Kirish. Sanoat korxonasi bozor iqtisodiyoti sub’ekti sifatida


Download 139.75 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/13
Sana09.06.2023
Hajmi139.75 Kb.
#1476238
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Kirish. Sanoat korxonasi bozor iqtisodiyoti sub’ekti sifatida

Kommandit o’rtoqligi bir nechta fuqarolar yoki huquqiy shaxslarning o’zaro 
xo’jalik faoliyati yuritish maqsadidagi shartnomalar asosida birlashuvi natijasida 
paydo bo’ladi. 
Jamiyatlarning ko’pchiligida kapitallar birlashtirilgan bo’ladi. Mas῾uliyati 
cheklangan jamiyat (MCHJ) bir yoki bir necha shaxs tomonidan ta῾sis etilib, 
Nizom jamg῾armasi hujjatlarda (Nizom va ta῾sis shartnomasi) belgilab qo’yilgan 
ulushlarga bo’lingan bo’ladi. Bunday jamiyat muassislari jamiyatning 
majburiyatlari uchun javobgar bo’lmaydilar hamda jamiyat faoliyatida o’zlari 
kiritgan ulushlar doirasida zarar ko’rishlari mumkin. 
Nizom jamg῾armasi aksiyalarga taqsimlangan jamiyat hissadorlik jamiyati 
hisoblanadi. Xissadorlik jamiyati a῾zolari jamiyatning majburiyatlari bo’yicha 
javobgar bo’lmaydilar, biroq o’zlariga tegishli bo’lgan aksiyalar qiymati doirasida 
zarar ko’rishlari mumkin. 
Hissadorlik jamiyatlarining ijobiy jihatlari qatoriga quyidagilar kiradi: 
aksiyadorlik kapitalining teng taqsimlangan, erkin muomaladagi ulushlar - 
aksiyalarga 
taqsimlanishi; 
aksiyadorlar 
jamiyat 
majburiyatlari 
uchun 
javobgarligining 
aksiyalar 
qiymati 
hajmida 
cheklanganligi; 
aksiyadorlik 
kapitalining hajmi va a῾zolar sonini osonlik bilan o’zgartirish imkonini beruvchi 
Nizom asosida birlashish; umumiy boshqaruv vazifalarining xo’jalik faoliyatini 
boshqarish vazifalaridan alohida yuritilishi va hokazolar. 
Iqtisodiyotimiz oldida turgan asosiy vazifalardan biri sanoat ishlab 
chiqarishini jahon iqtisodiyotida o’z o’rniga ega bo’lgan raqobatbardosh 
korxonalar tashkil qilish maqsadidagi tuzilmaviy qayta qurishdan iborat. Buning 
uchun integratsiya hamda turli tashkiliy-huquqiy shakldagi korxonalarni 
vaqtinchalik yoki doimiy ravishda kooperatsiya yoki konsentratsiya asosida 
birlashtirish amalga oshiriladi. 
Kooperatsiya jarayonida konsern, konsorsium, xo’jalik assotsiatsiyasi kabi 
tashkiliy shakllar vaqtinchalik yoki doimiy ravishda tuzilishi mumkin. Ushbu 
tuzilmaviy birliklarining mohiyatini qisqacha ko’rib chiqamiz. 


O’zbekiston Respublikasida kooperatsiya jismoniy va yuridik shaxslarning 
iqtisodiy hamda ijtimoiy faoliyatining turli sohalarida umumiy maqsadlarga 
erishish uchun tashkiliy jihatdan rasmiylashtirilgan, mulkning shirkat (jamoa) 
shakliga asoslangan ixtiyoriy birlashmalaridan (kooperativlardan) iborat. 
Yuridik shaxs huquqiga ega bo’lgan, jamoa mulki huquqi asosida o’ziga 
qarashli mulkka egalik qiladigan, undan foydalanadigan va uni tasarruf etadigan 
mustaqil xo’jalik yurituvchi subyekt kooperativ hisoblanadi. Yer va boshqa tabiy 
boyliklar kooperativlarga foydalanish uchun beriladi. 
Konsern umumiy manfaatlarga ega hamda shartnomalar, kapital va qo’shma 
faoliyatda ishtirok etish bilan bog῾liq bo’lgan korxonalarning yirik birlashuvini aks 
ettiradi. 
Konsern- ishlab chiqarish diversifikatsiyasi asosida tarkib topadigan yirik
ko’p tarmoqli koproratsiya. Ular asta-sekin sanoat monopoliyasining yetakchi 
shakliga aylanadi. 
Konsorsium korxona va banklarning vaqtinchalik birlashuvi natijasida, yirik 
kapital talab qiluvchi loyihalarni amalga oshirish yoki mablag῾ni birgalikda 
joylashtirish maqsadlari uchun umumiy kelishuvlar asosida yuzaga keladi. 
Konsorsium buyurtmachilar oldidagi majburiyatlar uchun javobgar hisoblanadi.
Konsorsum- (shirkat, uyushma)- korxonalarning vaqtincha tashkil etilgan 
birlashmalari, ular odatda moliyaviy ishlar yuzasidan tashkil etiladi. Unda davlat, 
banklar, moliyaviy muassasalar, yirik firmalar ishtirok etadi. 

Download 139.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling