Кишлок хужалик лаборатория 2018
Urug’larning ekishga yaroqliligini aniqlash
Download 142.89 Kb. Pdf ko'rish
|
Qishloq xo`jaligining biologik asoslari2019
Urug’larning ekishga yaroqliligini aniqlash
Urug’ning ekishga yaroqliligini talaba, o’qituvchi rahbarligida laboratoriya yoki dalada aniqlashi mumkin. Urug’larning ekishga yaroqliligi deganda, tekshirilayotgan namunadagi toza va shu bilan birga unuvchan urug’lar soni tushuniladi. Ekishga yaroqlilik—urug’lar sifatining eng muhim belgisi hisoblanadi. Ekishga yaroqlilikni bilgan holda urug’larning ekish me’yorini to’g’ri belgilash mumkin. Masalan, tekshirilayotgan urug’ning tozaligi 98 foiz, unuvchanligi 95 foiz bo’lsin. Bu esa, 100 og’irlik birligidagi urug’da 98 og’irlik birligiga teng toza urug’ bor, ikkinchi tomondan, xuddi shu 100 og’irlik birligiga fakat 95 og’irlik teng unuvchan urug’ to’g’ri keladi. Shunday qilib, 100 og’irlik birligiga teng materialda 98 og’irlik birligiga baravar toza urug’ bor, lekin bu urug’da ekish 95 uchun yaroqli, unuvchan urug’lar 95 foiz yoki 95/100 bo’ladi. Binobarin, yaroqli urug’lar 95/100 yoki X =97x95/100 = 92,1 % ni tashkil etadi. X -urug’larning ekishga yaroqliligini ifodalaydi. Bu miqdor 100 og’irlik birlikka teng urug’da qancha toza va unuvchan, ya’ni ekishga to’la-to’kis yaroqli urug’ borligini ko’rsatadi. Urug’larning ekishga yaroqliligi foiz bilan ifodalanadi. Urug’larning ekishga yaroqligini topish uchun tozalikni unuvchanlikka bo’lsaaytirish va 100 ga bo’lish kerak. Ekishga yaroqlilik fakat kondision ya’ni ekishga yaraydigan urug’lar uchun aniqlanadi. Urug’ ekish me’yori 100 foizli yaroqlilikka aylantirib hisoblanadi, shuning uchun xakikiy ekish me’yori boshqacha, birmuncha yuqori bo’lib chikadi. Masalan, bug’doyning ekish me’yori 1 ga yerga 200 kg deb belgilangan, shu urug’larning ekishga yaroqliligi 96 foiz bo’lsin. Bunda ekishga yaroqlilikni hisobga olib, tuzatish kiritilgan xakikiy ekish me’yori: X = 200x100/96=208,1 kg, ya’ni 208 ga/kg bo’lib chikadi. Demak, xakikiy (hisoblab chikilgan) ekish me’yori belgilangan me’yorning 100 ga bo’lsaaytirilib, urug’larning ekishga yaroqlilik foiziga bo’lingan qismiga teng ekan. Download 142.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling