Кишлок хужалик лаборатория 2018


Urug’larning unuvchanligini aniqlash


Download 142.89 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/17
Sana26.12.2022
Hajmi142.89 Kb.
#1067042
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17
Bog'liq
Qishloq xo`jaligining biologik asoslari2019

Urug’larning unuvchanligini aniqlash 
Har bir ekin urug’lari unuvchanligi ekishga yaroqliligini belgilaydigan eng muhim 
xususiyatlardan biridir. Urug’larining unuvchanligi 
o’suv 
davrining 
borishi, 
hosildorlik 
ko’rsatkichlariga sezilarli ta’sir ko’rsatadi. Laboratoriya sharoitida urug’larning unuvchanligi dalaga 
qaraganda bir muncha yuqori bo’ladi. Lekin urug’larning unuvchanligi hamisha laboratoriyada 
aniqlanadi. 


Urug’larning unuvchanligini aniqlash uchun tozaligi aniqlangan urug’lardan 100 donasi tanlamasdan 
olinadi. Sanab olingan urug’lardan to’rt namuna ajratiladi va undirish uchun maxsus vannachalarga terib 
qo’yiladi. Vannachalarga qum yoki filtr qog’oz tushalgan bo’lishi lozim. Vannachadagi qum yuvilgan, 
tozalangan va yuqumsizlantirishi uchun avval qizdiriladi. Qum ham, filtr qog’oz ham nam bo’lishi 
kerak. Vannachalar ham yuqimsizlantirilgan bo’lishi lozim, aks xolda urug’lar kasallanishi natijasida 
unib chiqmay chirib ketadi. Urug’lar bir-biriga tekizmay terib chiqiladi va qumga ko’miladi. 
Urug’lar filtr qog’ozda undiriladigan bo’lsa, o’stirish vannachasining tubiga yoyiladigan filtr 
qog’oz namlanadi va urug’lar xuddi yuqoridagi tartibda terib chiqiladi. Har bir vannachaning ustiga 
shisha qopqoq yopib qo’yiladi. Agar vannachalar ustma-ust qo’yiladigan bo’lsa, fakat ustkisining 
og’zi oyna bilan yopiladi. 
Urug’larni undirish vaktida o’stirish vannachasidagi qum to’la nam sig’imining 60 foizgacha, 
dukkakli o’simliklar uchun 80 foizgacha nam holda saqlanadi. Filtr qog’ozi qurib qolmasligi uchun 
doim zaruriy me’yor bilan namlab turiladi. 
Har qaysi o’stirish vannachasiga namuna raqami, urug’larning unib chiqish qobiliyati hamda 
unuvchanlikni aniqlash vaqti qora qalam bilan yozilgan yorliq solib qo’yiladi. 
Urug’lar termostatda yoki xonada undirilgan har bir ekin uchun belgilangan haroratni saqlab 
turish zarur, buning uchun harorat sutkasiga uch mahal o’lchanadi. Bug’doy, javdar, arpa va suli 
doimiy harorat 20°S bo’lganda undiriladi. Makkajo’xori, oqjo’xori, tariq, sholini 20°S—30°S 
o’zgaruvchan haroratda undirish zarur. Buning uchun dastlabki 6 soat mobaynida harorati 30°S 
atrofida, kunning qolgan 18 soati mobaynida 20°S atrofida saqlanadi. 
Urug’larning unib chiqish qobiliyati va unuvchanligi ma’lum kun oralatib ungan urug’larni 
sanab borish yo’li bilan aniqlanadi. Unib chiqish qobiliyati urug’larning qisqa muddatda qiyg’os 
unib chiqishidir. Unib chiqish qobiliyati yuqori bo’lgan urug’lar qiyg’os unib chiqib, o’simliklar bir 
vaqtda rivojlanib boradi va yetiladi. Urug’larning unib chiqish qobiliyati bilan unuvchanligi mazkur 
urug’ uchun belgilangan kunlar ichida unib chiqqan urug’lar foizi bilan ifodalanadi. Buning uchun 
avval urug’larning unib chiqish qobiliyati, keyin bir necha kun o’tkazib unuvchanligi aniqlanadi.
Ildizchalari me’yoriy rivojlanayotgan, asosiy ildizchasining uzunligi urug’ning uzunligiga teng 
bo’lib qolgan urug’lar ungan urug’ hisoblanadi. Ayni vaqtda javdar, makkajo’xori, bug’doy o’simtasining 
bo’yi urug’ bo’yining yarmiga teng bo’lishi kerak. 

Download 142.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling