Kirish. Qurilish materiallari va buyumlarining umumiy asoslari. Qurilish materiallarining asosiy xossalari


Download 1.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/138
Sana15.06.2023
Hajmi1.95 Mb.
#1481467
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   138
Bog'liq
ҚМ ва Б КБКИЧ ва ДПКМТ

HAVOYI BOG’IOVCHILAR 
Havoyi ohak 
Havoyi ohak tarkibida 6% gacha giltuproq bo‘lgan kalsiyli va magniyli 
karbonat tog‘ jinslari: bo‘r, ohaktosh, dolomitlashgan ohaktosh va dolomitlarni 
kuydirib olingan bog‘lovchi materialdir. Ohak bog‘lovchisi (kipelka) oq va kul 
rangida bo‘lib, bo‘lak-bo‘lak holda hosil bo‘ladi. Havoyi ohak bog‘lovchisi 
quyidagi turlarda bo‘ladi: so‘ndirilmagan maydalangan, so‘ndirilgan gidrat 
(pushonka), ohak qorishmasi va ohak suti.
Ohak bog‘lovchisi tarkibidagi SaO miqdoriga nisbatan kalsitli, magnezialli 
va dolomitli bo‘lishi mumkin. Kukun ohak tayyorlash uchun so‘ndirilmagan ohak, 
domna shlaki, elektrotermofosforli shlak, aktiv mineral qo‘shimchalar bilan birga 
maxsus tegirmonda tuyiladi.
Ohak ishlab chiqarish. Havoyi ohak homashyosi asosini kalsiy karbonat 
(SaSO
3
) tashkil etadi, shuningdek ozgina miqdorda dolomit, gips, kvars, giltuproq 


va boshqalar aralashgan bo‘lishi mumkin. Ohaktosh 9001200
0
S haroratda 
kuydirilib, imkoni boricha SO
2
gazi chiqarib yuboriladi:
SaSO
3
SaO SO
2
5.1-rasm. SHaxtali xumdon 
1-shaxta; 2-yuklash qurilmasi; 3-qizdirish zonasi; 4-kuydirish zonasi; 5sovitish 
zonasi; 6-havo beriladigan greben; 7-kuydirilgan ohakni chiqarib oluvchi 
mexanizm. 
Homashyo tarkibidagi magniy karbonat (MgSO
3
) kuydirish jarayonida 
parchalanadi.
Ohaktoshni kuydirish natijasida 56% havoyi ohak hosil bo‘ladi, qolgan 
44% karbonat angidridi (SO
2
) havoga chiqib ketadi.
Ohak bog‘lovchisi tarkibida asosiy oksidlar (SaO MgO) miqdori yuqori 
bo‘lsa, ohak qorishmalari shunchalik mayin (plastik) va sifatli bo‘ladi.
Havoyi ohak tarkibidagi chala kuygan yoki o‘ta kuygan bo‘laklarning 
meyordan ortiq bo‘lishi bog‘lovchi hossalarini yomonlashtiradi. CHala kuygan 
ohak bo‘laklar deyarli bog‘lovchilik xususiyatiga ega bo‘lmaydi, o‘ta kuydirilgan 
ohak esa juda sekin suv ta’sirida gidratlanadi va hajmi kengayadi. Buning 
natijasida ohak bog‘lovchisi asosidagi mahsulotlarda yoriqlar hosil bo‘lishi 
mumkin.


Ohaktoshni odatda shaxtali xumdonda kuydiriladi (5.1-rasm). Mayda 
bo‘lakli ohaktoshlar aylanma xumdonda kuydirilishi mumkin. Ohaktoshni 
kuydirish uchun ko‘mir, tabiiy gaz va boshqa yoqilg‘ilar ishlatiladi. Ko‘mir 
yoqilganda ohakka kul aralashishi mumkin, gaz yoqilganda esa bog‘lovchi toza 
holda hosil bo‘ladi. Bundan tashqari gaz bilan ishlaydigan xumdonlarni 
mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish mumkin.
Ohaktoshni kuydirilganda so‘ndirilmagan g‘ovak bo‘lak holdagi yarim 
mahsulot hosil bo‘ladi. YArim mahsulotni is’temolchiga moslashtirish uchun 
maydalanadi yoki so‘ndiriladi.

Download 1.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling