Kiritiladigan masalalar


RTI (Research Triangle Institute) bilan hamkorlik loyihasi


Download 0.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/36
Sana18.02.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1213819
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   36
Bog'liq
2022-yil birinchi chorak

RTI (Research Triangle Institute) bilan hamkorlik loyihasi. 
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi hamda AQSH Xalqaro 
Taraqqiyot Agentligi (USAID) bilan hamkorlikda, O‘zbekiston Respublikasidagi 
Trayangl tadqiqot institutining filiali (“RTI International”) tomonidan amalga 
oshirilayotgan “O‘zbekiston Barkamollik uchun ta’lim dasturi” (UEEP) 
doirasida Cambridge University Press nashriyotining 5-11-sinflar uchun 
Informatika va axborot texnologiyalari fani hamda 1-11-sinflar uchun Ingliz tili 
fani darsliklari va o‘qituvchilari uchun qo‘llanmalari ishlab chiqildi. 
“O‘zbekiston barkamollik uchun taʼlim dasturi”
 
loyihasi 2019-dekabrdan 
2023-yil dekabr oyiga qadar davom etadi.
Ushbu o‘quv-metodik majmualardan samarali foydalanishni tashkil 
etish maqsadida yuqorida keltirilgan fan o‘qituvchilari uchun, A.Avloniy 
nomidagi ilmiy-tadqiqot instituti bilan hamkorlikda treninglar tashkil etilmoqda. 
Malaka oshirish kurslarini tashkil qilish maqsadida 
50
nafar (30 AKT /
20 Ingliz tilidan) asosiy trenerlar (master trainers) jamoasini shakllantiriladi, va 
ular oʻz navbatida 
1000
nafar (600 AKT/400 Ingliz tilidan) viloyatdagi trenerlar 
(regional trainers) jamoasini kaskad usulida yangi darsliklardan foydalanish 
mahoratlarini oshirishadi. Viloyatdagi trenerlarni malakasini oshirish treninglari 
Hududiy malaka oshirish markazlarida boʻlib oʻtishi rejalasjtirilgan. Treninglar 
iyun va avgust oylarida tashkil etiladi. 
 
 “Edu-Action” nodavlat ta’lim tashkiloti bilan oʻzaro hamkorlik 
memorandumi 
Joriy yilning 21-yanvar kuni A.Avloniy nomidagi ilmiy-tadqiqot instituti 
hamda “Edu-Action” nodavlat ta’lim tashkiloti oʻrtasida oʻzaro hamkorlik 
memorandumi imzolandi. 
Mazkur kelishuvdan asosiy maqsad xalq ta’limi tizimidagi (ingliz tili) 
oʻqituvchilarining malakasini oshirish, xalqaro darajadagi imtixonlar (IDP IELTS, 
Cambridge English Assessment, CELTA va TKT)ga tayyorgarlik koʻrishlarida 
koʻmaklashish va mazkur imtizonlarni oʻtkazishda oʻzaro hamkorlik qilishdan 
iboratdir. 

Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling