Kirish. Qurilish materiallari va buyumlarining umumiy asoslari. Qurilish materiallarining asosiy xossalari
Download 1.95 Mb. Pdf ko'rish
|
ҚМ ва Б КБКИЧ ва ДПКМТ
Sitallar-shisha kristallar shishani qisman yoki to‘la kristallash usulida
olinadi. Sitall olish uchun shisha xom ashyosi va maxsus mineral qo‘shilmalar juda toza xolda ishlatiladi. Sitallga maxsus xususiyatlar berish uchun kristallanish katalizatorlari-titan, litiy, sirkoniy va sh.k. lar birikmalari eritilgan xolatida aralashtiriladi. Sitall olishda shixta qo‘shimcha ravishda issiqlik bilan qayta ishlanadi; bunda shisha kristallanadi va muayyan xususiyatlarga ega bo‘ladi. Sitallar kulrang, qora, jigarrang, krem rangida, rangli, shaffof va xiralashgan bo‘lishi mumkin. Ular atmosfera va agressiv muhitlarga, yuqori haroratga bardoshli bo‘ladi. Dielektrik xususiyati esa, elektr haroratga bardoshli izolyatorlar tayyorlashda foydalaniladi. Sitallarning siqilishidagi mustahkamlik chegarasi 500MPa, issiqqa bardoshligi 200-700 0 S, xatto 1000 0 S bo‘ladi. SHlaksitall metallurgiya shlaki, kvars qumi va kristallizatorlarni maxsus xumdonlarda aralashtirib tayyorlanadi. Kristallizatorlar sifatida titan, fosfor oksidlari, ftor tuzlari, temir va marganets sulfatlari massaga nisbatan 4-5% ishlatiladi. SHlaksitall oq rangli, yassi va maxsus yuzali (shliflangan, polirovkalangan) xolda chiqariladi. Uning yuzasiga keramik sirlovchi materiallar bilan istalgan rang berish mumkin. SHlaksitall o‘rtacha zichligi 2500-2600 kg m 3 , siqilishdagi mustahkamlik chegarasi 500-600 MPa, egilishdagi mustahkamligi 90- 130MPa, elastiklik moduli 11 . 10 4 MPa,ishlatilish harorati 950 0 S gacha bo‘ladi. SHlaksitall kimyoviy muhitlarga chidamli, suv o‘tkazmaydi, kam ediriladigan bo‘lgani uchun trotuar, yo‘l qoplamalarida, bardyur toshlari o‘rnida, binolarni ichki va tashqi tomonlardan bezashda, tom yopishda, devorbop buyumlar sifatida ishlatilishi mumkin. Ko‘piksitall uyachali strukturaga ega bo‘lib, suv shimuvchanligi va gigroskopligi kichik, issiqqa bardoshliligi 750 0 S bo‘ladi. U issiqlik va tovushdan izolyasiyalovchi material sifatida ishlatiladi. Sitalloplastik ftoroplast va sitall asosida olinadi. Uning edirilishga va kimyoviy muhitlarga chidamliligi o‘ta yuqori bo‘lgani uchun antifriksion va konstruktiv material sifatida ishlatiladi. Bunda kukun xolatidagi sitall ftoroplastga o‘ta mayda to‘ldiruvchi sifatida aralashtiriladi. Download 1.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling