Kirish. Texnika xavfsizligi qoidalari bilan tanishish


Download 167.94 Kb.
bet4/17
Sana18.06.2023
Hajmi167.94 Kb.
#1589778
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
3-o\'quv amaliyot 22.08-15.10.22yil

30.08.2022y.
Svetoforlar lampalaridagi kuchlanish me’yori va uni o’lchash jarayoni.
Stansiyadagi svetoforlardagi chiroqlarni yoqish uchun ST signal transformatorlari qo’llaniladi.Chiqish, marshrut va manyovr svetoforlari lampalari uchun ST-4 transformatorlari, kirish svetofori lampalari uchun esa ST-5 transformatorlari qo’llaniladi.
ST transformatorlaridagi kuchlanishni o’lchash uchun bizga elektr o’lchash aboblari kerak bo’ladi. O’lchash asboblarini o’zgaruvchan 220V li shkalaga sozlaymiz va yonib turgan lampaning ST signal transformatorining birlamchi cho’lg’amidagi kuchlanishni o’lchaymiz.
Keyin esa o’lchash asbobini 12V shkalaga sozlab ST signal transformatorining ikkilamchi cho’lg’amidagi kuchlanishni o’lchaymiz.
Har bir yozilgan qiymatlarni yon daftarchaga yozamiz.Agar qiymatlar normadan og’gan bo’lsa uni zudlik bilan to’g’rilash talab etiladi.
Kuchlanish normasi birlamchi cho’lg’am uchun 220V(+5/-10) va ikkilamchi cho’lg’am uchun 10,5-12 V bo’lishi kerak.

31.08.2022y.
Svetoforlar boshchalarining ichki qismini tozalash va tekshirish.

Stansiyada karnayda DSP tomonidan poezdlarning ish joyiga harakati (yaqinlashishi) haqidagi xabarlar e'lon qilinishi zarurligi to'g'risida DU-46 shakldagi jurnalga yozish bilan ish olib boriladi.


Ushbu yozuv ostidagi imzoning mavjudligi - ishni bajarish uchun ruxsat berilganligini bildiradi.
Svetoforning boshchasi qopqog'ini ochiladi. Boshchaning ichida chang yoki namlikka qaraladi. Qopqoqning yopish moslamasi(uplotneniya)
chang va namlikning ichkariga kirishiga yo’l quymaslik kerak.
Agar kerak bo'lsa yopish moslamasini almashtirish yoki ta’mirlash kerak.
Yorug’lik filtrlarining butunligini va ularning mahkamligini mahkamlovchi vintlarni burash yo’li bilan tekshiring.
Boshchaning ichki devorlarini, transformatorlarni tozalash (agar mavjud) va filtrlarni cho'tka yoki toza mato bilan (agar zaruriyat bo'lsa, matoni kerosin bilan namlash kerak).
Chiroq ushlagichlarining holatini tekshirish kerak.
O'rnatish simlari va tirgaklarining holatini tekshirish.



Download 167.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling