Kislota asos va tuzlarning dissosiyalanish nazariyalari. Tuzlarning gidrolizi pH. Suvning ion ko‘paytmasi. Amfoter elektrolitlar va ularning dissotsiyalanishi. Eruvchanlik ko‘paytmasi


Download 0.96 Mb.
bet5/8
Sana18.06.2023
Hajmi0.96 Mb.
#1560285
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
9-M (2)

9.12. Kuchsiz elektrolitlar eritmalari

Kuchsiz elektrolitlar eritmalarda ionlarga to’liq ajralmaydi. Kuchsiz elektrolitlarga yuqorida berilgan kislotalardan boshqa barcha anorganik kislotalar, deyarli barcha organik kislotalar; kuchsiz asoslar, (ularga ishqoriy va ishqoriy –yer metallarining gidroksidlaridan tashqari barcha anorganik (Masalan: NH4OH, Mg(OH)2) va organik asoslar (Masalan: CH3NH2, C2H5-NH2 va h.zlar); amfoter birikmalar (Masalan; Be(OH)2, Aℓ(OH)3, Pb(OH)2, Cr(OH)3, Sn(OH)4); aminokislotalar , kompleks tuzlarning ichki sferalari (Masalan: [TiF6]-2, [CrCℓ2(H2O)4]+, [Ag(NO2)2]- va boshqalar kiradi.


Elektrolitlar ikkinchi tur o’tkazgichlardir. Eritmada ionlar qanchalik ko’p bo’lsa u elektr tokini shuncha yaxshi o’tkazadi.

Masalalar
1. Bir asosli kislotaning 100 ml 0,1 M eritmasida 7,82 ∙ 1021 ta zarracha (molekula va ion ) bo’lsa, uning dissotsilanish darajasini aniqlang.
Yechish; Kislotaning miqdorini topamiz;
;

Eritmadagi ionlarning umumiy miqdori nzarracha = 0,01 - + 2 = 0,01 + mol bo’ladi .Masala sharti bo’yicha 7,82 ∙ 1021 ta zarracha ya’ni 0,01303 mol zarracha bo’ladi, demak 0,01 + = 0,01303; = 0,00303; yoki 30,3 %
2. Kdiss= 1,8 ∙ 10-5 bo’lgan 0,2 M sirka kislota eritmasining dissotsiyalanish darajasini va eritmadagi H+ ionlarining konsentratsiyasini hisoblang.
Yechish: mol/l; mol/l.
3. HCℓO ning dissotsilanish konstantasi ga teng bo’lsa, 0,1 N eritmaning dissotsilanish darajasini toping. J: 5,5 ∙ 10-4
4. 1 l 1,05 N KNO3 eritmasida K+ ionlarining konsentratsiyasi 4,095 g/l teng bo’lsa, KNO3 ning dissotsilanish darajasini hisoblang. J: 10%.
5. 1000 ml 0,008 M li ZnCℓ2 eritmasida 2,4∙1021 ta dissosilanmagan molekulalar bo’lsa, rux xlorid eritmasining dissotsilanish darajasini hisoblang. J: α = 50%.
6. 0,1 molyar H2S ning dissotsilanish darajasi birinchi bosqich uchun ga teng bo’lsa, uning dissotsilanish konstantasini hisoblang.
Yechish: dan
7. 0,1 N HCℓ eritmasida vodorod ionlarining konsentratsiyasi 0,01n HCℓ eritmasidagi vodorod ionlarining konsentratsiyasidan necha marta katta ? J: 9,4 marta
8. HNO2 ning dissotsilanish konstantasi 5,1 ∙ 10-4 ga teng bo’lsa, qanday konsentratsiyali eritmada bo’ladi? J: 1,27 ∙ 10-2
9. α = 25% bo’lgan 0,01 mol/l eritmadagi HF molekulalarining va ionlarning konsentratsiyalarini toping.
Yechish: HF ↔ H+ + F- masala sharti bo’yicha α = 25% , u holda har bir ion (H+ va F-)ning konsentratsiyasi (0,25 ∙ 0,01) 0,0025 mol/l ga teng. Dissotsilanmagan HF molekulalarining konsentratsiyasi esa ( 0,01 - 0,0025) 0,0075 mol/l ga teng bo’ladi.
10. α = 100% bo’lgan hol uchun 0,2 M AℓCℓ3 eritmasidagi ionlarning konsentratsiyasini (g-ion/l larda ) hisoblang.
Yechish: 1mol AℓCℓ3 dissotsilanganda 1 mol Aℓ3+ va 3 mol Cℓ- ionlari hosil bo’ladi.
dan g- ion/l.
g-ion/l .
g-ion/l.


Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling