Kiritish haqida


-modda. Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari munosabati bilan ular


Download 0.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/20
Sana21.06.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1643308
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   20
Bog'liq
O‘RQ-445 11.09.2017

20-modda. Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari munosabati bilan ular 
xavfsizligining kafolatlari 
Jismoniy shaxsni, uning vakilini, ularning oila a’zolarini, yuridik shaxsni, uning vakilini va 
yuridik shaxs vakilining oila a’zolarini ular o‘z huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini 
ro‘yobga chiqarish yoki himoya qilish maqsadida davlat organlariga, tashkilotlarga va ularning 
mansabdor shaxslariga murojaat etganligi, shuningdek murojaatlarda o‘z fikrini bildirganligi va 
tanqid qilganligi munosabati bilan ta’qib etish man etiladi. 
4-bob. Murojaatlarni berish va ularni ko‘rib chiqish tartibi 
21-modda. Murojaatlarni berish tartibi 


Murojaatlar ularda qo‘yilgan masalalarni hal etish o‘z vakolati doirasiga kiradigan davlat 
organiga, tashkilotga yoki ularning mansabdor shaxsiga bevosita yoxud bo‘ysunuv tartibida yuqori 
turuvchi organga beriladi. 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatni mustaqil ravishda berishga, shuningdek bu boradagi 
vakolatni o‘z vakiliga berishga yoxud murojaatni pochta aloqasi vositalari orqali yoki elektron 
shaklda yuborishga haqli. Voyaga yetmaganlar, muomalaga layoqatsiz va muomala layoqati 
cheklangan shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab murojaatlar ularning qonuniy vakillari tomonidan 
qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda berilishi mumkin. 
(21-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 
 LexUZ sharhi 
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 
74-moddasi
, O‘zbekiston Respublikasi 
“Vasiylik va homiylik to‘g‘risida”gi Qonuni 31-moddasining 
birinchi 
va 
ikkinchi qismlari

Murojaatga u bo‘yicha ilgari qabul qilingan mavjud qarorlar yoki ularning ko‘chirma 
nusxalari, shuningdek uni ko‘rib chiqish uchun zarur bo‘lgan boshqa hujjatlar ilova qilinishi mumkin, 
mazkur hujjatlar qaytarilmaydi, murojaat etuvchi ularni qaytarish haqida yozma ariza bergan hollar 
bundan mustasno. Ko‘rsatib o‘tilgan hujjatlar murojaat taalluqliligi bo‘yicha boshqa davlat organiga, 
tashkilotga yoki ularning mansabdor shaxsiga yuborilganda murojaatga ilova qilinishi kerak. 
Murojaat pochta aloqa vositasi orqali konvertda kelib tushganda konvertda murojaat va unga 
ilovalar mavjudligi tekshiriladi. Konvertda murojaat mavjud bo‘lmasa yoki u shikastlangan bo‘lsa, 
shuningdek murojaatda ko‘rsatilgan ilovalar mavjud bo‘lmasa, dalolatnoma tuzilib, uning bir nusxasi 
murojaat etuvchiga konvertda ko‘rsatilgan manzil bo‘yicha yuboriladi. 

Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling