Kirish sifatni boshqarish tizimining asosiy yo’nalishlari
Xalqaro standartlar normalari asosida ISO 9000 sifat tizimi
Download 67.59 Kb.
|
Sifat MEnejmenti66
Xalqaro standartlar normalari asosida ISO 9000 sifat tizimi.
ISO 9000 bo’yicha SMTni sertifikatlash samaradorligini belgilovchi eng asosiy omillardan dan biri – iste‘molchilarning talabi edi va bo’lib qoladi. Bu omil ko’p jihatdan sanoat bozoriga (business–to-business) taalluqlidir, chunki ISO 9000 sertifikati ta‘minotchi hamkorni izlash va keyinchalik u bilan munosabat o’rnatish bilan bog’liq chiqimlarni qisqartirish imkonini beradi. Iste‘molchilar bozorida bunday omilning ta‘siri uncha sezilarli emas, chunki jismoniy shaxs bo’lmish mijozlarni SMT uchun sertifikatning mavjudligi emas, balki mahsulotning iste‘mol xususiyatlari ko’proq qiziqtiradi. Talablar ko’pincha, o’z ta‘minotchilariga SMT uchun ISO 9000 sertifikatiga ega bo’lishni shart qilib qo’yuvchi transmilliy kompaniyalardan chiqadi. Ta‘kidlash lozimki, Evropa va223 Amerikadagi ba‘zi transmilliy kompaniyalar hozirgi vaqtda o’z ta‘minotchi hamkorlariga, SMTni mustaqil organ tomonidan majburiy sertifikatlamay, faqat ISO 9000 talablariga muvofiqlashishni taklif qilmoqda. Bu omilning muhimligini quyidagi fakt tasdiqlaydi. Hatto M.Boldrij nomidagi mukofotni qo’lga kiritgan jahondagi eng yirik kompaniyalardan biri bo’lmish ―Motorola butun dunyodagi ko’pchilik zavodlaridagi sifat tizimlarini mijozlar talablariga muvofiq sertifikatlayapti. Ba‘zi hollarda, tenderning kvalifikatsion shartlaridan biri bo’lib, nomzodlarda sertifikatlangan SMT mavjudligi hisoblanadi. Bunday tizim xalqaro tanlovlar o’tkazishda hamda davlat ehtiyojlari uchun mahsulotlarni sotib olishda qo’llanadi. Jahondagi ko’pgina mamlakatlarning hukumat organlari o’z ta‘minotchi hamkorlariga ISO 9000 bo’yicha sertifikatlanish talabini qo’yadi. Bunday vaziyat shu bilan bog’liqki, davlat tuzilmalari, birinchidan, sifatli mahsulot va xizmatlar yetkazib berilishidan manfaatdor, ikkinchidan, mahalliy kompaniyalarni o’z raqobatbardoshligini ISO 9000 yordamida oshirishga yo’naltirishi kerak. ISO 9000 standartlarining asosiy jihati shundaki, SMT joriy etilganda kompaniyaning biznes-jarayonlari barqarorligi, ishonchliligi ortadi. ISO 9000 standartlari talablariga rioya qilish natijasida, rahbarning aniq yo’riqnomalari, tadbirlar va mas‘uliyatni to’g’ri taqsimlash hisobiga, kompaniyalar o’z bo’limlarining o’zaro aloqadagi faoliyatini yaxshilay oladi. Standartlarning yangi tahririga kiritilgan jarayonli yondoshuv esa, uzluksiz takomillashuvga qaratilgan turli choralarni keng qo’llash imkonini beradi. Kompaniya ichki faoliyati samarasini oshirishning muhim natijasi - chiqimlarning kamayishidir. Korxonalar raqobat kurashi kuchayib borayotgan sharoitda maxsulot sifat muammosiga yanada ko’proq e`tibor berishga majbur. Iste`molchilarning yuqori sifatli va arzon maxsulotlarga bulgan talabi yanada kuchayib bormoqda. Shu bilan birga iste`molchilarni maxsulot sifati to’g’risida ishlab chiqaruvchilarning reklamasietarli emas, ularga maxsulot sifatini tasdiqlovchi kafolatlar zarur. Shunday kafolatlardan biri korxonada maxsulot tizimini joriy qilinganligini tasdiqlovchi sertifikatdir. Sifat tizimi bo’yicha birinchi marta milliy standartlar 1983 yili Buyuk Britaniyada o'rnatilgan edi. Ushbu tadbirdan asosiy maqsad firmalarga maxsulot sifat tizimni joriy qilish va ushbu tizimni sertifikatsiyalash metodikasini yaratishdan iborat edi. Buyuk Britaniyadan keyin boshqa Evropa mamlakatlarida ushbu tizim joriy etila boshlandi. Ammo korxonalar faoliyatiga sifati sifat tizimni joriy qilish bo’yicha haqiqiy shovqin 1987 yili standartizatsiyalash bo’yicha xalqaro tashkilotning (SXT) (The International Organization for Standardization ] SO tomonidan maxsulot sifatini boshqarish va ta`minlash bo’yicha ] SO 9000 guruh standartlarinichop etilgandan so’ng bo’lib o’tdi. XST standartlari tavsiya qiluvchi xarakteriga ega, ammo XST – 9000 stanlartlar seriyasi 90 dan ortiq mamlakatlarda milliy standartlar sifatida qabul qilindi. XST-9000 xar qanday korxonaga sifatni boshqarish tizimiga bir xil xalqaro standartlarni o’rnatadi. Standatlarda sifatni uzoq muddatda oshirish, saqlab turishni ta`minlovchi tizimni yaratish bo’yicha talablar yoritilgan. XST-9000 quyidagi elementlardan tashkil topgan. XST–9000-97 sifatga umumiy raxbarlik va sifatni ta`minlash bo’yicha standartlar. Standartlarda kontrakt asosida mol yetkazishdagi tayanch shartnomaviy va noshartnomaviy sharoitlari yoritilgan, sifat soxasida siyosatni joriy qilishning asosiy tamoyillari yoritilgan XST-9001-9003 standartlarda yoritilgan sifat tizimi modellarini joriy qilish qoidalari aniqlangan. XST-9001-87 loyihalashtirishda, ishlab chiqarishda, montajda va xizmat ko’rsatishda sifatni ta`minlash bo’yicha sifat tizimining modellari standartlarda sifat tizimga nisbatan quyidagi xolatlar uchun talablar ko’rsatilgan, Ya`ni ikki tomonlama chizilgan kontrakt bo’yicha mol yetkazib beruvchi maxsulotni ishlab chiqarish va yetkazib berish imkoniyatlarini ko’rsatish talab qilingan xolda. XST-9002-87 – Ishlab chiqarish va o’rnatish, (montaj) sifatni ta`minlash bo’yicha sifat tizimi modellari. Ushbu standartda , agar ikki tomonlama tuzilgan kontraktda yakuniy maxsuloti ishlab chiqarishda asosiy bo’lgan texnologiya jarayonni nazorat kilish imkoniyatlarini ko’rsatish talab qilingan holdagi talablar yoritilgan. XST-9003-87 – yakuniy nazorat va sinovda sifatni ta`minlash uchun sifat tizimi modellari. Standart sifatga talablar o’rnatadi, agarda ikki tomonlama tuzilgan kontraktda yakuniy maxsulotni qabul qilish uchun nazoratni va yakuniy sinovni amalga oshirish imkoniyatlarni ko’rsatish talab qilinsa. XST-9004-87 –umumiy qo’llanma va sifat tizimi elementlari standartlarda sifat tizimining elementlari ko’rsatilgan. Kontraktlar bilan bog’lik bo’lmagan sharoitda maxsulot tizimi ishlab chiqarish va joriy qilish bo’yicha umumiy tamoyillar qo’llanmalari berilgan. Standartlarda tarmoqlar bo’yicha bo’lishi ko’zda tutilmagan. Ammo 1993 yildan boshlab, standartlarda maxsulotlarning quyidagi asosiy kategoriyalari ko’rsatilgan. Texnik vositalar (9004-1), programmli ta`minot (9000-3), xizmatlar (9004-2), texnologiya (9004-3). Sifat tizimini tashkil etish uzoq muddatli jarayon bo’lib, ko’pchilik xollarda, shu soxaga ixtisoslashgan tashqi tashkilotlar yordamida amalga oshiriladi. Sifat tizimi uchun xujjatlarni tayyorlash muddati bir qator omillarga bog’liq. Ularga quyidagilar kiradi: korxonaning faoliyat soxasi, uning o’lchami va tashkiliy tuzilishi. Sifat tizimi ishlab chiqarish jarayonida firmaning barcha xodimlari ishtirok etadi va ularning fikrlari, takliflari sifat tizimi xujjatlarini ishlab chiqarishda hisobga olinadi. Ushbu ishlar sifat uchun ma`sul xodim tomonidan yoki ushbu ish uchun tuzilgan maxsus ishchi guruh tomonidan muvofiqlashtiriladi. Sifat tizimni tuzish bo’yicha oxirgi bosqich uch darajada xujjatlardan tashkil topgan xujjatlar to’plamidir. Sifat tizimning asosiy xujjati-sifat soxasidagi siyosatni, joriy qilish chegaralarini, korxonaning tashkiliy tuzilishini yorituvchi sifat qo’llanmadir. Ushbu qo’llanmaning asosiy foydalanuvchilari oliy menejmerlar va korxona mijozlari hisoblanadi. Sifat tizimidagi ikkinchi darajadagi xujjat – uslubiy intsruktsiyalar bo’lib, -ularda sifat tizimi elementlari, kim tomonidan qanday tartibda joriy qilinishi ko’rsatiladi va ular korxonaning barcha bo’limlari uchun ishlab chiqiladi. XST 9000 ga asosan korxonaning sifat tizimi 20 ta elementdan tashkil topgan bo’lishi kerak. Ushbu elementlar minimal bo’lib, korxonalar ularning sifatli maxsulot ishlab chiqarish qobiliyatini isbotlash uchun bajarilishi lozim. 1-element. Raxbarlikning javobgarligi. Maqsad-sifat soxasida siyosatni ishlab chiqarish; Korxonaning tashkiliy tuzilishi, sifat tizimidagi javobgarlik, xuquqlarni taqsimlash; Sifatni ta`minlash buyicha guruxni tashkil etish, yukori raxbariyat tomonidan sifatni ta`minlash, faoliyatini nazoratni ta`minlash. 2-element. Sifat tizimi. Maqsad-korxonada samarali faoliyat ko’rsatuvchi sifat tizimini tashkil etish Sifatni boshqarish tizimi, sifatni boshqarish tizimidagi xujjatlashtirish, javobgarlikni taqsimlash, sifat bo’yicha guruhlar. 3-element. Kontraktlarni davriy taxlili. Maqsad-korxona ichida va buyurtmachilar bilan kontraktlar taxlilini muvofiqlashtirish. Kontraktlarni nazorat qilish bo’yicha javobgarlikni taqsimlash, kontarktlarning bajarilishini nazorat qilish, mol etkazib berish shartlarini kelishib olish, kontraktlarning bajarilish grafigini nazorat qilish. 4-element. Loyixalashtirishni boshqarish. Maqsad-tajriba-konstruktorlik ishlarining sifatini ta`minlash. Mahsulotni loyixalashtirish bo’yicha guruxlarni tashkil etish; Xodimlarni loyixalashtirishning va konstruktsiyalashtirishning zamonaviy metodlariga urgatish. 5-element. Xujjatlashtirishni boshqarish. Maqsad-sifat tizimi bo’yicha kerakli axborotlarni o’z vaqtida yetkazib berish. Korxonada xujjatlarning aylanishi; Xujjatlarga o’zgartirishlar kiritishning tartibi; Ma`lumotlarni arxivlashtirish. 6-element. Xom-ashyo sotib olish. Maqsad – sotib olingan xom-ashyo sifatini ta`minlash; xom-ashyo yetkazib beruvchilarga baxo berish; sotib olingan maxsulotni tekshirish. 7-element. Iste`molchilarga yetkazib berilayotgan maxsulot . Maqsad-maxsulot ish saqlanishi, sozligini tekshirish; yakuniy maxsulotni ishlab chiqarishda buyurtmachining xissasi; buyurtmachiga yetkazib berilgan maxsulotning buzilishining oldini olish. 4 8-element Maxsulotni identifikatsiyalashtirish. Maqsad-maxsulot belgilash va maxsulotning ishlab chiqarish jarayoni buyicha kuzatish imkoniyati. Markirovkali va maxsulotni identifikatsiyalash boshqa usullarini joriy etish; Maxsulotning barcha hayotiy davrida xisob-kitob olib borish. 9-element. Jarayonlarni boshqarish. Maqsad-ishlab chiqarishning barcha bosqichlarida sifatni ta`minlash; Montaj, texnik xizmat ko’rsatish; Ishlab chiqarish rejasi; Tovar moddiy hisob. 10-element. Nazorat va sinov. Maqsad-mahsulotga qo’yilgan talablarning bajarilishini tasdiqlash. Kabul qilinayotgan maxsulotni nazorat qilish; Ishlab chiqarish jarayonida nazorat va sinov; Yakuniy maxsulotni nazorat qilish. 11-element. Nazorat qiluvchi, o’lchovchi va sinovchi dastgohpar. Maqsad-o’lchovchi, sinovchi dastgoxlarning yaroqliligini ta`minlash. 12-element. Nazorat va sinovning statusi. Maqsad-nazoratni tugatish shartlari. Maqsad nazoratni tugatish shartlari, qabul qilish, chiqitga chiqarish faktlari, maxsulotni nazoratdan o’tgandan keyin ajratish, markirovkalash. 13-element. Talablarga javob bermagan maxsulotlar bo’yicha xarajat. Maqsad-brak maxsulotdan kelgusida foydalanishning oldini olish. Brak maxsulotni aniqlash va markirovkalash; Yaroqli va sifatsiz maxsulotni aloxida saqlash. 14-element. Korrektli ta`sir qilish. Maqsad-deffektlarning sababini aniqlash va bartaraf qilish. Mijozlar reklama ishlari bilan ishlash; Deffektlarning paydo bo’lish sabablarini bartaraf qilish; Metodika va instruktsiyalarga o’zgartirishlar kiritish. 15-element. Yuklash-tushirish ishlar, saqlash, qadoqlash va yetkazib berish. Maqsad-yuqorilarda qayd etilgan operatsiyalarda maxsulotning sifati pasayishini oldini olishdir. Quyilgan talablarga asosan maxsulotlarni saqlash va qadoqlash, tashish jarayonida maxsulotning butunligini ta`minlash. 16-element. Sifat to’g'risidagi ma`lumotlarni qayd qilishni boshqarish. Maqsad – iste`molchiga sifatni isbotlash va uni tahlil qilish uchun sifatni ta`minlash bo’yicha ma`lumotlarni saqlash. 17-element. Sifatni ichki nazorat. Maqsad-sifat tizimi samaradorligi va uni yanada oshirish yo’llarini aniqlash. Ichki nazorat o’tkazish rejasi, tekshirish natijalari bo’yicha xisobotlar, tekshirish natijalari bo’yicha tadbirlar. 5 18-element. Xodimlarni tayyorlash. Maqsad-ish sifatini ta`minlash buyicha korxonaning barcha xodimlari tomonidan kerakli bilimlarni egallash. Maxsulotni yoritish, malakaga talablar, malaka oshirishga talab, malaka oshirish rejasi. 19-element. Texnik xizmat ko’rsatish. Maqsad-ekspluatatsiya oldidan texnik xizmat ko’rsatishni o’tkazish. Sotuvdan keyingi xizmatni ko’rsatish; 20-element. Statistik metodlar. Maqsad-nazoratning to’gri keladigan statistik metodlarini joriy kilish. Jarayonni tekshirishini turli xil statistik metodlarni aniqlash. Korxona tomonidan XST 9000 standartlariga rioya qilinishi mustaqil tashkilot tomonidan sifat tuzilishi sertifikatsiyalashni o’tkazish natijalari asosida berilgan sertifikat tasdiqlanadi. Bunday sertifikatlar butun dunyoda tan olinadi va xaridorlar uchun yetarli darajada maxsulot sifatini kafolatlaydi. XST 9000 xar qanday davlatdagi, xar kanday tarmoqda faoliyat ko’rsatayotgan firmada joriy qilinishi mumkin. Farqi, faqat sifat tizimi elementlarining bajarilishida bulishi mumkin. Download 67.59 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling