putssolanli bog‘lovchilar ohak va aktiv minerallar-trepel, opoka, 
diatomit, gliej va boshqalarni birgalikda kukun holiga keltirib olinadi. Ohak-shlakli 
va ohak-putssolanli bog‘lovchilar asosidagi qorishma va betonlar namlikka va 
qisman suvli muhitga chidamli, ammo sovuqqa chidamliligi past bo‘ladi.
Havoyi ohakning katta qismi silikat g‘ishti va bloklari, g‘ovak, engil va 
og‘ir silikat betonlari tayyorlashda ishlatiladi. Havoyi ohakni tashish, saqlash va 
ishlatishda texnika xavfsizligi choralariga rioya qilish zarur, chunki ohak 
bog‘lovchisi ishqoriy muhit bo‘lib, terini, nafas olish a’zolariga salbiy ta’sir etishi 
mumkin.

Download 1.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling