Kiyim detallarining dastlabki chizmasini tuzish
Download 0,52 Mb.
|
KIYIM DETALLARINING DASTLABKI CHIZMASINI TUZISH. 11 mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.8-jadval
2.21-rasm. ЕМКО bo‘yicha vitachkalar, yon chiziqlar va etak chizig‘ini qurish.
chamning taxminan to‘rtdan bir qismidan kamroq masofada joylash- tiriladi (2.9-jadval). Bolalar kiyimida qo'llarning uzunligi katta yoshdagi bolalarnikiga nisbatan kaltaroq bo'lgani sababli cho'ntak bel chizig'iga yaqinroq joylashtiriladi. Gorizontal cho‘ntak chizig'i old yeng o‘miziga o'tkazil- gan urinma vertikal 5 ga nisbatan quriladi. Erkaklar ust kiyimi bo'yicha, gorizontal cho'ntak qirqimini qurishda vertikal 5 simmetriya chizig‘i sifatida qaraladi. Modelga mos holda cho'ntak chizig'i old o'rta chiziq yoki yon choklar tomoniga 1—1,5 sm ga surilishi mumkin. 2.8-jadval Bel chizig'iga nisbatan cho‘ntak chizig'ining uzunligi va joylanishi
Ayollar ust kiyimining bazaviy konstruksiyasini qurish uchun cho'ntak chizig'ini К nuqtaga nisbatan old o'rta chiziqqa yaqinroq joylash- tirish tavsiya etiladi: cho'ntak uzunligining 0,25 qismi yon choklar tomoniga va 0,75 qismi esa old o'tar chiziq tomoniga joylashtiriladi (2.20-b rasm). Gorizontal cho'ntak chizig'i K4i KA etak chizig'iga parallel o'tkaziladi. Cho'ntak chizig'ining uzunligi panja tuzilishiga va kiyimning xiliga bog'liq: paltolar cho'ntagi pidjak hamda jaketlarnikiga nisbatan uzunroq olinadi. ЦНИИШП tavsiyalari bo'yicha cho'ntaklarning taxminiy uzunligi ko'krak aylanasi ikkinchi T[5 va kiyim xiliga bog'liq holda aniqlangan qiymatlarda 2.8-jadvalda keltirilgan. Cho'ntaklarni yig'ish va ishlov berish jarayonlarini avtomat- lashtirish maqsadida cho'ntaklarning uzunligi razmerlar guruhi bo'yicha unifikatsiyalashgan: kiyimlarning 88—96 razmerlariga pidjak uchun 15 sm va palto uchun — 16 sm, shu ketma-ketlikda 100—108 razmerlar guruhiga — 16 va 17 sm, 112—128 razmerlar ucnun — 17 va 18 sm 146]. . Old be! chizig'idagi vitachkalar. Yopishib va nim yopishib turadigan ^siluetli ust kiyimlarning old bel chizig'ida bitta yoki ikkita (old va yon) vitachkalar loyihalanadi. Erkaklar ust kiyimida har qaysi vitach- kaning kengligi 1 — 1,5 sm dan oshmasligi kerak, ayollar kiyimida esa qomatning to'lalik guruhiga va bel chizig'i bo'yicha to'kislik qo'shim- chasiga bog'liq holda 2,5—3 sm gacha bo'lishi mumkin. Vitachkalar cho'ntak chizig'i bilan uzviy bog'liq holda joylashtiriladi. Cho'ntak gorizontal joyJanishida har qaysi vitachkaning uchi cho'ntak qirqimining chizig'iga taqaladi: old vitachkaning uchi cho'ntak chizig'ining old uchidan 0,5 sm dan — 1,5 sm gacha masofada, yon vitachkaning uchi esa o'mizga vertikal urinmadan 0 dan (ayollar ko'ylagi va paltosi) 2,5—4 sm gacha (pidjak, erkaklar paltosi) masofada joylashtiriladi. Old vitachka sidirg'a gazlamalarda ko'krak markazi tomoniga yo'nalgan, yo'l-yo'l yoki katak rasmli gazlamalarda vertikal yo'nalgan old vitachkaning uchi modaga mos holda ko'krak chizig'idan 3—10 sm pastroq joylashtiriladi, yon vitachkaning yuqori uchi esa o'miz chuqurligidan 4 — 6 sm pastroq o'tkaziladi (2.20-b rasm). Ikkala vitachkalarning pastki uchlari cho'ntak qirqimiga taqalib turadi. Ayollarning cho'ntaksiz ko'ylagida old vitachka ko'krak markazi tomonga vertikal yo'nalishda loyihalanadi. Vitachkalar tomoni old va orqa bo'laklaming yon chiziqlari kabi ravon o'tkaziladi [40—42]. Download 0,52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling