Kiritish haqida


-modda. Mehnatni muhofaza qilish sohasidagi xizmatlar bozorining


Download 270.98 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/22
Sana01.03.2023
Hajmi270.98 Kb.
#1240634
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   22
13-modda. Mehnatni muhofaza qilish sohasidagi xizmatlar bozorining 
professional ishtirokchilari


Mehnatni muhofaza qilish sohasida shartnoma asosida xizmatlar ko‘rsatuvchi 
yuridik shaxslar mehnatni muhofaza qilish sohasidagi xizmatlar bozorining 
professional ishtirokchilaridir.
Mehnatni muhofaza qilish sohasidagi xizmatlar bozorining professional 
ishtirokchilari: 
tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish xizmatining vazifalarini amalga 
oshirishi; 
ish o‘rinlarining mehnat sharoitlari bo‘yicha attestatsiyasini o‘tkazishi; 
mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlashi va 
ularning malakasini oshirishi; 
tashkilotda mehnatning muhofaza qilinishini boshqarish tizimi auditini 
o‘tkazishi mumkin.
Mehnatni muhofaza qilish sohasidagi xizmatlar bozorining professional 
ishtirokchilariga va ular tomonidan xizmatlar bajarilishiga doir talablar, shuningdek 
ularning yagona reyestrini yuritish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
 LexUZ sharhi 
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 27-apreldagi 246-son qarori bilan 
tasdiqlangan “Mehnatni muhofaza qilish sohasidagi xizmatlar bozorining 
professional ishtirokchilari faoliyatini tashkil etish va ularning yagona reyestrini 
yuritish tartibi to‘g‘risida 
nizom
”. 
14-modda. Ish o‘rinlarining mehnat sharoitlari bo‘yicha attestatsiyasi
Ish o‘rinlarining mehnat sharoitlari bo‘yicha attestatsiyasi mehnat 
sharoitlarining, ish o‘rinlaridagi mehnat jarayoni og‘irligi va tig‘izligining hamda 
ularning jarohatlanish jihatidan xavfliligining mehnatni muhofaza qilish masalalari 
bo‘yicha texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar va normativ-
huquqiy hujjatlar talablariga muvofiqligini baholash, zararli ishlab chiqarish omilini 
va (yoki) xavfli ishlab chiqarish omilini aniqlash maqsadida o‘tkaziladigan tadbirlar 
majmuidir.
Ish o‘rinlarining mehnat sharoitlari bo‘yicha attestatsiyasidan quyidagilar 
o‘tkazilishi kerak: 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
mehnat sharoitlari bo‘yicha xodimlarga qonunchilikda belgilangan tartibda 
imtiyozlar va kompensatsiyalar nazarda tutilgan ish o‘rinlari; 
(14-modda 
ikkinchi 
qismining 
ikkinchi 
xatboshisi 
O‘zbekiston 
Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda — 
Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi
 tahrirga qarang. 
nogironligi bo‘lgan shaxslar band bo‘lgan ish o‘rinlari; 
(14-modda 
ikkinchi 
qismining 
uchinchi 
xatboshisi 
O‘zbekiston 
Respublikasining 2022-yil 17-maydagi O‘RQ-770-sonli 
Qonuni
tahririda — 
Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.05.2022-y., 03/22/770/0424-son) 
Не у дает ся от образит ь связанны й 
рису нок . Возможно, эт от файл 
был перемещ ен, переименован
или у дален. Убедит есь, чт о 
ссылк а у к азывает на правильный 
файл и верное размещ ение.


imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqish huquqini beradigan ishlab chiqarishlar, 
muassasalar, ishlar, kasblar, lavozimlar va ko‘rsatkichlar ro‘yxatlarida ko‘rsatilgan 
ish o‘rinlari; 
xavfli ishlab chiqarish obyektlaridagi ish o‘rinlari. 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Qonunchilikda, shuningdek jamoa shartnomalari va kelishuvlarida boshqa ish 
o‘rinlarining ham mehnat sharoitlari bo‘yicha attestatsiyadan o‘tkazilishi nazarda 
tutilishi mumkin. 
(14-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-
apreldagi O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy 
bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Ish o‘rinlarining mehnat sharoitlari bo‘yicha attestatsiyasi belgilangan tartibda 
ish beruvchining o‘zi tomonidan o‘tkaziladi. Ish o‘rinlarining mehnat sharoitlari 
bo‘yicha attestatsiyasini o‘tkazish davriyligi qonunchilikda belgilanadi, biroq besh 
yilda kamida bir marta o‘tkaziladi. 
(14-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-
apreldagi O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy 
bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

Download 270.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling