Kiritiladigan masalalar


YUNESKOning Toshkentdagi vakolatxonasi bilan hamkorlikdagi loyiha


Download 0.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/36
Sana18.02.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1213819
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   36
Bog'liq
2022-yil birinchi chorak

 
YUNESKOning Toshkentdagi vakolatxonasi bilan hamkorlikdagi loyiha 
 
Xalqaro 
taraqqiyot 
tadqiqot 
markazi 
(Kanada) 
tomonidan 
moliyalashtirilgan 
Oʻzbekistonda 
o‘qituvchilarni 
kasbiy 
malaksini 
oshirishdagi yondashuvlarini moslashtirish va kengaytirish” (TPD@Scale) 
tadqiqot loyihasining 2-bosqichi YUNESKOning Toshkentdagi vakolatxonasi 


hamda A.Avloniy nomidagi ilmiy-tadqiqot instituti hamkorligida amalga 
oshirmoqda.
Ushbu loyiha Oʻzbekistonda oʻqituvchilar malakasini oshirishda teng 
imkoniyatlarni yaratish, tizimdagi barcha oʻqituvchilarni qabrab olish, yangi 
tashkil etilgan uzluksiz kasbiy rivojlanish modelidan foydalanishdagi qulayliklar, 
yutuqlar va kamchiliklar haqida oʻqituvchilarning fikrlarini aniqlash orqali mazkur 
modelni yanada rivojlantirish uchun tavsiyalar ishlab chiqishga qaratilgan.
 
Loyihaning 
navbatdagi 
bosqichi 
doirasida 
2-tajriba-sinov 
ishlari 
Qoraqalpoʻiston Respublikasi, Qashqadaryo va Navoiy viloyatlari hamda Toshkent 
shahridagi oʻqituvchilarni qabrab oladi va 2022-yilning mart-oktabr oylari 
davomida amalga oshiriladi.
 
Fransuz tili oʻqituvchilarini malakasini oshirish boʻyicha Fransiya 
Elchixonasi bilan hamkorlik boʻyicha 
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-maydagi “O‘zbekiston 
Respublikasida xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan 
yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5117-son qarorida 
maktablarda faoliyat yuritayotgan xorijiy til oʻqituvchilarini malakasini oshirish 
yuzasidan berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida A.Avloniy nomidagi 
ilmiy-tadqiqot instituti Fransiyaning Oʻzbekistondagi elchixonasi bilan fransuz tili 
oʻqituvchilari malakasini oshirish boʻyicha hamkorlik olib bormoqda.
Xususan, mazkur hamkorlik doirasida joriy yilning 17-yanvar kuni Fransiya 
elchixonasining ta’lim hamkorligi boʻyicha mintaqaviy attashesi Serj Bellini 
hamda elchixonaning madaniy va texnik hamkorlik boʻlimi xodimi Ulugʻbek 
Mansurov bilan uchinchi uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Oʻtkazilgan uchrashuvlar natijasiga koʻra maktablarda faoliyat yuritayotgan 
fransuz tili oʻqituvchilari uchun ikki yoʻnalishda malaka oshirish jarayonini 
tashkil etish boʻyicha hamkorlik olib borishga kelishib olindi. Bunda, bir 
tomondan, yuqori natija koʻrsatgan fransuz tili oʻqituvchilari uchun Fransiya 
davlatining ilgʻor ta’lim muassasalariga stajirovka va xizmat safarlarini uyushtirish 
va, ikkinchi tomondan, Fransiya elchixonasi hamkorligida mazkur mutaxassislar 
tomonidan maktablardagi jami 2761 nafar fransuz tili oʻqituvchilari uchun malaka 
oshirish kurslarini yaratishga qaratilgan loyiha olib borish rejalashtirildi. 

Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling