Kirish texnologik qism


GMZ 2 da maydalash tegirmoni elektr yuritmalarini avtomatik boshqarish tizimining funksional sxemani ishlab chiqish


Download 2.87 Mb.
bet13/15
Sana14.09.2023
Hajmi2.87 Mb.
#1678245
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
“NKMK GMZ-2 da maydalash tegirmoni TJA kursavoy

2.6 GMZ 2 da maydalash tegirmoni elektr yuritmalarini avtomatik boshqarish tizimining funksional sxemani ishlab chiqish.

Rudani elash qurilmasi (groxod) va maydalagich avtomatlashtirish obyektlari hisoblanadi. Bu yerda elektrodvigatellar qizib ketishini oldini olish maqsadida avtomatik rostlash tizimidan foydalaniladi. Avtomatlashtirishning funksional sxemasida apparatlar zanjiri ko’rsatilgan.


Ruda maydalagichdan chiqib, konveyer lentasi 1ga tushadi. Konveyer lentasiga Metra M8400-2-5 (1-1) og`irlik o`lchash qurilmasi, uning elektrodvigateliga TMT142R temperatura o`lchash qurilmasi (2-1) va tok kuchini o`lchash qurilmasi TENSE DJ-A48 (3-1) o`rnatilgan, bu orqali konveyer elektrodvigateli (4-2) chastota o`zgartirgich orqali boshqariladi, ya’ni qizib ketsa yoki tok kuchi oshib ketsa dvigatel favqulotta o`chiriladi.
Konveyerdan ruda elash qurilmasi (groxod) 2ning ichiga tushadi. Elash qurilmasi tebranishlar orqali kerakli darajada maydalangan ruda teshiklar orqali paski qismdagi konveyer lentasi 4ga tushadi. Aksincha, yirik hajmdagi ruda elash qurilmasining yon tomonidan chiqib, maydalagich 3ga tushadi. Elash qurilmasi 2ning elektrodvigateliga avtomatik boshqarish uchun TMT142R temperatura o`lchash qurilmasi (5-1), tok kuchini o`lchash qurilmasi TENSE DJ-A48 (7-1) va dvigatel aylanish tezligini o`lchash qurilmasi Siemens Encoder 1XP8001 (6-1) o`rnatilgan. Bu qurilmalar orqali elash qurilmasi (groxod) elektrodvigateli 8-2 bir maromda ishlashi va boshqarilishi ta’minlanadi.
Konveyer lentasi 4ga tushgan ruda keyingi jarayonga ketadi. Konveyerga og`irlik o`lchash qurilmasi Metra M8400-2-5 (14-1) o`rnatilgan. Bundan tashqari konveyer elektrodvigateliga TMT142R temperatura o`lchash qurilmasi (15-1) va tok kuchini o`lchash qurilmasi TENSE DJ-A48 (16-1) o`rnatilgan, bu orqali konveyer elektrodvigateli (17-2) chastota o`zgartirgich orqali boshqariladi, ya’ni qizib ketsa yoki tok kuchi oshib ketsa dvigatel favqulotta o`chiriladi.
Maydalagich 3ga tushgan ruda kerakli hajmda maydalanadi. Maydalagich kirish qismiga Micropilot FMR51 (9-1) sath o`lchash qurilmasi, uning elektrodvigateliga TMT142R temperatura o`lchash qurilmasi (10-1), tok kuchini o`lchash qurilmasi TENSE DJ-A48 (11-1) va aylanish tezligini o`lchash uchun Siemens Encoder 1XP8001 (12-1) o`rnatilgan, bu orqali konveyer elektrodvigateli (13-2) chastota o`zgartirgich orqali boshqariladi, ya’ni qizib ketsa yoki tok kuchi oshib ketsa dvigatel favqulotta o`chiriladi.
Konveyer lentasi 4ga TOMRA COM XRT 2 (18-1) saralash qurilmasi o`rnatilgan. Bu qurilma maydalangan ruda hajmini o`lchaydi va yirik hajmli rudalarni pnevmatik pistolet yordamida urib tushiradi. Urib tushirilgan ruda maydalagich kirish qismiga boradi.
Ushbu barcha konturlarni boshqarish uchun Siemens SIMATIC S7-1500 logik kontrolleri tanlangan.
Barcha o’lchash qurilmalari boshqarish shitiga, kontrollerga yuboriladi va ma’lumotlar qayta ishlanib, jarayon boshqariladi va nazorat qilinadi. Agarda qiymatlar belgilangan miqdorlardan chiqib ketsa, signalizatsiga ishga tushadi, avariya holatlarida jarayon qurilmalari o’chiriladi.



Download 2.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling