Kirish sifatni boshqarish tizimining asosiy yo’nalishlari


Maxsulot sifati kategoriyasining iqtisodiy mohiyati


Download 67.59 Kb.
bet3/8
Sana14.02.2023
Hajmi67.59 Kb.
#1197537
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Sifat MEnejmenti66

2. Maxsulot sifati kategoriyasining iqtisodiy mohiyati

"Maxsulot sifati" kategoriyasining mohiyatini aniqlashdan oldin uning iste`mol qiymatini aniqlab olish lozim.


Iste`mol qiymati deganda foydalilik tushiniladi,Ya`ni uning uzining xususiyatlari bilan ishlab chiqarish vositalari,sifatida insonlarning talabini qondirish qobiliyati tushiniladi.
Shunday qilib iste`mol qiymat mahsulotining qiymat maxsulotining sifati, miqdoriy aniqligining xarakterlaydi. Sifat esa birinchi navbatda iste`molni qondirishning miqdoriy tomonlari bilan bog’lik.
Maxsulot sifatini taxlil qilishda u bilan bog’lik bulgan muammolarni yechishda, sifat tushunchasini aniqlash katta axamiyatga ega.
Maxsulot sifatini oshirish muammolari bilan rivojlangan chet olimlaridan edvards Deming (AKSH), Djozef Juran (AKSH), Armand Feygenbaum, Kaoru Ishikava (yaponiyalik) va bir qator olimlar shug’ullangan
edvards Deming (AKSH). U sifat menejerlarning mas`uliyati ekanligini va xatolar xamda defektlar qabul qilib bo’lmasligi haqidagi falsafani ilgari surdi. Deming sifatga «iste`molchini hayratlantirish» deb qarar edi. Yaponiyada sifatni nazorat qilishning otasi sifatida tanilgan Deming xodimlar sifat muammolari xaqida xech qanday qo’rqinchsiz hisobot yurtishlari haqida fikrni ilgari surib, u shuni ta`kidladiki, sifatni o’lchash va nazorat qilish uchun bir qator statistik vositalarni rivojlantirdi. Deming yuqori mahsulot sifatini va xaridorlar qoniqishini ta`minlash uchun 14 punktdan iborat qoidalarni ishlab chiqdi:
Maxsulot va xizmatlarni yaxshilash maqsadlarining ketma-ketligini yarating.

  • Yangi falsafani qabul qiling.

  • Ommaviy inspektsiyadan bog’liqlikni kamaytiring.

  • Biznesda faqat narx maqsadlari bo’yicha mukofotlash tizimiga barham bering.

  • Doimiy ravishda maxsulot va xizmatlar tizimini rivojlantiring (Kayzen – uzluksiz takomillashtirish).


  • Raxbarlik va nazorat qilishning zamonaviy usullarini joriy qiling.

  • Ish joyida o’qitishning zamonaviy usullarini joriy eting.

  • E`tiborsizlikning oldini oling.

  • Bo’linmalar orasidagi to’siqlarni kamaytiring.

  • Ish standartlari va raqamli standartlarni yo’qoting.

  • Ishchi kuchi uchun raqamli maqsadlarni kamaytiring.

  • Soatbay ishchilar uchun to’siqlarni olib tashlang.

  • Ta`lim va treyningning dasturini ishlab chiqing.

  • Top menejmentda ushbu masalalarga xar kunlik e`tibor beruvchi strukturani yarating.

2. Djozef Juran (AQSH). U Yaponiyadagi sifatni boshqarish amaliyotining kashfiyotchilaridan biri bo’lib, u rejalashtirish, nazorat va yaxshilashning triosini (uchligini) ishlab chiqdi. Uning fikricha, maqsadlar qo’yish, boshqaruv va treyning orqali xar yillik yaxshilash sifatdagi a`lolikning asosi bo’lib hisoblanadi. Djuran sifatni ishlatishda moslik sifatida tushunib, quyidagi soxalarni ko’rib chiqdi:

  • Dizayn sifati.

  • Moslik sifati.

  • Imkoniyat.

  • Tozalik.

  • Dalada ishlatilish (bajarilish, servis va ishlatilish sharoitlari).

Sifatni boshqarish uchun 7 qadamlik tizimni ishlab chiqdi:


1) Munosabatlarni aniqlash.

  • Muammolarning darajasini baxolang. Bunda sifat narxini xam ko’rib chiqing.

  • Yaxshilashning foydalarini xisoblab chiqing.

2) Bir necha xayotiy loyihalarni aniqlang.

3) Bitimlarning oqimini tashkil qiling.



  • Boshqaruvchi guruh (xokimiyat va raxbarlik).

  • Diagnostik guruh (muammoni tahlil qilish).

4) Taxlilni amalga oshiring va sabablarni aniqlang. Ma`lumotlarni taxlil qiling va yechimlarni rivojlantiring.
5) Qanday qilib o’zgarishlarga qarshilikni oldini olishni aniqlang.

  • Xodimlarning ishtirok etishini ta`minlang.

  • Texnik va sotsial o’zgarishlarda ishtirok eting.

6) Tezda uzgarishlarni joriy qiling, ammo o’qitish uchun vaqt imkoniyatlarini qoldiring.
7) a) Yechimlarning bajarilishini nazorat qiling.
b) Ko’zda tutilmagan o’zgarishlarni aniqlang.
3. Armand Feygenbaum. U umumiy sifatni nazorat qilish kontseptsiyasini ishlab chiqdi. Bugungi kunda umumiy sifatni boshqarish (USB) deb yuritiladi. Ushbu nazariyaga muvofiq tashkilotdagi xar bir shaxs sifat uchun javobgar bo’lib, xatolarni va kamchiliklarni joyida aniqlashga intilishi kerak.
4. Kaoru Ishikava (yaponiyalik). U sifat to’garaklarini joriy etgan. Ushbu to’garaklarda ishlatish uchun «Ishiqava diagrammalari» ni taklif etgan.
5. Filipp Krosbi. U sifatni yaxshilash foydalari vaqt o’tgandan so’ng xam va resurslar tugagandan so’ng xam sezilishini ta`kidlagan. Krosbi 0 darajadagi defekt maqsadini ilgari surdi va ushbu maqsadlarga erishish uchun uzluksiz takomillashtirishni taklif etdi. Uning 14 qadamli sifatni yaxshilash dasturi quyidagilar:
1) Boshqaruv roziligi va majburiyatlari.
2) Sifatni yaxshilash komandasi.
3) Sifatni o’lchash.
4) Sifatni baxolash xarajatlari.
5) Sifat ongini shakllantirish.
6) Tuzatuvchi xarakatlar.
7) 0 darajadagi defektlarni rejalashtirish.
8) Menejerlarni va raxbarlarni o’qitish.
9) Defektsiz ishlash kunlari.
10) Maqsadlarning qo’yilishi.
11) Xatolarning sabablarini yukotish.
12) Tan olinishi.
13) Sifat kengashlari (tajribani o’rtoqlashish).
14) Barcha ishlarni qaytadan qilish.
6. Genichi Taguchi. U sifat injiniringi deb ataluvchi sifatni kafolatlash yo’nalishini rivojlantirdi. Uning maqsadi yuqori sifatli maxsulotlarni xarajatlarni arzonlashtirishga qaratilgan yo’llarda ishlab chiqarish edi.



Download 67.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling