Kirish. Yer taraqqiyoti davomida to'rtlamchi muzliklarning kelib chiqish tarixi
Download 1.94 Mb.
|
To\'rtlamchi muzliklarning Shimoliy Amerika tabiatiga ta\'siri.
Ichki suvlari. Shimoliy Amerika ichki suvlarga boy.Yerusti suvlari uchta okean havzalariga va qisman berk havzaga bo‘linadi. Asosiy daryo va ko‘llari Atlantika, Shimoliy Muz okeani va Tinch okean havzasiga tegishli. Materikning eng yirik daryosi Missisipi (hindular tilida „katta daryo“)dir. Missisipi daryosi (Missuri bilan birga 6420 km).Missisipi daryosining o‘rta qismida o‘zidan uzun bo‘lgan Missuri („loyqa daryo“) irmog‘i kelib quyiladi. Missisipi deltasi har yili Meksika qo‘ltig‘i tomon 100 m o‘sib boradi. Daryo qor-yomg‘ir suvidan to‘yinadi. Asosiy daryolari: SanLavrentiy, Makenzi, Yukon, Kolumbiya, Kolorado, RioGrande. Daryolarining oʻrtacha yillik suv hajmi 8200 km3. Daryolar yomgʻir, qor, muzliklar va grunt suvlaridan toʻyinadi. Shim.dagi daryolar yiliga 8 oygacha muzlaydi .Avliyo Lavrentiy daryosi quyi oqimida uzun va keng estuariy (lot. daryoning suv bosgan quyi qismi) hosil qiladi. Rio-Grande daryosi Kordilyera tog‘laridan boshlanib, Meksika qo‘ltig‘iga quyiladi. Materik ko‘llari, asosan, qadimgi muz hosil qilgan chuqurliklarda paydo bo‘lgan. Beshta ko‘l, ya’ni Yuqori, Guron, Michigan, Eri, Ontario ko‘llari Buyuk ko‘llar deb ataladi. Ular kattaligiga ko‘ra, shu tartibda bir-biriga kaskad bo‘lib tutashgan.
Faqat Eri va Ontario ko‘llari oralig‘ida millionlab sayyohlarni o‘ziga jalb qiladigan mashhur Niagara sharsharasi (balandligi 48 m) bor. Unga GES qurilgan. Materikning muzlik bosgan shim. qismida Vinnipeg , Katta Qullar koʻli, Katta Ayiqli koʻl va boshqalar mavjud. Baʼzi koʻllar (Nikaragua va Managua) tektonik yoʻl bilan hosil boʻlgan .Shimoliy Muz okeaniga quyiladigan daryolardan eng yirigi Makkenzi daryosidir. Havzada eng yirik Katta Ayiq va Vinniðeg ko‘llari joylashgan. Tinch okean havzasidagi daryolarga Yukon, Kolorado, Freyzer, Kolumbiya kabi qisqa va sersuv, vodiylari tor va chuqur, suv oqimi shovqinli daryolar xos. Kolorado daryosining Katta Kanyon darasi dunyoga mashhurdir. Shimoliy Amerikaning berk havzasiga Katta Havza tog‘ligi tegishli bo‘lib, unda Katta Sho‘r ko‘l bor. Uning maydoni iqlimiga bog‘liq holda yildan yilga o‘zgarib turadi. Grenlandiya, Kanada-Arktika arxiðelagi, Kordilyera tog‘laridagi muzlar egallagan maydon 2,2 mln kv km dan oshadi. Alyaskadagi Xabbort tog‘-vodiy muzligining uzunligi 145 km ga boradi. Bu Yer sharidagi eng uzun muzlikdir. Download 1.94 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling