Kitob to’g’risida
-Qism Qo’shimcha divergensiyalar
Download 5.24 Mb. Pdf ko'rish
|
Forex Uzbek tilda Kitopbi
12-Qism
Qo’shimcha divergensiyalar Hattoki har xil turdagi divergensiyalarni biz boshqa bir indikatorimizda, uchratishimiz mumkin. Asosan darsliklarda faqatgina MACD indikatorida divergensiyani ko’rsatib berishadi. Agarda biz divergensiyani MACD orqali topaman desangiz juda ko’p vaqt kutish kerakligini kuzatishimiz mumkin. Har qanday valyuta paralarda 1 soatlik grafigimizda 2-3 haftani ichida faqatgina bir marta divergensiyani uchratishimiz mumkin. Agarda biz o’z strategiyamizni divergensiya orqali tuzamiz desak unda bitta pozitsiya ochishimiz uchun haftalab kutishga to’g’ri keladi. Shunday ekan divergensiya boshqa indikatorda ham uchratib ishlatishimiz mumkin. RSI indikatoriga divergensiyani MACD dan ko’ra ko’p kuzatishimiz mumkin. Lekin RSI indikatoridan ko’ra Stochastik indikatori orqali divergensiyani ko’p kuzatishimiz ham mumkin. Aslida divergensiyalarning turlari 4-5 xil sanaladi. Keling bu divergensiya turini harflar bilan belgilaylik. Divergensiya (A) Rasm-12.0 Rasm-12.0 biz ko’rib o’tgan divergesiya va bizga ma’lum bo’lgan birinchi (A) divergensiya turi sanaladi. Bunda kuchli tendensiya o’zgarishi kutiladi. 80 Rasm-12.1 Bu yerda Divergensiya (A) turdagi 3 marta kelishi va ularning kuchli qaytish tendensiyani ko’rsatib beryapti. Divergensiya (B) Rasm- 12.2 Divergensiya (B) turdagi xuddi (A) turdagi divergensiyaga o’xshaydi, lekin bu yerda Indikatorimizda bir xil maksimum berilgan. Narxda esa maksimum keyingi maksimumdan yuqorida ko’tarilgan. 81 Rasm- 12.3 Bu turdagi divergensiyalar kuchli tendensiyaning o’zgarishiga ham olib keladi. Lekin bunday divergensiyalar noaniqlik sanaladi. Chunki bunda indikatorimizda salgina maksimumlar noaniq darajada bo’lsa divergensiya buziladi. Divergensiya (C) Rasm-12.4 Noyob diverfensiyalardan biri Divergensiya (C) turdagi bu grafik kamdan kam uchraydigan holat sanaladi lekin bu vaziyatni biz ko’ra olmaymiz. 82 Rasm- 12.5 Bu holat agarda tendensiya kuchli borsa teppaga va pastga yoki pasga kuchli tushib teppaga sekin borsa bunday devergensiya (C) holati tuzilishi mumkin. Shunday qilib 3 turdagi divergensiyani ko’rib o’tdik. Aslida yana divergensiyalarni ko’rib o’tishimiz mumkin. Bulardan yashirinuvchi divergensiya yoki boshqa turdagi divergensiya Masalan: indikatorimizda bir xil maksimum va narximizda ham bir xil maksimum. Shunaqa noyob divergensiyalarni ham uchratish mumkin. Lekin yashirinuvchi divergensiya bu divergensiya sanalmaydi. Bu shunchaki narxni davomiyligini bildiradi xolos. Rasm- 12.6 83 Rasm-12.6 divergensiyalar ham uchrab turadi lekin buni biz divergensiya deb bilmaymiz chunki divergensiyani ma’nosi, narxdagi holat bilan indikatorimizni holati qarama qarshi tomonda bo’lishi zarur. Shundagina biz buni divergensiya deya olamiz. Ba’zi hollarda treyderlar Rasm- 12.6 yashirinuvchi divergensiya deyishadi. Lekin bundagi holatdagi savdomiz muvaffaqiyatga erishadi. Lekin bu juda kamdan kam uchraydigan holat sanaladi. Download 5.24 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling