Kitob to’g’risida


Piramida modeli (Shaxsan kitob avtorining modeli


Download 5.24 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/32
Sana21.11.2023
Hajmi5.24 Mb.
#1791631
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   32
Bog'liq
Forex Uzbek tilda Kitopbi

Piramida modeli (Shaxsan kitob avtorining modeli
ya’ni kaminaning modeli) 
 
Siz aytsangiz kerak kitob avtorining modeli… daho bo’ling deyishiz 
mumkin. Albatta men daho emas balkim qiyinchiliklar ostida bozorni 
o’rganish uchun kun bo’yi kompyuter monitoriga tikilib o’tirganligim 
sababi ixtirolarimdan maqulrog’i manashu Piramida modeli sanaladi. 
Aslida yarim aylana ham men kuzatgan va ixtiro etgan modellardan biri 
edi. Men uni chuqurroq o’zlashtirmaganligim sababli uncha muncha 
vaziyatda nechi yilda bir marta kelishi mumkin. 


67 
Rasm- 10.9.8 
Kichik vaqt oraliqlarida 5 minutlik yoki 15 minutlik graffiklarda ko’p 
uchraydigan piramida modeli, savdo strategiya qilib olish ham mumkin. 
Piramida modelini hosil qilish uchun, birinchi navbatta birinchi maksimum 
va oxirgi minimumni tutashtirish kerak bo’ladi. Oxirgi minimumni qanday 
topish mumkin? Buning uchun minimumlar hosil bo’lgandan so’ng qarama 
qarshi tendensiya o’tgan maksimumdan o’tgandan so’ng biz eng 
yuqoridagi maksimumdan eng pasdagi minimumni tutashtiramiz. Pasdan 
esa gorizontal chiziq chizamiz. Chiziq chizish o’tgan maksimumdan trend 
o’tib ketsa, o’tgan minimumgacha chiziq chizish kerak. Bu chiziq 
Piramidaning teppa qismi sanaladi. Eng yuqori maksimumdan 
minimumgacha chizgan chizig’imizni xuddi shu holatda lekin qarama 
qarshi jarayonda chizamiz. Piramidaning boshidan chap tomondagi 
chiziqning tendensiyaga hosil bo’lgan maksimumlardan gorizontal 
chiziqlar chizamiz. Chap tomondagi gorizontal chiziq Piramidaning 
zinapoyalari ya’ni o’ng tomondagi qarama qarshi tendensiya borish 
kerakligini bildiradi. Bu yerda ham buy ham sell yo’nalishida ishlashimiz 
mumkin. Lekin xavfsizroq jarayon buy sanaladi. Chunki buqa 
tendensiyasiga qarshi savdoda sell pozitsiyasida ishlash xavfli sanaladi. 
Agarda katta hajmdagi Ayiq yo’nalishi borgan taqdirda, qarama qarshi 
tendesiya boshlansa unda biz 6 tadan 10 tagacha zinapoya tayyorlashimiz 
kerak chunki qarama qarshi tendensiya har xil yo’nalishda bo’lishi 
mumkin. Uzoq jarayon, o’rta va kichik jarayon qarama qarshi tendensiya 
borishi mumkin. Shuning uchun uzoq yo’nalishdagi qarama qarshi 
tendensiyada faqatgina maksimumlar va minimumlarning o’rnini bilib 
ehtiyotkorona savdolashishimiz kerak. Shuning uchun ham qarama qarshi 


68 
tendensiya tugaganidan so’ng piramidani chizish anchagina xavfsizroq 
sanaladi. 
Rasm- 10.9.9 
Minimumdan maksimumda tutashtirishda trend chizig’ini birinchi 
navbatda minimum o’tgan 2 ta minimumdan keyingi minimumlar o’tsagina 
biz Piramida chizishimiz mumkin. Rasm- 10.9.8 Piramidaning teppa 
qismidan, 2 ta zinapoya bu chap tomondagi 2 ta minimum sanaladi. Trend 
manashu 2 ta zinapoyadan o’tsa keyin biz Piramida shaklini chizishimiz 
mumkin.
Rasm- 10.9.9.1 
Oddiygina Piramida shakli bilan keyingi narx jarayonini qayerdan 
qarama qarshi tendensiya va qayerdan o’z davomiylikni davom ettirishi 
mumkinligini Rasm- 10.9.9 ko’rsatib beradi. Ko’rib turganingizdek katta 
hajmdagi Buqa yo’nalishi va qarama qarshi tendensiya uzoq davom etgan 
chap tomondagi maksimumlar o’ng tomondagi qarama qarshi tendensiyani 


69 
ko’rsatib beryapti. Albatta Rasm- 10.9.9 ko’rsatilgan piramida 4 soatlik 
grafik edi. Agarda kunlik graffigni xuddi shunday qilik piramida chizsak 
qayerdan qarama qarshi tendensiya va qayerdan tren davomiyligini davom 
ettirishini va har bir zinapoyadan o’tgandan so’ng qaytib orqasidagi 
zinapoyaga qaytmaydi, qaytsa ham ko’pi bilan bitta zina poyaga qaytadi 
xolos va tendensiya o’z davomiyligini davom ettiradi. 
Rasm- 10.9.9.2 
Men hozirgi real narxda chizib va keyingi tendensiya qayergacha 
borish mumkinligini chizdim. Haqiqatdan ham birinchi zinapoyadan 
qarama qarshi tendensiya bordi. Endi ikkinchi va uchunchi zinapoyalarni 
kutish qoldi xolos. 
Yuqorida ko’rsatilgan har bir modellar o’ziga yarasha afzalliklari va 
kamchiligi bilan ustundir. Qaysi bir analizni olmaylik uning kamchiliklari 
mavjud. Lekin bir kamchilik ikkinchi bir analiz to’ldiradi, boshqa bir 
texnikani kamchiligini. Shuning uchun ham har tomonlama, texnik analiz, 
fundamental analiz, matematik boshqaruv va psixologik analizlar ( ya’ni 
qaror qa’bul qilish zararga ketgan taqdirda yanada obdon texnik analizlarni 
qo’llash va kuta bilish). Har bir treyder o’ziga yaqin strategiya tanlaydi. 
Treyder o’zida bir nechta indikatorlar va texnik analizlarning 
maqullanganini olib shunga qarab ishlaydi. Ba’zilar esa umuman hech 
narsa qo’ymay shunday oddiy grafikka qarab model orqali ishlaydi agarda 
bozorda ayiq yo’nalishi bo’lsa faqat sell Buqa yo’nalishi bo’lsa faqat buy 
pozitsiya ochadi u hech qanday indikator yoki klassik analizlarni 
ishlatmaydi. Ba’zilar esa faqat bittagina indikator bilan ishlashadi. Qaysi 
savdo strategiya inson ongida yaqin qulay bo’lsa manashu strategiyani 
ishlatishadi. Yuqorida men ko’rsatgan klassik texnik analizlar va 
Indikatrolar orqali qilinadigan analizlar orqali bir nechta strategiyalar 


70 
tayyorlash mumkin. Kitobda ko’rsatilgan hamma analizlar indikatorlar 
beradigan signallarni ishlatish zarur deb hisoblamayman. Chunki har bitta 
texnika orqali indikatorlar ko’pligidan texnik klassik analizlarning 
ko’pligidan inson qaysi yo’nalishga borishi ehtimolligiga adashadi chunki 
har biriga ham muammo chiqishi mumkin, ya’ni indikatorlar, klassik 
analizlarning kamchiligi bilan har xil yo’nalishda inson katta darajada 
adashishi mumkin. Shuning uchun ham birinchi navbatda har bir 
indikatorlarni qanday signal berishi yoki indikator biz bozorda savdoda 
kirishda va chiqishda qanday signal beriyapti uning qayerda adashishi 
mumkinligini birma bir ko’rib chiqish kerak. Xuddi shunday klassik texnik 
analizlarni ham afzalliklari va kamchiligini obdon o’rganib chiqish kerak 
tarixda bo’lib o’tgan narxlarda birma bir klassik analizlarni chizib chiqish 
va o’rganish lozim. Shundagina treyderga bir savol tug’iladi. 
- Men qaysi indikatorni tanlayman 
- Men qay vaqtda kira olaman 
- Men klassik analizlardan qaysi analizni ishlataman 
- Men Savdoda qatnashish uchun qancha summani ishlatib qancha summani 
marjada saqlayman va mening savdoyin jarayonida zaraga borsam unda 
men yana qancha savdoda qo’shishim mumkin zararni qoplash uchun 
- Men har vaqtda ham kira olmayman chunki texnik klassik analiz 
indikatorlarning signallari va fundamental iqtisodiy yangiliklar menda 
100% to’liq savdoda qatnashishda maqullanmayapti shuning uchun men 
kutishim kerak 
- Savdo jarayonida Internet, tok, kompyuter ishlamay qolish xafi. 
Mana shu savollarga treyder o’zida javob bera olishi kerak. Shu savollarga 
javob bera olsagina savdoda ham shu savollarni ishlatishi kerak. Aslida men 
bu savollarga javob bera olaman va manashuni grafigda ishlata olaman 
deydiganlar ham bor. Lekin savdo jarayoniga kelsak turli xil insonda savollar 
yanada qiynaydi. 
- Trend pasga ketyapti men esa teppaga buy pozitsiyasi ochdim. Lekin 
klassik texnik analizlar pasga ko’rsatyapti indikatorlar esa teppaga 
ko’rsatyapti. 
- Bugun yangilik chiqishi kerak analitiklar yaxshi tarafda aytishyapti demak 
yangilik ham yaxshi tomonga o’zgarishi 80% agarda mayli zararda tursam 
yangilik teppaga trendni ko’tarsa hammasi yaxshi bo’lib ketadi. 
- Trend axir 400 punkt tushib ketdi balkim endi qarama qarshi trend borar 
axir qayerdandir trendning yo’nalishi o’zgarishi mumkinku . 
- Indikatorlar hammasi juda ham pasga tushib ketgan mana endi ko’tarilishi 
kerak axir indikatrolar buy signalni beryaptiku


71 
Mana shunday savollar bizni savdoda qatnashishda ko’p zararga qolib 
ketishimizga sabab bo’ladi. Chunki zararda yopish hech kim ham xoxlamaydi. 
Lekin bundan ham yomon bo’lishi mumkinku degan fikr ham bor. Shuning 
uchun ham ehtimollik yoki borishi mumkinlik bu xavfli jarayon sanaladi. Biz 
ehtimollik bilan emas balkim faktlar asosida ishlash zarurligini esimizdan 
chiqarmasligimiz kerak. Biz kirgan joyda modelllar yoki indikatorlar 
boshqacha signal berishni boshladimi manashundan qanday chiqish yo’llarini 
izlashimiz kerak. Balkim qaytar juda uzoq ketdiku, balkim qarama qarshi 
tendensiya uzoq jarayonga borib keyinchalik qaytar va tendesiya o’z 
jarayonini davom ettirar kabi savollarni esimizdan chiqarishimiz kerak. 
Klassik analizmizda trend kanallarni buzdimi ehtiyot bo’lishimiz kerak. 
Modelni o’zgartirdimi demak biz qarama qarshi pozitsiya ochishimiz kerak, 
yoki xuddi shunday lotda qarama qarshi ochib qayerdan tendesiya yo’nalishini 
o’zgartiradi mana shu yerdan foydani yopib zarani qo’yishimiz kerak. Shu 
paytda foyda bilan zarar bir xilda boradi tendensiya o’zgardimi biz foydani 
yopib zarani ushlashimiz kerak tendensiya keyin qaytganidan so’ng zararni 
kamaytiradi va biz ozgina bo’lsada zararga ham yopsak biz foydaga chiqamiz 
chunki biz foydani ko’proq yopgan edik zaradan ko’ra. Bu ham bo’lsa bitta 
matematik hisobimizni boshqaruv analizi sanaladi. Ko’zimiz bilan ko’rdik 
tendensiya yo’nalishi o’zgardi biz shunga ishonishimiz kerak. Trend boryapti 
endi esa qaytishi kerak dedikmi demak tendensiya yanada davom ettirishi ham 
mumkin, yoki ozgina qarama qarshi tendensiya borib va qaytib tendensiya o’z 
davomiyligini davom ettirishi mumkin. Shuning uchun ham ehtimollik 
jarayoni juda xavfli sanaladi. Qarama qarshi tendensiya ham ehtimollikka 
o’ynaydi. Chunki qarama qarshi tendensiyada savdolashish bu 50 ga 50 
sanaladi. Chunki qarama qarshi tendensiya har xil yo’nalishda borishi 
mumkin. 
- Qarama qarshi tendensiya chuqur borishi mumkin 
- Qarama qarshi tendensiya o’rtacha borishi mumkin 
- Qarama qarshi tendensiya kichik borishi mumkin 
- Qarama qarshi tendensiya nomalum holatda 5-6 soat trend to’xtab va 
qaytib o’z davomiyligini davom ettirishi mumkin. Bunday hollatda qarama 
qarshi tendensiya ko’rinmas holatda bo’ladi.
Shuning uchun ham qarama qarshi tendensiyada savdolashishni va 
ehtimollik kuchli bo’lgan jarayonda savododa kirish juda ham xavfli sanaladi. 
O’tib ketgan bo’lsa ham afsuslamaslik kerak. Trend bordimi demak u yana 
shunday borishi ham mumkin va ikkinchi marta adashmay kirishim kerak 
degan javob berishimiz kerak. Shunday treyderlar mavjud ular faqat zarar 
ko’rishadi lekin ularning ongida men to’xtamasligim kerak aksincha yanada 


72 
kurashishim kerak. Lekin ular qanday savdo qilishgan edilar shundayligicha 
yana davom ettiradilar va yana zararga tushadilar. Yana ularda savol tug’iladi 
men aybdor edim men yopmadim mana shu yerda agarda yopar edim ozgina 
zarar bilan qutilib chiqar edim. Endi esa bu safar men bunday qilmayman 
deyishadiyu lekin savdo strategiyasini o’zgartirishmaydi. Bunday holatda har 
xil vaziyatda zararga bo’lish mumkin. Ba’zan treyderlar bir bo’lib savdo 
strategiyasini aytib berishadi. Qanday yaxshi ha tarixda bo’lib o’tgan narxdan 
strategiya yasab uni afzalligi va kamchiligini aytib berish. Aytishadiki mana 
bu savdo strategiya mana ishlab o’tiribti nega shunday savdo qilmaysizlar 
deb. Lekin o’zlari esa bundan foyda olishmaydi. Ular faqat tarixdagi chiroyli 
turgan narxda strategiyani tshuntirib berishadi. Kelajakdagi narx esa bu 
strategiyani bosib ketadida keyin afsus men bunday bo’lishini bilmagan edim 
deb qo’yishadi. Shuning uchun ham avval shu strategiyaga real narxda 
savdolashish kerak u savdo strategiyasi foyda keltirdimi 3 oylab keyinchalik 
uni ta’rixdan tshuntirib berish savdoda qatnashganligi bilan isbotlab berish 
mana bu haqqoniy strategiya sanaladi. Qadirli treyderlar keyingi qismlarda 
men sizga savdoda qatnishib strategiyalarni ko’rsatmayman men shunchaki 
ta’rixdan ko’rsataman. Lekin siz aziz treyder boshqa bir treyder bilan 
suhbatlashganda yoki bir savdo strategiyani muhokama qilishda kelsangiz real 
narxda qancha foyda olganligi va qancha vaqt bu savdo strategiyasi 
ishlaganligini bilsangizgina keyin bunda ishlash mumkin. Aziz o’quvchi 
treyder keling men sizga savdo strategiyalarni qanday yaratishni birma bir 
ko’rsatib bersam. Men ko’rsatgan strategiya orqali siz o’zingizga kitobdagi 
indikatorlar va klassik analizlar orqali boshqa turdagi savdo strategiyalarni 
tuzishingiz mumkin. Men ko’rsatgan savdo strategiya esa sizga strategiyalarni 
qanday tuzish kerakligini ko’rsatib beradi. Kelajakda esa siz aziz o’quvchi 
internetda o’zingiz indikatorlarni qidirib topib va shu orqali savdo 
strategiyalarni tuzishingiz mumkin. Bunday hollatda har bir tuzgan savdo 
strategiyamiz vaqt vaqti bilan yangilanaveradi va savdoda yangi qarashlar va 
yangi uslubda savdolashish va strategiyalar tuzish kabi fikrlar, g’oyalar 
tug’ilaveradi.

Download 5.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling