Kirish. Sanoat korxonasi bozor iqtisodiyoti sub’ekti sifatida


Download 139.75 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/13
Sana09.06.2023
Hajmi139.75 Kb.
#1476238
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Kirish. Sanoat korxonasi bozor iqtisodiyoti sub’ekti sifatida



1 mavzu. KIRISH. SANOAT KORXONASI BOZOR IQTISODIYOTI 
SUB’EKTI SIFATIDA 
1.1. KIRISH. FANNING MOHIYATI, MAQSADI VA VAZIFALARI 
"Soha iqtisodiyoti va menejmenti" fanida biz bozor iqtisodiyoti va 
raqobatchilik sharoitida korxona faoliyatini amalga oshirishni, kadrlar potensiali va 
kadrlar siyosati, mexnatga haq to’lash, resurslar va ulardan oqilona foydalanish
ishlab chiqarishni rejalashtirish va bashorat qilish, investision va innovatsion 
faoliyat, xarajat, daromad va rentabellik, bahoni shakillantirish, menejmentning 
tashkiliy strukturasi, menejmentning boshqaruv usullari, boshqaruv qarorlarini 
qabul qilish, korxonani strategik boshqarish kabi masalalarni ko’rib chiqamiz 
"Iqtisodiyot" atamasi birinchi bor ARISTOTEL tomonidan kiritilgan hamda 
odamlarning tovar ishlab chiqarish, ayirboshlashdagi xo’jalik faoliyatini anglatgan. 
Tovar ishlab chiqarish, ayirboshlash va realizatsiya qilish qanchalik yaxshi tashkil 
qilingan bo’lsa, iqtisodiyot ko’rsatkaichlari va aholining turmush tarzi shuncha 
yuqori bo’ladi. 
Iqtisodiyot inson hayotining moddiy, ma'naviy, fiziologik va boshqa 
ehtiyojlari bilan bog’liq bo’lgan har bir jabhani qamrab oladi (oziq-ovqat,kiyim-
bosh, turar joy). 
"Soha iqtisodiyoti va menejmenti" fani izlanish, boshqarish va uslubiy 
vazifalarni bajaradi hamda jamiyat hayotining barcha soha va tarmoqlarida qabul 
qilinuvchi amaliy qarorlar uchun nazariy asos bo’lib xizmat qiladi. Iqtisodiy 
asoslab berilgan hisob-kitob va bashoratlar "Soha iqtisodiyoti va menejmenti" 
faning muhim tarkibiy qismi sifatida xo’jalik tavakkalchiligini kamaytirishga, 
ishlab chiqarish va resurslardan foydalanishni optimallashtirishga, yangi texnika va 
texnologiyalarni ishlab chiqarishga tatbiq etishda eng to’g’ri tanlov olib borish 
imkonini yaratadi. 
Istalgan korxonaning faoliyatida turlicha savollar yuzaga keladi. Masalan, 
korxona qay tarzda faoliyat yuritishi kerak va daromad nimaga boqliq bo’ladi? 
Samaradorlik va iqtisodiy barqarorlik nimalarga boqliq? Xomashyo yetkazib 
beruvchilar va istemolchsilar bilan qanday ishlash kerak? Mahsulotni sotishda 


fondchilardan foydalanish zarurmi? Ishlab chiqarish sur'atlarini qanday oshirish 
mumkin? Raqobatchilik kurashida nima, va qanday omillar muvaffaqiyat keltiradi? 
Ishlab chiqarish va sotishni boshqarish tizimi qanday bo’lishi lozim? va h.k. 
Korxona faoliyatida biron-bir mahsulotni qachon, qaerda, kimga sotish, 
nimani, qancha, qanday qilib ishlab chiqarish lozim degan savollarga javob berish 
muhim ahamiyat kasb etadi. Korxona qaysi tarmoqqa mansubligidan qat'iy nazar, 
qanchalik yaxshi tashkil etilsa va samarali ishlasa, iqtisodiyot ko’rsatkichlari 
hamda aholining turmush tarzi shunchalik yuqori bo’ladi. 
Bozor iqtisodiyoti ishlab chiqarish kuchlarini rivojlanishi va korxonalarning 
mustaqil faoliyat ko’rsatishiga keng imkoniyatlar ochib berish bilan birga 
kadrlarga, ularning bilimlari, ko’nikmalari va malakalariga katta talablar 
qo’ymoqda. Bir tomondan fan-texnika taraqqiyoti, ikkinchi tomondan esa bozor 
munosabatlari va raqobatchilikning rivojlanib borish sharoitlarida mehnat bozorida 
faqatgina zamonaviy korxonalar iqtisodiyotini yaxshi biluvchi, uning balansini 
to’g’ri tushunuvchi, biznes-reja ishlab chiqishga qodir, investision, innovatsion va 
xo’jalikning boshqa faoliyati bilan bog’liq qarorlarni qabul qilishni to’g’ri amalga 
oshiruvchi mutaxassislar muvaffaqiyatga erishishi mumkin. 
Mashhur iborada aytilishicha "Daraxtlarning ortida o’rmonni ko’ra olish 
zarur". Malakali mutaxassis korxona iqtisodiyotini yaxshi bilishdan tashqari 
amaliyotda tez-tez uchrab turuvchi nima yoki qaysi variant yaxshiroq? qanday yo’l 
bilan daromadni oshirish va rentabellikni ko’tarish mumkin? Korxonaning ish 
kuchiga bo’lgan ehtiyoji qancha va ularga qanday haq to’lash kerak? Ishlab 
chiqarilayotgan tovarga yoki mahsulotga bo’lgan talabni qay tarzda oshirish 
mumkin? Korxona kredit olishi kerakmi, agar olsa qanday shartlar bilan olish 
mumkin? kabi savollarga o’z vaqtida to’g’ri javob bera olishi lozim. 
Mazkur fanning tadqiqotlar ob'ekti bu turli mulk shakliga ega bo’lgan 
kichik, o’rta va yirik korxonalar bo’lib, ular O’zbkuiston Respublikasining 
"Korxonalar to’g’risida"gi qonuni asosida tashkil qilinadi. 
Korxona iqtisodiyotning bir bo’g’ini bo’lib, unda eng malakali kadrlar 
mujassamlashgan hamda samarali boshqaruv-menejment qo’llanilib, resurslardan 


oqilona foydalanish, zamonaviy texnika-texnologiyalardan foydalanish masalalari 
hal qilinadi. Ishlab chiqarilayotgan mahsulotning yuqori sifat ko’rsatkichlari 
saqlangan holda xarajatlarni minimallashtirish va daromadni maksimallashtirish 
har bir korxonaning asosiy vazifasi hisoblanadi. 
Fanning maqsadi ta'lim olayotganlarga amaliy-iqtisodiy bilimlarni, 
shuningdek, mustaqil fikrlash hamda olingan axborotlar va mustaqil o’rganish 
yordamida korxona iqtisodiyoti muammolari bo’yicha qaror qabul qilish 
ko’nikmalarini singdirishdadir. 
Fanning vazifasi korxona faoliyatida uchraydigan savollarga javob bera 
oladigan raqobatbardosh kadrlarni tayyorlashdir. 

Download 139.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling