Kiyim detallarining dastlabki chizmasini tuzish


Download 0.52 Mb.
bet8/9
Sana30.01.2024
Hajmi0.52 Mb.
#1809080
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
KIYIM DETALLARINING DASTLABKI CHIZMASINI TUZISH. 11 mavzu

3 5

rasm. ЦНИИШП uslubi bo'yicha chizmada yon, bel, etak chiziqlarini, vitachkalami va yon cho‘ntaklar chiziqlarini qurish:

a — pidjakda; b — ayollar paltosida.
Ayollar ko‘ylagining konstruksiyasini tuzishda siluetidan qat’i nazar, yon choklar yuqori nuqtasi orqa vertikaldan o'miz kengligining 0,3 dan 0,5 gacha ko‘paytmasiga teng masofada joylanishi mumkin.
Yon choklar shakli asosan siluetga bog'liq: to‘g‘ri siluetli kiyimda choklar shakli ham to‘g‘ri chiziq, nim yopishib yoki yopishib turadigan siluetlarda choklarning shakli ma’lum darajada qomat konturini takrorlaydigan egri chiziqlardir.
To‘g‘ri qurilgan yon choklar konstruksiyasi kiyimning qomatda to‘g‘ri o‘rnashuviga yordam beradi. Yon choklar biriktirilgandan so'ng tayyor kiyimda ko‘krak, bel, bo'ksa chiziqlari hamda orqa va old bo'laklarning etak chiziqlari yon choklar bo'ylab tutashib gorizontal tekisliklarda joylashadi. Yon choklar muayyan qoidalarga binoan quriladi. Chizmada orqa va old bo'laklar yon chiziqlarining joylanishi ; ularning tayyor kiyimda joylanishidan farqlanadi. Shu bois ularning to'g'ri shakli va joylanishi modelning dastlabki namunalarini tayyorlash jarayonida aniqlanadi.
Yon choklar orqa bo‘lakdan boshlab quriladi. To‘g‘ri siluetli kiyim- larda yon chok orqa o‘rta chiziqqa parallel quriladi yoki etak chizig‘i ko'krak chizig'ining kengligiga nisbatan 0,5 sm dan 1 sm gacha kengaytiriladi.
Ko'krak chizig'i bo'yicha to'kislik qo'shimchasi katta qiymatga ega bo'lgan holda old yon chiziq orqa bo'lak tomonga og'dirib o'tkaziladi, ya’ni old bo'lak vertikalga nisbatan orqa bo'lak tomoniga o'tadi. O'tish qiymati bo'ksa va ko'krak chiziqlar bo'yicha buyum kengligining farqiga, 57—570 kesmaga teng (2.21-rasm):
57-570 = (0,5 Tl9 + tf19) - (0,5 TIS - 0,5 + tf16).
Yopishib va nim yopishib turadigan siluetli buyumlarning yon chiziqlari ko'krak, bel, bo'ksa va etak chiziqlar bo'yicha old va orqa bo'laklar kengligi aniqlangandan so'ng o'tqaziladi.
Ko'krak va bel chiziqlar bo'yicha buyum kengligining farqi bel chizig'ida joylashgan vitachkalar yig'indisini 47—470 kesmani tashkil etadi:
47-470 = (0,5 Г15—0,5 + tf15) - (0,5 7lg + tf18).
Birinchi to'lalik guruhiga mansub bo'lgan qomatlar kiyimlarining vitachkalari kattaroq olinadi, yopishgan siluetga oid kiyimlar vitachkalari esa nim yopishgan siluetga nisbatan kengroq bo'ladi.
Vitachkalar yig'indisining taqsimoti kiyim turiga va modelga bog'liq. Masalan, yopishgan va nim yopishgan siluetli ayollar ust kiyimlarida vitachkalar yig'indisi yon choklar, orqa, old bo'laklarda old hamda yon vitachkalar aro taqsimlanadi. Ayni holda vitachkalarning quyidagi tipaviy taqsimlanishi tavsiya etiladi (2.20-b rasm): yon choklarga — 0,5 (47— 470), old vitachkaga 0,2 (47—470), orqa va yon vitachkalarga 0,15 (47-470) dan.
Orqa bo'lak vitachkasi vertikal chiziqdan orqa kengligining 0,4 ko'paytmasiga teng bo'lgan masofada joylashtiriladi. Vitachka kengligi bel chizig'iga perpendikular o'qqa nisbatan simmetrik ravishda o'tqaziladi. Old bo'lakda old va yon vitachkalar joylanishi yon cho'n- takning shakliga, modelga va buyum vazifasiga bog'liq. Yon vitachka yopishgan siluetga xosdir. Nim yopishgan siluetda vitachkalar kengligi quyidagicha taqsimlanadi: yon chiziqlarga — 0,5 (47—470), old va orqa vitachkalar o'zaro teng: 0,25 (47—470) dan. Vitachkalarning yuqori uchi ko'krak chizig'idan 5 sm pastroq, pastki uchi esa bo'ksa chizig'idan

  1. sm yuqoriroq o'tkaziladi (2.21-rasm).

Erkaklar kiyimida orqa bo'lakning yon chizig'i amalda sinalgan tajribaga asoslangan holda o'tkaziladi. Bel chizig'ida orqa kengligi ko'krak chizig'i kengligiga nisbatan 2,5—3,5 sm ga torroq, bo'ksa va etak chiziqlar kengligi esa bel chizig'iga nisbatan 0,5 sm dan 1,5 sm gacha kengroq yoki unga teng (2.20-a rasm). Yon chiziqlar uzunligi tenglashtiriladi.
To'g'ri siluetli buyumlarda yon chiziqlaming uzunligi yuqori nuqtadan etak nuqtasigacha tenglashtiriladi. Yopishgan va sal yopishgan siluetlarda esa yuqori nuqtadan bel chizig'igacha va bel chizig'idan etak chizig'igacha tenglashtiriladi.
Bel va etak chiziqlari. Orqa bo'lakning bel va etak chiziqlari har doim o'rta chiziqqa perpendikular o'tkaziladi. Etagi kengaytirilgan buyumlarda ravon egri etak chizig'i o'rta va yon chiziqlarga to'g'ri burchak ostida quriladi. Old bo'lak bel chizig'ining orqa bel chizig'iga nisbatan joylanishi qomatning tuzilishiga bog'liq (qomatga, ko'krak va qorin shakliga va h.k.).
Erkaklar kiyimida tipaviy qomatlar kiyimining muvozanatini saqlash maqsadida old bel chizig'i orqaga nisbatan TMT4 masofaga tushiriladi va T5TbT4 siniq egri chiziq shaklida o'tkaziladi (2.20-a rasm). Ayollar kiyimida agar bel chizig'i dastlabki gorizontal sifatida qabul qilinsa oldda bel chizig'i pasaytirilmaydi (2.20-b rasm).
Old etak chizig'ini qurishdan awal yon chiziqning pastki nuqtasi va old o'tar chiziq bo'ylab old bo'lak uzunligi aniqlanadi. Old etak chizig'i o'rta chiziqda orqa etak chizig'iga nisbatan 1,5—2,5 sm pastroq tushiriladi.
Bundan aniq ifodalangan yirik katak rasmli materiallar asosida tayyorlangan kiyimlar istisnodir, chunki ularda old etak chizig'i orqaga o'xshash yo'nalgan bo'ladi, ya’ni arqoq ipi yo'nalishida. Yon va o'rta chiziqlaming pastki nuqtalari yordamchi to'g'ri chiziq orqali birlash- tiriladi va etak chizig'i o'rtasida 0,4—0,7 sm pastga egilgan ravon chiziq orqali o'tkaziladi. Old va orqa bo'laklarga oid yon chiziqlar- ning pastki qismlarini ustma-ust tushirib etak chiziqlarming tutashmalari qayta tekshiriladi.
Yon cho‘ntak chizig'i va old bel chizig'idagi vitachkalar. Yon cho'ntak chizig'i old bo'lakda yon cho'ntakning bel chizig'iga nisbatan joylanishi moda yo'nalishiga va ishlatish qulayligiga bog'liq holda aniqlanadi. Old yon cho'ntak chizig'i gorizontal, vertikal va qiya yo'nalishlarda bo'lishi mumkin. Lekin har qanday cho'ntak chizig'ining o'rtasi bel chizig'iga nisbatan orqa belgacha uzunligi Дтс (T40) o'l-



Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling