Kiyim detallarining dastlabki chizmasini tuzish


Download 0.52 Mb.
bet6/9
Sana30.01.2024
Hajmi0.52 Mb.
#1809080
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
KIYIM DETALLARINING DASTLABKI CHIZMASINI TUZISH. 11 mavzu

rasm. Yuqori vitachkani qurish:

a - ЦНИИШП uslubi; b -i ЕМКО.
chok cho‘zilmaydi. Chizmada vitachka ikkinchi tomonining uchini topish uchun uning kengligi aniqlanadi. Vitachka tashqi uchlarining orasidagi masofa vitachka kengligi deyiladi. Vitachkaning kengligi uning uzunligiga bog‘Iiq.
Shu bois vitachka qurishda uning kengligi uchlari orasidagi masofa bo‘yicha emas, balki vitachkaning markazidan muayyan masofada aniqlanadi. Old bo‘lak yuqori vitachkasining kengligi ko‘krak bezlari asosining tepa sathida markazdan ko‘krak balandligi 5(TJ5) va old o‘miz balandligi Bnpn (TJ4) o'lchamlari ayirmasiga teng masofada joylashtirish maqsadga mos hisoblanadi.
Ayni holda vitachka kengligi ko'krak aylanasi ikkinchi Ог1 (T^) va birinchi Ог1 (Tu) o'lchamlar ayirmasiga teng aniqlanadi (2.7-jadval). *
Vitachkani yeng oson ochish yo'lini ЕМКО tavsiya qiladi (2.16-b rasm). ЦНИИШП uslubi esa qator texnik manbalarda yoritilgan [22, 38, 39].

0‘miz chizig'i. O'mizning to'g'ri joylanishi, uning o'lchamlari va shakli butun konstruksiyaning sifatidan dalolat beradi.



ЕМКО

ЦНИИШП

Kesma, sm

Formula

Kesma, sm

Formula

46-36

(T36-T35)+n

TMr

Д - В
^m.n г

371-36

0,5T46 + П46

ГГ,

ц + ц

36-372

T T
35 34

г г
12

вгпрп

372-372'

(0,3...0,5)(T, -T|4)

г г
12l 2I

г3 - сг|) - 0,5



O'tqazma yengli kiyimda yeng chizig'i qo'llar tana bilan birlashgan chegarada joylashadi, tayyor kiyimda esa ellipssimon egri chiziqli shaklni eslatadi (2.17-a rasm). Qo'ltiq ostidagi o‘miz chizig‘i qo‘l konturidan pastroqqa o'tadi, hosil bo'lgan bo'shliq qo‘llarning bemalol harakatini va ostki kiyimlar qavatlarining bemalol kiyilishini ta’minlaydi.
0‘miz chizmasini qurish maqsadida qator tayanch nuqtalar tanla- nadi. П5 va П7 (332 va 352) nuqtalar old va orqa bo'laklar kengiligini chegaralaydigan 3 va 5 vertikallarda joylashadi. Ular yeng o‘mizga o'rnatilganda nazorat — kertimlar rolini ham bajaradi (old va orqa kertimlar). 0‘mizning pastki qismi o‘miz chuqurligining gorizontal Г5Г6 (331—351) chizig'iga Гя (341) uchinchi tayanch nuqtada urinib o'tadi.
Bu nuqtaning holati o'miz kengligiga bog'liq. ЕМКО bo'yicha 0,62 : 0,38 nisbatidan foydalaniladi (2.8-jadval).
O'miz konturining ostki qismi radiusografiya usuli yordamida aniqroq chiqadi (ЕМКО) (2.17-d rasm).






  1. rasm. 0‘miz chizig'ining buyumda joylanishi (a) va chizmada qurish usullari: b — ЦНИИШП uslubi; d — ЕМКО.

Boshqa uslublar bo‘yicha awal old va orqa o'mizning burchaklar bissektrisasida joylashgan yordamchi 1 va 2 nuqtalar hamda vertikallarda TJ5 va Я7 kertimlar aniqlanib, so‘ngra o‘miz konturi ravon egri chiziq shaklida o'tkaziladi. (2.17-b rasm, 2.8 -jadval).
0‘mizning yuqori chiziqlarini o‘tkazish uchun aylana yoylari tan- lanadi yoki egri chiziqlaming botiqlik darajasini bildiradigan yordamchi nuqtalar topiladi.
Old o‘tar chiziq va orqa o‘rta chizig‘i. Old o‘tar chizig'i — tayyor kiyimda tananing old tomonidagi simmetriya chizig‘ining vertikal tekislikka proyeksiyasidir. Yaxlit bichilgan yoki qirqma oldli ayollar kiyimining chizmasida o‘tar chiziq dastlabki vertikal bilan ustma-ust tushadi.
Erkaklar ust kiyimlari konstruksiyasiga xos o‘tar chizig‘ining shakli xilma-xildir. U chizma qurish uchun kerakli dastlabki shartlar, bort chizig‘i bo'ylab mo'ljallangan namlab — isitib dazmollab kirishtirish haqi, qomatning razmer — bo‘y va to'lalik guruhi kabi omillar ta’sirida shaklan farqlanadi (2.18-rasm).






  1. rasm. Kiyimning old o‘tar chizig‘ini qurish:

a — qorin hisobga olinmagan holda; b — qorin hisobga olingan holda.
Erkaklar ust kiyimlarining ko‘krak sohasidagi hajmiylikni shakllan­tirish uchun vitachka o‘rniga bort bo'ylab namlab — isitib kirishtirib dazmollash qo‘llanadi. Konstruksiyada kirishtirish burchagi vitachka kengligiga tengdir.
Erkaklar qomatiga ko‘krak qismi qiyali bo‘lishi xos. Shuning uchun kiyimni benuqson o‘rnatish maqsadida konstruksiyada old o‘tar chiziq vertikaldan yeng tomonga biroz og‘ishgan holda o‘tkaziladi.
Old o‘tar chiziqning og‘ishini grafik usulda bajarsa ham bo‘ladi (2.18-a rasm). Old o‘tar chiziqni qurishda qorin chiqig'iga mo'ljallan­gan qo'shimcha ham hisoblanib, bel chiqig'ining davomiga qo'yiladi. Ayni holda o'tar chiziq bel chizig'idan boshlab past tomonga vertikal o'tkaziladi (2.18-b rasm).
Orqa o‘rta chizig‘ining shakli loyihalanayotgan kiyimning turi, bichimi va o'rta chok mavjudligiga bog'liq.
Yaxlit bichilgan orqa bo'lak chizmasida orqa o'rta chiziq har doim to'g'ri chiziqdir, chunki bichilganda u tanda ipining yo'nalishi bilan ustma-ust tushiriladi. Erkaklar sorochkalari, ayollar va bolalar ko'ylak- larining chizmalarida yaxlit bichilgan orqa bo'lak chizig'i dastlabki chizma vertikali 1 bilan ustma-ust tushishi mumkin (2.19-a rasm).
Ust kiyimlar chizmasida yaxlit bichilgan orqa bo'lak o'rta chizig'i ham to'g'ri chiziqdir, lekin orqa bo'lakni uzaytirish va kuraklarda qulayroq o'rnashuvini ta’minlash maqsadida vertikaldan og'dirib o't­kaziladi (2.19-b rasm). Og'ishgan orqa o'rta chiziq orqani uzaytirib, kiyimni kuraklarga yaxshi o'rnashtiradi.
Bel chizig'idagi og'ish qiymati bel chuqurligi birinchi o'lchamning 0,25 dan 0,5 gacha ko'paytmasiga teng olinadi.
Yaxlit bichilgan orqa bo'lakda bel chizig'idan o'rta chiziqning qiyaligi ayollar kiyimida 0,75 sm dan 1 sm gacha, erkaklar kiyimida esa 1,5 sm dan 2,5 sm gacha, chunki ayollar qomatida dumba ko'proq bo'rtib chiqqan.
O'rta chokli orqa bo'lakda o'rta chiziq bel chizig'ida egiltirib, tepa qismida esa og'dirib o'tkaziladi (2.19-d, e rasmlar). O'rta chokning bunday konstruksiyasi kurak, bel va bo'ksada kiyimning ixcham o'rnashuvini ta’minlaydi. Orqa o'rta chizig'ining mazkur konstruk- siyasini qurish uchun dastawal bo'yin nuqtasidan kuraklar chizig'igacha bo'lgan masofa hisobga olingan holda qiyalik boshlanish nuqtasi aniqlanadi. Keyin bel chizig'idagi qiyalik qiymati aniqlanadi.
Orqa o'rta chiziqning xilidan, kiyimning siluetidan qat’iy nazar, orqa o'rta chiziq qiya joylashganda bel, bo'ksa va etak chiziqlari



Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling