28.09.2022y.
Elektrlashtirilgan uchastkalardagi rels zanjirlarida rels almashtirish jarayoni.
Elektrlashtirilgan uchastkalarda PCH xodimlari tomonidan rels almashtirishda ECH va SHCH xodimlari ham qatnashishi kerak.EU dagi bu jarayon avtonom totrqili uchastkalardan keskin farq qiladi.Chunki bu holatda teskari tortqi tokining oqib o’tish zanjiri uzilmasligi kerak.Agarda bu holat ro’y bersa, rels zanjirining manba beruvchi va releli oxirlaridagi himoya qurilmalari ishlab ketadi, ba’zida SSB qurilmalariga jiddiy shikast yetkazishi mumkin.Buning uchun rels almashtirish jarayoni yo’riqnomalarda ko’rsatilgan sxema bo’yicha amalga oshirilishi kerak.
29.09.2022y.
Stansiyadagi yo’l relelarining kuchlanishini o’lchash va rostlash.
Stansiyadagi yo’l relesining kuchlanishini o’lchash SHN tomonidan 2 haftada bir marotaba o’lchanadi.Stativlardagi o’lchash panelida har bir izolyatsiylangan hududning yo’l relesidagi kuchlanish o’lchanadi.Agar o’lchangan qiymatlar normadagiga to’g’ri kelmasa rels zanjiri tekshirib chiqiladi.Bunda rels zanjirlarining quruq yoki namligi ham hisobga olinadi.Agarda rels nitlari ballast qatlamiga tegib qolgan va namlik juda yuqori bo’lsa, bu holda yo’l relesida kuchlanish normadagidan ancha pasayib ketadi.
Rels zanjirlarini rostlash poyezdlar harakatidan bo’sh vaqtda DSP ro’xsati bilan amalga oshiriladi.Relz zanjirlarini rostlashda releli oxirdagi PRT transformatorining transformatsiya koeffitsiyenti o’zgarib ketmasligi kerak.
30.09.2022y.
Peregondagi yo’l relelarining kuchlanishini o’lchash va rostlash.
Peregondagi yo’l relesining kuchlanishini o’lchash SHN tomonidan 4 haftada bir marotaba o’lchanadi.O’zgarmas tokli impulsli rels zanjirlarida IMSH1-0.3 impulsli relesining 71-73 kontaktlaridan o’lchanadi.Kuchlanish normasi 0.10-0.18 V oraliqda bo’lishi kerak.
Sonli kodli AB da esa signal no’qtalari shkafidagi IVG relesining 11-71 kontaktlaridan o’lchanadi.Bundan tashqari deshifrator yacheykalaridagi parametrlar ham o’lchanadi.
Yo’l relesidagi kuchlanishni rostlash ikkita xodim tomonidan amalga oshiriladi.
Bir xodim qo’shni signal no’qtasi releli shkafida, ya’ni manba beruvchi oxirda turadi.
Bu jarayonlar yaqin stansiya navbatchisi ruxsati bilan bajariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |