Kitob to’g’risida
-Qism Psixologik analizlar
Download 5.24 Mb. Pdf ko'rish
|
Forex Uzbek tilda Kitopbi
14-Qism
Psixologik analizlar Aytingchi aziz o’quvchi agarda siz Forex Bozorida ishlayman va shu yerdan men o’z mutaxasisligimni davom ettiraman va bu mening asosiy ishim sanaladi deya olasizmi. Agarda biz internetda kirsak har bir brokerlik firmalarga ko’zimiz tushsa bu bozorda ishlash juda oddiy ekan deb o’ylaymiz, chunki internetda turli xil brokerlik firmalari reklama yo’lini shunday qilib yaratishganki insonni ishlagisi keladi. Xuddi tasavurimizda men bu ishni eplayman bu juda ham oson ekanku deymiz. 93 Ba’zi bir video roliklarda turli xil boy insonlarni ko’rsatgan. Ular aynan dunyo valyuta bozorida ishlaganlar shu yerda muvaffaqiyatga erishganlar deb aytishadi. Yaqinda bir reklamaga ko’zim tushib qoldi. Bir qancha asrlar davomida boy insonlar yoki davlatlar o’rtasida urushlar juda ko’p bo’lgan ya’ni o’z hududlarini bosib olishga ba’zi bir davlatni boyligiga ega bo’lishga urushlar bo’lgan. Lekin boy insonlar yoki davlatning boyligi yashirilgan. Ba’zi davlatlarda boylikni maxfiy so’zlar ko’rinmas xaritalar yordamida saqlashgan. Hozirgi davrga kelib bu boyliklarning ko’pisi topilgan va hamma sirlar ochilgan shu uchun hozirgi kunda bir davlatning boyligini izlash baribir besamar. Lekin boylikning izlashning yana bir yo’li bor bu ham bo’lsa Forex birjasida ishlash savdoda qatnashish va yana sizga shunday imkoniyatlar beryaptiki foizsiz kreditlar ajratilishi bu esa bozorda ishlashda bozorda qo’ygan puliz 100 baravarga oshirib qo’yishadi bank tomonidan bu esa sizga aylanma mablag’ tezda kuchli borishini ta’minlaydi. Qarang qanday ta’riflab bergan, bunday reklamadan so’ng hamma ham ishlashni orzu qiladi albatta. Lekin ishlagandan so’ng, ya’ni ishni boshlagandan so’ng, kitoblarni darsliklarni o’qiganimizdan so’ng, birjani o’zi sizdan boylik ortiryapti degan xayolga tushasiz. Haqiqatdan ham reklama inson tasavurini boyitadi, real esa shu reklamada ko’rgan narsasini hayotida ko’rsa niyati so’nadi qoladi. Tasavvur qilamiz sizni qorningiz juda ham och siz televizorni ko’rib turibsiz. Reklama boshlandi, reklamada esa Gamburgerni ko’rsatyapti. Shunaqayam chiroyli gamburger nonlari katta-katta go’shti esa juda ham ko’p uni ichida turli xil pomidor bodringlar pomidor qaylasi va turli xil mahsulotlar qo’shilgan siz buni ko’rib mana ovqat qayerga yuribti deb o’ylaysiz. Restoran yoki Kafelarda borib Gamburger tayyorlashlarini aytasiz. Shu yerda quvonib ketasiz hozir reklamadagi gamburgerni men yeyman deb. Sizni oldizga gamburgerni olib kelishsa butunlay boshqa mahsulot. Gamburger juda ham mayda holatda tayyorlagan go’shti juda ham kichkina, ozgina pomidor bodring yoki pomidor qaylasi solingan. Siz hech narsaga tushunmaysiz nega bunday axir televizordagi gamburger qani bu butunlay boshqa boshqa narsa ku deb niyatingiz ham hafsalangiz ham pir bo’lib qoladi. Shuning uchun ham Forexda birov ishlasa u muvaffaqiyatga erishsa bu degani hamma ham ishlab boy badavlat shon shuxratga erishadi degani emas. Aksincha ishlashda qanchadan qancha yutqazishlar psixologik siqilishlar hattoki shu ishda kirishda savdoda qatnashishda afsuslanishlar ham bo’ladi. Ba’zilar aytadiki bu men uchun emas ekan men xoxlamayman bunchalik pul 94 ishlashni men oddiy ishlarni qilamanda o’zimga salgina bo’lsada oilamda yetadigan pulni ishlab shu bilan kun ko’raman. Lekin menda psixologik siqilishlar xavotirlanishlar, afsuslanish bo’lmaydi chunki men boshqa ishda aniq pul ishlayman, forexda esa bunday emas bu yerda aniqlik yo’q men bozorni texnik analiz qilaman trend esa meni analizlarimni buzadi. Men qancha savdo texnikalarni tuzmasam ham qanchadan qancha indikatorlarni qo’ysam ham baribir menda zarar nega bunday. Axir men har bir bozorni texnik analizlarni puxta o’rganib chiqdim. Bozor esa menga quloq solmayapti, xoxlagan ishini xoxlagan tomoniga boryapti. Menda esa zarar bilmayman forexda qanday ishlash kerak menga bozor umuman tushunarsiz men qancha o’qisam ham yordam bermayapti degan xayol o’tadi, har bir kishidan. Mana shu xayollarga bormaslik uchun ham bizda psixologik analizlar kerak bo’ladi. Birinchi navbatda bizga malaka yordam beradi. Biz agarda tendensiyani xarakterini yildan yilga ko’rib o’zlashtirsak biz ancha muncha trend xarakterini bilib olamiz. Rasm- 14.1 Qanday texnika tuzsayiz ham bu texnikalar haqida qancha ishlasangiz ham baribir sizni hisobingizda zararlar va muvaffaqiyatsiz savdo jarayonlar uchraydi. Rasm- 14.1 e’tibor bering agarda manashu doirani 4 bo’lakchaga ajratsak buning 4 dan 1 qismi zarar hisoblanadi, 95 agarda bizni Malakamiz yetarli darajada bo’lsa, matematik boshqaruvimiz puxta o’ylab har tomonlama ko’rilib chiqilgan bo’lsa, qo’rquv va bu qo’rquv orqali savdo jarayonida qanday yo’l tutishni bilmasak va oxirgisi Savdo strategiyamiz har tomonlama, klassik analiz, indikatorlar yordamida analizlar, Davlat iqtisodida ro’y beradigan fundamental yangiliklar shunga o’xshagan savdo strategiyalarni tuzish orqali bizni savdo jarayonini amalga oshiramiz. Rasm- 14.1 tuzilgan graffikning 3 bo’lagi agarda puxta o’ylanmasa va puxta tuzilmasa demak zarar biz tuzgan savdo jarayoniga ta’sir qiladi va grafigimizdagi zararlar miqdori ko’payib boradi. Shuning uchun ham biz Rasm-14.1 tuzilgan, 1.Malaka oshirish 2.Savdo strategiyalarni tuzish 3.Matematik boshqaruv va psixologik analizlar. Manashu tomonlarni puxta o’ylasak Rasm-14.1 tuzilgan grafikdagi 4- qismdagi Zararlar va muvaffaqiyatsiz savdo jarayonlari kamayib boraveradi. Download 5.24 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling