Kitob to’g’risida
- Qism Matematik hisobimizni boshqarish va
Download 5.24 Mb. Pdf ko'rish
|
Forex Uzbek tilda Kitopbi
15- Qism
Matematik hisobimizni boshqarish va undagi psixologiyalar. Har qaysi treyder qancha kitoblarni o’qimasin qancha savdo strategiyalarni bajarmasin, unga muvaffaqiyat bo’lmaydi. Chunki har qanday savdo strategiya har qaysi tomondagi yo’nalishni ko’rsatadi va sizni qayerga bozorda kirish kerak va qayerdan chiqish kerakligidan adashtiradi. Savdoning eng asosiy muhim qismi bu birinchi navbatda Psixologiya rol o’ynaydi. Agarda bizda qo’rquv yoki maqsad bo’lmasa, ishimiz planlashtirilmagan bo’lsa unda har qanday tomonga savdoga kirsak bizda faqat zarar ketadi. Shuning uchun ham eng asosiy forexda ishlashda matematik boshqaruv va psixologiya sanaladi. Agarda biz hisobimizdagi summadan kam miqdorini bozorda ishlatsak unda biz ancha kunga zararga turib qaytib biz analizlashtirilgan tomonga borsa unda biz hech ham afsuslanmaymiz. Ba’zi bo’lajak treyderlar ya’ni o’quvchi treyderlar o’zlarini sinash uchun virtual hisoblar ochib ishlashadi. Ular o’rganishadi qayerda qanday qilib kirish kerak ekanligini o’zlashtirishni boshlaydilar. Ularga virtual hisobda juda muvaffaqiyatga erishadilar. Hattoki ular bir kunni ichida balansdagi 96 summani 1 baravarga ko’paytirishishadi. Agarda bunday bilimga ega bo’lsalar ular real summa bilan boshlamoqchi bo’lishadi va boshida yaxshi boshqarishadi va oxir oqibat hamma summani yo’qotishadi. Yana ular virtual hisobda ishlashadi, hammasi yaxshi hattoki juda ham zo’r savdolashishadi. Lekin real summaga kelsak ishlar chappasiga ketadi. Bu yerda vertual bilan realni farqi nimada deysiz. Albatta psixologiyada, chunki demoga biz oddiygina analizlashtirib va unga kam e’tibor beramiz, chunki vertual hisobni olib bo’lmaydida, lekin real hisobni olib bo’ladi. Shuning uchun ham real hisobda har tomonlama o’ylaymiz, qayerda qanday agarda zararga ketsachi unda nima bo’ladi, marja yetmasa nima qilaman yoki mana narx boryapti bozorda kiraymi agarda hozir kirmasam narx uzoqga borib qoladi men esa bundan unumli foydalana olmayman. Mana shuncha bizda xayollar o’tadi. Chunki har birimiz ham foyda olishimiz kerakku. Bundan unumli foydalanishni istaymiz. Lekin oxir oqibat bu biz o’ylagan natija bo’lmaydi. Biz narx oxirida kelganda kiramiz yoki biz savdoda kirdikki qarama qarshi trend boradi. Shuning uchun ham siz tendensiyani yoki bozorda kiradigan joydan ulgurmadizmi demak savdoda kirish befoyda bu 50 ga 50 sanaladi. Yoki trend siz qo’ygan joydan foydaga boradi yoki qarama qarshi zararga boradi. Taxmin bilan savdolashib bo’lmaydi chunki taxmin ko’proq zararga ishlaydi. Birinchi navbatda bozorda savdolashish jarayonida bizda dalilar kerak qayerda nima dalil bo’ldiyu biz kirdik. Qanday axborotlar bo’lyapti, tendensiya, modellar qanday, Ayiq pozitsiyasimi yoki Buqa yoki qarama qarshi tendensiya boradimi buni ham inobatga olgan holda bozorga matematik analizmizni buzmasdan savdoda qatnashishimiz kerak. Tasavvur qilamiz bizni hisobimizda 200 dollar mablag’ mavjud. Biz uni qanchasini bozorda ishlatishimiz mumkin, agarda matematik analizimizni inobatga olsak 10% da ko’pini biz ishlata olmaymiz. Shu 10% ni ham 2 yoki 3 martada ishlatishimiz kerak. Aks holda tendensiya yangilik chiqgan paytda to’g’ri kelsa biz 15- 20 minut ichida 100-150 punkt zaraga tushib qolishimiz mumkin. Agarda biz 10% dan oshirsak bizda marja qolmaydi va biz hisobimizdagi hamma summani yoqotishimiz mumkin. Shuning uchun ham 200 dollardan biz ko’pi bilan 0.02 lot ochishimiz mumkin. Bunda 0.01 lot biz kerakli joyda ishlatamiz agarda bizda zararga ketsa va tendensiya qaytsa biz 0.02 lot qarama qarshi pozitsiyada kirishimiz mumkin. Buning uchun ham bizni analizimiz tez o’zgarsa albatta. 97 Rasm- 15.1 Ko’plab shunday va’ziyatlar bo’ladiki biz bozorga dalil isbotlar bilan kirgan taqdirda ham bizda zararga ketadi buning uchun qanday zararlarni himoya qilish kerak. Agarda Rasm- 15.1 ko’rsatilgan joydan bozorga kirsak biz zararga tushamiz. Shuning uchun bizni analizimiz to’g’ri kelmadimi biz shu yerdan qarama qarshi pozitsiya sell ochishimiz mumkin. Agarda biz qarama qarshi ( Xedj) ochsak buni 1 baravarga buy pozitsiyasidan ko’ra ko’proq ochsak sell pozitsiyasi, unda biz foydaga chiqamiz va 2 pozitsiyamizni yopamiz ham buy ham sell pozitsiyalarni. Har doim buni yoddda saqlashimiz kerak, bizni hisobimizda har doim eng kamida 1000 punkt marjada turishi kerak, hamma pozitsiyalarimizni qo’shgan holatda. Shunday holatlar bo’ladiki bizni analizmiz to’g’ri chiqadi lekin 100-150 punkt zararga borib keyinchalik foydaga boradi. Chunki har bitta analizga aniqlik kiritguncha 100-200 punkt qarama qarshi tendensiyalar yoki qaytish ehtimolini ko’rishimiz mumkin. Shunday holatda biz tushib qolsak qaytish ehtimoliga va bizni ustiga ustak pozitsiyamiz bo’lsa unda biz faqatgina qarama qarshi pozitsiya 1 baravar ko’paytirib hamma zararlarni foydaga olib chiqib bilamiz. 98 Rasm- 15.2 Qanday biz analiz qilmasak bozorni to’liq qayerga boradi va qayerdan qachon, qancha payt mudatda borishi mumkinligini biz umuman bilmaymiz. Rasm- 15.2 Trend kanalidan kesib tushgan va trend kanaliga yordamchi chiziq bo’ylab ketganda va shu yerdan tushgan. Albatta bunday vaziyatda biz savdoda juda qulay vaziyat deb tushunamiz va savdoda qatnashamiz. Lekin bu ozgina tushib fleyt jarayoniga borgan. Bu fleyt jarayoni 140 punkt bo’lyapti va qaytib pasga tushishini ko’rib turibmiz. Lekin bu 140 punkt zararni ushlab turish ham va juda uzoq payt fleyt jarayoni borishi ham insonni umidini so’ndiradi. Shuning uchun ham bu yerga toki bir analiz sizga isbotlab bermasa tendensiya jarayonini biz hech harsa qila olmaymiz. Trend yo’nalishni analizlashtirish jarayonida biz albatta 40-50 punktga kamida adashamiz. Hattoki Tendensiya o’zgarganligini bilmay ham qolishimiz mumkin shuning uchun ham bizda kanallar va matematik hisobimzini boshqarishimiz katta yordam beradi. Toki bir analiz to’liq trend jarayonini ko’rsatmasa hech qachon sovdoda kirish mumkin emas. Agarda trend kanalidan tendensiya chiqsa bizda toki yangi bir trend kanali hosil bo’lmasin biz bozorda kira olmaymiz. Chunki har xil vaziyat bo’lishi mumkin agarda bizda trend kanallar orqali biz yo’nalishni olmasak. Shuning uchun ham bizda yo’nalishni Kanallar modellar, va boshqa turdagi figuralar tendensiyani jarayonini isbotlab beradi. 99 Rasm- 15.3 Savdoda qatnashish uchun ham albatta zararlarni va qanchaga biz zararga ushlab qachon foyda ko’ra olishimizni bilib olishimiz kerak. Rasm- 15.3 ko’rsatilgani kabi Savdo jarayoni manashu joy sanaladi. Noaniqlik esa kanaldan chiqgan jarayon sanaladi. Biz agarda savdoda foyda olishni istasak noaniqlik joyda tendensiya boriganligi sababli shuncha zararga biz turishimizga to’g’ri keladi va biz vaqt o’tgan sari bozorni pozitsiyamiz foydaga borgan taqdirda pozitisyamizni yopishimiz mumkin. Shuning uchun ham tendensiyani yo’nalishini toki aniqlaguncha o’tgan minimumlar va maksimumlar keyingi minimum o’tgan maksimumdan o’tsa shundagina biz tendnesiya yo’nalishini aniqlaymiz ungacha agarda bizni pozitsiyamiz ochiq bo’lsa 100-150 punkt zararga turamiz. Aslida har bir inson 200-300 aqsh dollari bilan savdolasha olmaydi. Chunki inson ko’proq pul topishni va u hayotida yetarli darajada bo’lishi xoxlaydi va ko’pchilik shu 200-300 aqsh dollarini 1000-2000 qilay deydi. Lekin oxir oqiba bu ish bo’lmaydi. Chuni katta lot bilan kirish boshlanadi. Tendensiya juda uzoq zararga borsa marjada pul yetmaydi. Shuning uchun ham kamida 1500-2000 aqsh dollari kerak bo’ladi agarda kuniga 10-20 dollar ishlayman desa. Chunki uning har bir savdoda ochgan pozitsiyasi 0.1 lot maksimal holatda ochadi va 15-20 punkt olishi mumkin kuniga. Manabu sal bo’lsa ham real holat sanaladi. Bozorda ko’p punkt olaman yoki men trendni qanchaga borsa hammasini olaman degan gap yo’q chunki har bir analizimizdagi holatlar ko’pi bilan 80% ishlashi mumkin va 20% esa tshunarsiz darajada borib biz kutgan narxdan kelmasligi mumkin. Shuning uchun 200-300 aqsh dollari bilan boshlagan treyderning 1500- 2000 dollar bilan boshlagan treyderga farqi manashunda. Har bir 100 treyderning ham maqsadi pul ishlash sanaladi. Lekin esimizdan chiqarmasligimiz kerak balansimizda ko’proq summa bizni ehtiyotkorlik bilan ishlashga undaydi. Kam summa esa ko’p lot bilan kirib depozitimizdagi pul miqdorini tezroq ko’paytirishni istaydi. Bunday olib qarasak qancha summa bilan siz ishtirok etaman desangiz ham, hech qachon o’quv qo’llanmadagi darsliklarni esimizdan chiqarmasligimiz kerak. Treyderlik chegaralarni Psixologik chegaralar va matematik boshqaruv chegarasini buzmasligimiz kerak. Agarda sizga 5-6-10 martalab ochgan pozitsiyangiz muvaffaqiyatli bo’lsa bu deganiki keyingi pozitsiyamiz ham xuddi shunday yaxshi boradi degani emas. Biz qaysi texnika savdo strategiya bilan ishlamaylik vaqtincha hammasi buziladi. Bu jarayon ya’ni buzilish jarayon o’tsa yana bizni savdo strategiyamiz ishlashni boshlaydi. Insonga shunday sxusiyat borki agarda treyder 5-7 marta foydaga o’z pozitisyasini yopsa unda u katta lot bilan kirishni istaydi. Chunki u shunday o’ylaydi men 7 marta foyda oldim yana 2 marta ko’p lot bilan bozorga kirsam foyda olamanku deb o’ylaydi. Lekin bu aksincha hamma summani zararga ketkazishi mumkinligini bilmaydi. Shuning uchun ham bunda kuchli chegaralar mavjud. Uni hech qachon buzmaslik kerak. Har bir texnik analizda Psixologik, matematik analizimizni qoidasini hech qachon buzmasligimiz kerak. Agarda mening esimdan chiqib ketadi desangiz monitoringiz oldida bir qog’ozda yozib chiqing va shu qog’ozga ko’ziz tushib tursin. Shundagina savdoning muvaffaqiyatiga erisha olasiz Hurmat ila sizning kamtarin do’stingiz Radjabov Akmal |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling