Kitob tuman 1-sonli kasb-hunar maktabida, Kitob tumanidagi kasb-hunar maktablarining o’quvchi qizlar va pedagog xotin qizlar o’rtasida 8 mart “Xalqaro xotin qizlar kuni” umumhalq bayrami munosabati bilan sportning stol tennis va shaxmat, shashka turlari bo’yicha “Boshqarma boshlig’I kubogi” musoboqalarining o’tkazilish
BAYONNOMASI: Kitob tuman 3. 03. 2021 yil
KUN TARTIBI:
1. Kitob tuman 1-sonli kasb-hunar maktabida Kitob tumanidagi kasb – hunar maktablarining o’quvchi qizlar va pedagog xotin – qizlar o’rtasida 8 mart “Xalqaro xotin qizlar kuni” munosabati bilan sportning stol tennisi va shaxmat, shashka turlari bo’yicha “Boshqarma boshlig’I kubogi” musoboqasi to’g’risida.
QATNASHDILAR:
Kitob tuman 1-son kasb –hunar mktabi direktori J.Jalolov, 1-son kasb –kunar maktabi O’IBDO’ M. Qobilov, yoshlar yetakchisi N. Daminova, YIBDO’ S. Ro’ziyev, uslubchi Alimova N, Kitob tuman 2-son kasb-hunar maktabi YIBDO’ Xolboboyeva. S, Kitob tuman 3-son kasb-hunar maktabi O’IBDO’ Nuraliyev Yoqub, kasb hunar maktablaridan pedagog xotin qizlar va o’quvchilar
ESHITILDI:
Musoboqani Kitob tuman 1-son kasb – hunar maktabi direktori J.Jalolov ochib berdilar, barcha xotin-qizlarni yaqinlashib kelayotgan 8-mart bayrami bilan samimiy tabrikladilar va O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 30 oktabrdagi “sog’lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora tadbirlari to’g’risida ” gi farmoni ijrosini taminlash maqsadida o’quvchi va pedagog xodimlar o’rtasida sportni ommalashtirish va sog’lom turmush tarzini targ’ib etish lozimligini hamda o’quvchilarning bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etish, yosh avlodni jismonan sog’lom, ma’naviy yetuk qilib tarbiyalash har birimizning burchimiz ekanligini takidladilar va musoboqani ochiq deb e’lon qildilar.
Kun tartibidagi masala yuzasidan 1-son kasb-hunar maktabi O’IBDO’ M. Qobilov so’zga chiqdilar va barcha xotin qizlarni yaqinlashib kelayotgan 8 mart “Xalqaro xotin qizlar kuni” bilan tabrikladilar va musoboqa shartlarini, o’tkazilish tartibini barcha musoboqa ishtirokchilariga tushuntirib o’tdilar.
Shundan so’ng O’zbekiston Respublikasi Madhiyasi musoboqa ishtirokchilari tomonidan baralla ijro etildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |