Kislota asos va tuzlarning dissosiyalanish nazariyalari. Tuzlarning gidrolizi pH. Suvning ion ko‘paytmasi. Amfoter elektrolitlar va ularning dissotsiyalanishi. Eruvchanlik ko‘paytmasi


Download 0.96 Mb.
bet2/8
Sana18.06.2023
Hajmi0.96 Mb.
#1560285
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
9-M (2)

b) Kuchli asoslar:
KOH = K+ + OH-; Ca(OH)2 = Ca2+ + 2OH-
Kam eriydigan asoslarning (Mg(OH)2, Cu(OH)2, Mn(OH)2, Fe(OH)2 va boshqalar) dissotsilanishi haqida gapirish o’rinli emas. Ular juda kam darajada dissotsilanadi.
d) O’rta tuzlar:
Cu(NO3)2 = Cu2+ + 2NO ; BaCl2 = Ba2+ + 2Cl-
Al2(SO4)3 = 2Al3+ + 3SO ; K2S = 2K+ + S2-
CH3COONa = CH3COO- + Na+; Mg(CN)2 = Mg2+ + 2CN-
Kam eriydigan va amalda erimaydigan tuzlarning dissotsiatsiyasi haqida gapirish o’rinli emas.
e) Qo’sh tuzlar:
KAl(SO4)2 = K+ + Al3+ + 2SO
Fe(NH4)2(SO4)2 = Fe2+ + 2NH + 2SO
Kislotali, asosli va kompleks tuzlar bosqichma-bosqich dissotsilanadi. Masalan:

  1. Kislotali tuzlar

KHSO4 = K+ + HSO KH2PO4 = K+ + H2PO
KHCr2O7 = K+ + HCr2O NaHCO3 = Na+ + HCO
Hosil bo’lgan gidroanionlar o’z navbatida suv ta’sirida quyidagi o’zgarishlarga uchraydi:

  1. Agar gidroanion kuchli kislota qoldig’i (H2SO , HCrO va shunga o’xshashlar) bo’lsa u holda uning o’zi to’liq dissotsilanadi:

HSO = H+ + SO ; HCr2O = H+ + Cr2O va dissotsilanishning to’liq tenglamasi quyidagicha yoziladi:
KHSO4 = K+ + H+ + SO
KHCr2O7 = K+ + H+ + Cr2O
Bunday tuzlarning eritmalari kislotali muhitga ega bo’ladi.

  1. Agar gidroanion kuchsiz kislota qoldig’i (H2PO , HPO , HCO va shunga o’xshashlar) bo’lsa ikki yoqlamalik kuzatiladi. Ya’ni kuchsiz kislotalar kabi to’liqmas dissotsilanadi:

H2PO ↔ H+ + HPO (h1); HCO ↔ H+ + CO (α1)
yoki suv bilan reaksiyaga kirishadi (qaytar gidrolizlanadi):
H2PO + H2O ↔ H3PO4 + OH- (h); HCO + H2O ↔ H2CO3 + OH- (h)
α1 > h bo’lganda dissotsilanish sodir bo’ladi va tuz eritmasining muhiti kislotali bo’ladi. α1 sodir bo’ladi va tuz eritmasining muhiti ishqoriy bo’ladi. Demak, HSO , H2PO , H2AsO va HSeO anionlarini saqlagan tuzlar eritmalarining muhiti kislotali, boshqa xil anionlar saqlagan tuzlar eritmalarining muhiti ishqoriy bo’ladi.
MgCl(OH), Cu2CO3(OH)2 va boshqa asosli tuzlar suvda amalda erimaydi va ularning dissotsiatsiyasi haqida gapirish o’rinli emas.
Qutbli kovalent va ion bog’lanishli moddalar suvda eritilganda ionlarga ajraladi.
Ion bog’lanishli moddalar (masalan; NaCℓ) suvda eritilganda suv dipollari tuz kristallarining hamma tomonida joylashadi va gidratlanish jarayoni boshlanadi. Kristall panjaradagi ionlar atrofida suv molekulalari joylashib ular bilan vodorod yoki donor-akseptor bog’lanish hosil qiladi.
Natijada katta miqdorda energiya ajralib chiqadi. Bu energiya gidratlanish energiyasi deyiladi. Ajralib chiqqan energiya kristall panjarani buzish uchun sarflanadi. Bu vaqtda gidratlangan ionlar erituvchiga o’ta boshlaydi va erituvchi bilan aralashib eritma hosil qiladi.
Masalan; NaCℓ kristallining suvdagi eritmasining elektrolitik dissotsilanish sxemasi quyidagi rasmda berilgan:


Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling