Kitob to’g’risida
Savdo strategiyasini tuzishda qurollanish
Download 5.24 Mb. Pdf ko'rish
|
Forex Uzbek tilda Kitopbi
Savdo strategiyasini tuzishda qurollanish.
Aziz o’quvchi kitobxon treyder savdo strategiyani tuzishda kamina maqul ko’rgan indikator va klassik analizlarni ishlatadi. Siz esa o’zingizga shuni xulosalab olib o’z strategiyangizni tuzishingiz kerak. Mening strategiyam esa sizga qanday tuzish kerak ekanligini birma bir ko’rsatib beradi. Biz o’tgan qismlarda klassik analizlardan trend kanallarni chizish, modellardan, uchburchak, klin, bosh yelka modeli, (M) va (W) harfi, Vulf to’lqini, Yarim aylana, Piramida va Indikatorlar bilan qanday ishlash kerakligini o’rganib oldik. Endi esa manashu analizlarni kerakligini olib birlashtiramiz va shunga qarab tendensiyaning jarayonini kuzatamiz. Buning uchun men MACD, RSI va 3 ta Moving Average indikatorini oldim. Albatta trend kanallarni ham inobatga olgan holda. 75 Rasm- 11.3 Birinchi navbatda 3 ta Moving Average (MA) indikatorining ma’nosini tushunaylik. Bizda MA300, MA55 va MA21 kerak bo’ladi. - MA300 bizga yo’nalishni tasdiqlab beradi agarda MA300 teppaga trend esa pasda bo’lsa demak Ayiq yo’nalishi jarayoni ketyapti. Agarda MA300 pasda trend esa teppaga bo’lsa buqa yo’nalishi boradi. - MA55 va MA21 biz bu indikator orqali savdoda qatnashamiz. Birinchi navbatda yo’nalishni bilish kerak Rasm- 11.3 Ayiq yo’nalishin ko’rib turibmiz bunda MA300 ham tasdiqlab beryapti. Savdoda qatnashish uchun esa MA55 va MA21 kesishi bilan savdoda qatnashishimiz mumkin. MA 300 haqiqatdan ham trendda yuqoriga va MA21 esa MA55 ni kesishi va shu holatda MA300 ni ham kesib ichkariga qarab boryapti bu degani Ayiq yo’nalishi boshlanishini bildiradi. MA300 ancha yuqoriga bo’lgani sababli biz har qanday vaziyatda trend qaytib kelishi mumkinligidan ehtiyot bo’lishimiz kerak. Trendning jarayonini yanada qayerga ketishini bildirish uchun biz yana Trend kanali yordamchi va buzuvchi kanallarni chizamiz. Bunday holatda Ayiq yo’nalishi aniq borishini kuzatishimiz mumkin. Rasm- 11.3 trend kanalidan pasga tushib ketgan bu esa juda ham yaxshi jarayon sanaladi. Chunki bizni yo’nalishimiz baribir Ayiq yo’nalish edi. Oxir oqibat RSI va MACD indikatorlari Divergensiya borligini tasdiqlab beryapti. 76 Rasm- 11.4 Tendensiyada shunday vaziyatlar bo’ladiki, Katta ayiq yo’nalishida o’rtacha qarama qarshilik borsa yoki uzoq qarama qarshilik borsa MA300 esa buni Buqa pozitsiyasiga o’zgardi deb ko’rsatadi. Rasm- 11.4 shunday vaziyat ko’rsatilgan Katta Ayiq yo’nalishida qarama qarshilik Buqa yo’nalishida qaytgan deb ko’rsatyapti MA300 pasda trend esa teppaga yuribti. Lekin biz yo’nalishdagi MA55 bilan MA21 orqali savdo jarayonida savdoda qatnashamiz. Bunda agarda MA300 yo’nalishni Buqa yo’nalishi deb belgilasa MA21 esa MA55 ni kesgan taqdirda biz sell pozitsiya ocha olmaymiz. Chunki yo’nalish Buqa pozitsiyasi deb belgilab beryapti MA300. Nihoyat trend MA300 ichida kirdi va yo’nalishni Ayiqga topshirib berdi. Bu yerda MACD ham noldan pasga o’tdi MA300 bilan birgalikda. Trend kanallari esa qanday borishi va qayerdan qarama qarshi tendensiya borish ehtimolligini ko’rsatib beradi. Rasm- 11.4 bayroq trend kanali va klin hosil bo’lyapti. Lekin bu yerda MA55 va MA 21 bir birini tushunarsiz darajada kesyapti. Lekin kanallar esa bu kamchilikni to’ldirib beryapti. Yana bir ishonarli tomoni MA300 Ayiq yo’nalishining davomiyligini ko’rsatib beryapti. Hamma savdo strategiyalarni ham ishlamaslik davrlari bor ba’zi vaqt strategiya ishlamay qolishi va aynan bozorda jiradigan joyda fleyt jarayoni boradi. Shuning uchun ham bu jarayonlarda kirmaslik kerak shunchaki kuzatish kerak xolos. 77 Rasm- 11.5 Ba’zan bozorda kirish uchun haftalab kutishga to’g’ri keladi. Rasm- 11.5 Strategiyamiz buzilishini guvohi bo’lib turibmiz. Lekin aslini olganda shundan ham bozorga kirib bo’ladi grafigimizda 3 marta divergensiya kelmoqda. Aslida divergensiya ham doimo to’liq ishlayvermaydi. Grafigimizdagi bu vaziyat katta darajadagi Klin modeli sanaladi klin tugashi bilan katta Buqa yo’nalishi boshlandan aslida agarda grafigimizni yana bir pog’ona kichraytirsak katta hajmdagi klin modelini guvohi bo’lamiz. Rasm- 11.6 Rasm- 11.5 Katta hajmdagi klin Rasm- 11.6 bir pog’ona kichraytirilgan. Natijada Klin qoidaga binoan tendensiya yo’nalishini o’zgartirgan. Shuning uchun ham MA300 va MA55 bilan MA21 jarayon 78 hech qanaqa jarayonlarni yo’nalishlarni ko’rsata olmasa klassik texnika analizi bizga yordam berishi mumkin. Rasm- 11.7 Rasm- 11.7 jarayon 5 hafta davom etgan. Birgina savdoda kirish uchun 5 hafta kutishga majbur etyapti. Shuning uchun ham Bozorda bunday vaziyatlarda hech qachon kirmaslik kerak. Chunki noaniqlik bizga xavf keltirilishi mumkin. Ko’p hollarda bozorda katta turdagi modellar uchraydi bu jarayon esa juda uzoq borishi oylab kutishga to’g’ri keladigan darajada borishi mumkin shuning uchun ham, 4 soatli jarayonda kattagina modellar uchrasa Klin yoki bayroq shuni 1 soatlika ko’rsak aga uzoq Ayiq va Buga yo’nalishini ko’ramiz. Rasm- 11.8 Bu jaroyon Rasm- 11.8 uzoq davom etgan 17 kun davom etgan. Aslida esa bu Katta turdagi qarama qarshi tendensiya edi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling