Kitob to’g’risida
Kuchli indeks nisbati (Relative strength index) RSI
Download 5.24 Mb. Pdf ko'rish
|
Forex Uzbek tilda Kitopbi
Kuchli indeks nisbati (Relative strength index) RSI
Bu indikator tez ishlaydigan indikatorlardan biri sanaladi. Kuchli indeks nisbati inglizchasida qisqartirilgan darajada RSI indikator deyiladi. RSI indikatori juda qisqa savdo jarayonida qatnashishda mo’ljallangan u faqatgina pasga yoki teppaga kuchli borishini qisman qarama qarshi tendensiya borishini ko’rsatib beradi. RSI indikatorida 100% dan 0% gacha qiymat mavjud. Sotib olish yoki sotish qiymati esa 70% va 30% darajalari ko’rsatilgan. 53 Rasm- 9.9.6 RSI indikator qachonki 70% darajadan o’tsa va qaytib 70% ga kelib qolsa shundagina sell pozitsiyasi ochish kerak. Agarda 70% dan biz sell pozitsiyada kirsak unda chiqsh signali esa 30% sanaladi va 30% dan o’tgandan so’ng sell pozitsiyani yopib buy pozitsiya ochish mumkin. Ba’zi hollarda 70%ga yoki 30% ga kelib qaytib ketadi. Bunda hech qanaqa buy yoki sell pozitsiyasiga signal yo’q degani bu aksincha tendensiyaning davomiyligini bildiradi. Rasm- 9.9.7 Indikator RSI qayerdan kirishni yaxshi ko’rsatib beradi. Lekin ba’zan savdoda qatnish kerak bo’lgan joylarni ham qoldirib ketadi. Rasm- 9.9.7 ko’rsatilganidek noaniqlikda savdoda sell pozitsiya 54 ochish kerak ekanligini RSI ko’rsatib bera olmayapti. Ba’zan esa qayerda kirish kerakligini ko’rsatyapti lekin qayerdan chiqish kerakligini ko’rsatmayapti. Bu indikatorda ham yolg’onchi signallar berib turadi. Lekin RSI indikatorida kam kam punkt olib ko’p pozitsiya ochish kerak ekanligini ko’rsatib turibti. RSI indikatorining yana bir afzallik tomoni divergensiyani ham ko’rsata oladi. Aslida MACD indikatorida divergensiyani yaxshi ko’rsatmasa yoki buzsa RSI buni ko’rsatishi mumkin. Rasm- 9.9.8 MACD indikator ko’rolmagan divergensiyani RSI ko’rdi. Rasm- 9.9.8 RSI indikator grafigimizda 3 ta devergensiya topdi lekin MACD indikator esa 1 ta topdi. Shuning uchun ham RSI afzalligi divergensiyani topishi va qayerdan qanday pozitsiya ochish kerakligini yaxshi ko’rsata oladi. Rasm-9.9.9 55 Lekin yodda saqlashimiz kerak buning ham kamchiligi yolg’onchi signallarni berishi ham uchrab turadi shuni yodda saqlash kerak. Rasm- 9.9.9 berilgan yolg’onchi signal bizga bir qancha muammoni keltirib chiqarishi mumkin 5 marta yolg’onchi signal berib turibti. Agarda RSI indikator 1 marta yolg’onchi signal berdimi ikkinchi signal unga yaqinroq bo’lsa demak qaytib kirmaslik kerak. Chunki yana shunday 6-7 martalab yolg’onchi signal berishi ham mumkin. Shunchaki kuzatib turib keyingi modelda keyingi marta signalda kirish kerak. Download 5.24 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling