Kirish texnologik qism


Download 220.78 Kb.
bet2/11
Sana20.06.2023
Hajmi220.78 Kb.
#1635722
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
MUNDARIJA

Texnalogik qism.

    1. NMZda elektr yoyli po’lat eritish pechlarini avtomatlashtirishning ulanish sxemasi tavsifi

NMZda elektr yoyli po'lat eritish pechlarini avtomatlashtirishning ulanish sxemasi haqida ma’lumot berib o’tiladigan bo’lsak, ushbu tizimning ishga tushish jarayonlarini ko’rib chiqiladi va har bir element vazifalarini aytib o’tiladi.
Umumiy holda to’xtaladigan bo’lsak, jarayon po`lat eritish uchun olib boriladi. Ushbu jarayon inson ishtirokisiz davom etishi va favqulotta avariyalar sodir bo`lmasligi uchun avtomatlashtirishi lozimdir. Kontrollerga ijro qurilmalarini ulagan holda – jarayonni to`liq avtomatik ravishda nazorat qilinadi. Endi har bir elementlar vazifasi bilan tanishib chiqamiz:
O’zgaruvchan tokni o’zgarmas tokka aylantirish uchun tok manbai (Siemens PT407)dan foydalaniladi. Ushbu jarayon 24V ga ishlashga mo’ljallangan. Avtomatik ulagich QF ga ikkita L(level) va N (nol) fazalar ulanadi. Bosim o’lchovchi qurilma Rosemount 2090F SIEMENS SIMATIC S7-1500 kontrollerining ET200SP modullariga 4-20mA HART protokoli orqali ulangan. Ushbu qurilma 24 V da ishlaydi.
Shunday qilib, tok manbaiga o’zgaruvchan tok berildi va bizga o’zgarmas tokka aylantirib berdi chunki bosim o’lchovchi qurilma, kontroller (CPU) va ularning modullari o’zgarmas tokda ishlaydi. Tok manbaidan 2 ta chiqish mavjud bo’lib, bular (+2;-2), (+1;-1).
O’zgaruvchan tokni - o’zgarmas tokka, tok manbai yordamida aylantirib, kontroller ishga tushirildi. Ushbu kontroller haqida ma’lumot berib o’tsak. SIEMENS SIMATIC S7-1500 dasturlashtirilgan logik kontrolleridan foydalanilgan. Ushbu kontrollerga mehnat muhofazasi uchun qo’llaniladigan zamonaviy uskunalardan foydalanilgan. Ushbu programmalashtiriladigan logik kontroller(CPU)ning ET200SP modullari 16 ta analog va 40ta diskret kirish, 32 ta diskret va 16 ta analog chiqish signallariga ega. Bunga asosiy sabab, bosim o’lchovchi qurilma va boshqa o’lchov vositalari analog signallar orqali CPU modullariga ma’lumot uzatadi. O’lchovchi qurilmalar + ga ulanadi, Kontroller (CPU) – ga ulanadi. Chunki buning sababi tok + dan – ga oqib o’tadi ya’ni qurilmada bo’ladigan o’zgarishlar haqidagi axborot kontrollerga kelib turadi. Signal to’g’ri yoki noto’g’ri borayotganini tekshirish zarur bo’lib qolganda kommutator orqali qo’lda ulab tekshirib ko’ramiz. SIEMENS SIMATIC S7-1500 kontrollerini ProfiNET interfeysi orqali operator kompyuteri, Touch Panel screen HMI va serverlarga ulanadi.



    1. Download 220.78 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling