Kirish. Texnika xavfsizligi qoidalari bilan tanishish


Download 167.94 Kb.
bet10/17
Sana18.06.2023
Hajmi167.94 Kb.
#1589778
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17
Bog'liq
3-o\'quv amaliyot 22.08-15.10.22yil

21.09.2022y.
Strelkali elektryuritma reduktorining moyini almashtirish jarayoni.
Elektryuritma qopqog’ini ochamiz, reduktor qopqog'ini yechib olamiz, reduktorning pastki probkasini burab ochamiz va elektryuritmaning pastki qismidagi idishga reduktorning eski moyini to’kamiz.
Reduktor qutisining pastki vilkasini burab, kerosin yoki dizel yoqilg'isini reduktor qutisi korpusiga reduktorning pastki tishlarini qoplash darajasiga qo’yamiz.
Reduktor qopqo’ini yopamiz, blok-kontaktni qo’shib mavjud aloqa vositalaridan foydalanib DSP ga strelkani o’tkazishni aytamiz.
Bir pozitsiyadan ikkinchisiga o’tish jarayonida reduktor bir necha marta yuviladi.
Reduktorni yuvgandan so'ng, suyuqlikni idishga to'kib tashlaymiz va mavjud bo’lgan joylarni quruq, toza mato bilan artib olamiz.
Reduktor probkasini mahkamlaymiz va kerakli bo’lgan normallashtirilgan moyni to'ldiramiz.Reduktor qopqog’ini yopamiz.


22.09.2022y.
Stansiyalarda rels zanjirlarining holatini tekshirish jarayoni.
Stansiyalarda rels zanjirlarining holatini tekshirish elektromexanik tomonidan har 2 haftada bir marta amalga oshiriladi. Shu bilan birga, quyidagilar tekshiriladi: tutashmali, strelkali, yo’llar aro va elektr tortish ulagichlarining xizmat ko'rsatishga yaroqliligi; relsning tagi va ballast o'rtasida bo'shliq mavjudligi; izolyatsion tutashmalar, ostryak sergalarining, bog'lovchilar va bo'shliqlar, strelkalar garnituralarining izolyatsiyalash elementlari, strelkalar ustidagi ventilyatsiya va isitish armaturalari holati; murvatli ulanishlarni mahkamlash; signalizatsiya qurilmalaridan drenaj tizimlarining holati; relslarga ulangan signalizatsiya qurilmalari yoki drossel-transformatorlarning o'rta chiqishi, shuningdek, kabel tokchalari, yo'l qutilari va relsli drossel transformatorlaridan o'tish moslamalarining topraklama holati. Topilgan nuqsonlar tekshirish jurnalida qayd etiladi.
23.09.2022y.
Drossel transformatorlarini tashqi ko’rikdan o’tkazish.
Drossel transformatorlari elektrlashtirilgan uchastkalarda teskari tortqich tokini o’tkazish uchun xizmat qiladi. Drossel transformatorlari o’zgaruvchan yoki o’zgarmas tokni o’tkazuvchilarga bo’linadi.
Bizning temir yo’llarda o’zgaruvchan tokni o’tkazuvchi DT-1-150,300,500,600 yoki 2DT-1-150,300,500,600 tipli DT lar qo’llaniladi.
DT larni tashqi ko’rikdan o’tkazishda qo’yidagilarga e’tibor berish kerak:
-DT uchlariga qotirilgan peremichkalar boltlarining mahkamligiga;
-DT qopqog’i, korpusi, kabel muftachasining butunligiga,yoriq va siniqlar mavjud emasligiga;
-DT korpusi pastidagi tuynukning mahkamligiga;
-DT korpusidan moy toshib chiqmaganligiga;
-hamma DT peremichkalari epyura bo’yicha qo’yilganligiga;
-DT ning gabariti boyicha turganligiga,qiyshaygan bo’lmasligiga;
-DT ning oyoqchalarda turganligiga va qotirilganligiga;
-DT ning o’rta uchining mahkamligiga;
-har bir qotirilgan boltlarda kontrgaykalar mavjudligiga.



Download 167.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling