3. Kesish joyidan issiqlik olib ketilmasligi uchun metallning issiqlik o’tkazuvchanligi kichik bo’lishi kerak, aks holda kesish jarayoni to’xtab qoladi. - 3. Kesish joyidan issiqlik olib ketilmasligi uchun metallning issiqlik o’tkazuvchanligi kichik bo’lishi kerak, aks holda kesish jarayoni to’xtab qoladi.
- Mis, alyuminiy va ular kotishmalarining issiqlik o’tkazuvchanligi temir hamda po’latga nisbatan yuqori bo’ladi; amalda bu metallarni qizdiruvchi alanga bilan tunukaning butun qalinligi bo’yicha alangalanish haroratigacha qizdirilishini to’plab bo’lmaydi. SHuning uchun ko’rsatilgan metallarni odatdagi kislorod alangasi yordamida kesib bo’lmaydi.
- 4. Metallning kislorodda yonishida ajralib chiqadigan issiqlik miqdori kesish jarayonining davom etishini tahminlay oladigan darajada ko’p bo’lishi kerak. Po’latni kesishda kizdirish uchun ishlatiladigan issiqning qariyb 70 foizi metall kislorodda yonayotganida ajralib chiqadi va faqat 30 foizi kizdiruvgi alangadan keladi.
- 11.3. Po’lat tarkibining kesishga tahsiri
- Yuqorida ko’rsatib o’tilgan shart sharoitlarga tarkibida uglerod va legirlangan aralashmalar kam bo’lgan po’latgina to’la monand keladi. Kam va urtacha uglerodli, shuningdek, kam legirlangan po’latlar tarkibidagi uglerod miqdori 0,3 foizgacha bo’lganida kislorod yordamida yaxshiroq kesiladi.
- Po’latning qanchalik yaxshi kesila olishini quyidagi uglerod ekvivalenti formulasidan foydalanib uning kimyoviy tarkibi bo’yicha aniqlash mumkin:
- Se=S + 0,16Mn + 0,3 (Si + Mo) + 0,4Cr + 0,2V + 0,04 (Ni + Su),
- Bu yerda Se — uglerod ekvivalenti; elementlarning formuladagi simvoli ularning po’latdagi foizi hisobidagi tarkibini ko’rsatadi.
Misol: po’latning tarqibi: S = 0,2, Mn=0,8; Si=0,6, u holda Se = 0,2 +0,16∙0,8+0,3∙0,6=0,508 bo’ladi. Po’lat I-gruppaga kiradi (11.2-jadval). - Misol: po’latning tarqibi: S = 0,2, Mn=0,8; Si=0,6, u holda Se = 0,2 +0,16∙0,8+0,3∙0,6=0,508 bo’ladi. Po’lat I-gruppaga kiradi (11.2-jadval).
- Po’latlarning kislorod bilan kesiluvchanligiga karab klassifikatsiyalash
Do'stlaringiz bilan baham: |