Kiyimlarni kоnstruktiv-badiiy mоdеllashtirish asоslari
Download 176.21 Kb.
|
виточка кучириш
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kokrak vitochkasini yon qirqim chizigiga kochirish
- Kokrak vitochkasini bel chizigiga kochirish
Ayollar ko'ylagini texnik modellash
Ko'krak vitochkasini ko'chirish qoidasi. Ko'ylak fasoniga binoan ko'krak vitochkasi detalning istalgan qirqimida bo'lishi mumkin. Bu vitochkani old bo'lak o'rtasi, yeng o'mizi qirqimi, yoqa o'mizi qirqimi, yon qirqimi va bel chiziqlariga ko'chirish mumkin. Vitochkani fasonga muvofiq, yangi holatga ko'chirish uchun awal vitochkaning ko'chirilish chizig'i asos chizmasida o'tkazilishi kerak. Bu chiziq doim ko'krak vitochkaning uchidan, ya'ni ko'krak markazi bilan vitochka ko'chiriladigan qirqimdagi nuqtadan o'tishi kerak. Old bo'lak andozasining shabloni kiritilgan yangi chiziq bo’ylab qirqiladi-da, ko'krak vitochkasi yopiladigan qilib suriladi. Vitochka tomonlarini bir-biriga to'g'rilab to'g'nag'ich bilan to'g'naladi. Qirqilgan chiziq bo'ylab xuddi asosiy vitochka kengligiga teng yangi vitochka hosil bo'ladi. Bu vitochka birmuncha kalta yoki uzun bo'lishi mumkin, lekin bu vitochka xuddi asosiy vitochka hosil qilganidek, hajm hosil qiladi. Ko'krak vitochkasini yon qirqim chizig'iga ko'chirish Yon qirqim chizig'ida nuqta belgalab olinadi. Nuqtaning o'rni yon chiziqning belgacha bo'lgan uzunligining taxminan 1/3 qismida belgilanadi. Bu nuqtani ko'krak vitochka uchi bilan birlashtirib, yangi vitochka chizig'i o'tkaziladi (43-rasm). Shu belgilangan chiziq bo'ylab qirqiladi. Ko'krak vitochkasini, uning tomonlarini bir-biriga to'g'ri keltirib berkitiladi va yelim surtiladi yoki to'g'nag'ich bilan to'g'nab qo'yiladi. Yangi vitochkaning uchi markazdan 3-5 sm yon tomon suriladi. Bu yangi vitochkaning uchi bo'ladi. Bu uchini vitochkaning qirqimlari bilan tekis qilib tutashtiriladi (43-rasm, a). Ko'krak vitochkasini bel chizig'iga ko'chirish Asos chizmasidagi bel vitochkasi qirqib olinadi. Bel vitochkaning uchi ko'krak vitochkasining uchi bilan tutashtiriladi. Shu tutashtirilgan chiziq bo'ylab qirqma hosil qilinadi. Ko'krak vitochkasini, uning tomonlarini bir-biriga to'g'rilab berkitiladi. Model bo'yicha bel vitochkasi tikiladigan boisa, vitochkaning uchi 3-5 smga qisqartiriladi (43-rasm, b). Download 176.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling