Kiyimlarni kоnstruktiv-badiiy mоdеllashtirish asоslari


Ayollar o'zbekcha ko'ylagini texnik modellash


Download 176.21 Kb.
bet6/8
Sana29.12.2022
Hajmi176.21 Kb.
#1072014
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
виточка кучириш

Ayollar o'zbekcha ko'ylagini texnik modellash


An'anaviy milliy ko'ylak gavda qismi to'g'ri bichimli, koketka chizig'i bo'ylab burmali bo'ladi. Koketka asosan ko'ylakning gavda qismiga ulanadigan chizig'i bo'ylab dumaloq bo'ladi. Old tomonda koketka bo'laklari bir-birining ustiga o'tib turadi. Yoqasi qirqma, yoqa o'mizi bo'ylab o'tqazma, qaytarma xillari bo'ladi. Mazkur qo'llanmada milliy ko'ylak loyihasini beli qirqma bo'lmagan ovropacha ko'ylak loyihasi asosining chizmasida tuzish varianti (48-rasm) taklif etilgan.
Old va ort bo'laklar chizmasida oldin vitochkani bekitib, tipik koketka chizig'i o'tkaziladi. Koketka chizig'i ort bo'lakda L nuqtasidan, old bo’lakda esa L1 nuqtasida o'tkazilgani ma'qul.
Old bo'lakda koketka chizig'i ko'krakning yuqori nuqtasidan 2,5-3 sm yuqoriroqdan o'tishi kerak, bu chiziq asta-sekin simmetriya chizig'iga tushib, undan 2,5-3 sm ga o'tadi (koketkaning bir-biri ustiga o'tish kengligi). Ko'krak vitochkani to'g'nag'ich bilan to'g'nab, belgilangan chiziqlar bo'ylab qirqiladi. L1 nuqta surilib yangi holat L1/ ga o'tadi. Shunday qilib, ko'krak vitochkasi koketka chizig'iga ko'chiriladi.





Ort bo'lak yelka vitochkasini o'z o'rnida qoldirish mumkin. Lekin, ba'zan gazlama guli buzilmasligi uchun ort bo'lak koketka detalining yelka vitochkasini ham koketka chizig'iga ko'chirish mumkin. Buning uchun yelka vitochka uchidan koketka chizig'igacha vertikal chiziq o'tkaziladi. . Shu belgi chiziq bo'ylab koketka qirqiladi. yelkadagi vitochka to'g'nag'ich bilan to'g'naladi-da, bu vitochka vertikal qirqilgan joyga ko'chiriladi. Hosil bo'lgan andoza konturlari bo'ylab, ort bo'lak koketkasiningshakli olinadi.
Shunday qilib, old bo'lakdagi koketka chizig'i - L1/ 1, old bo'lakning gavda qismini koketkaga ulash chizig'i - L1 1; ort bo'lakning koketka chizig'i — L2,, ort bo'lakning gavda qismini koketkaga ulash qismi L2 boladi. Koketkaga ulash chizig'i bo'ylab gazlamadan burma hosil qilishga mo'ljallab, ko'ylakning ham old, ham ort bo'lak gavda qismi kengaytirish qo'yimi istalgancha, ixtiyoriy olinadi. Buning uchun old va ort bo'laklar simmetriya chiziqlarini gavda qismini kengaytirmoqchi bo'lgan miqdorga suriladi:
22' =KK' = B1Bl' = EE' = Bl1Bl' = Bk1Bk1'= E1E1'=ll' =10 sm
Ko'ylak gavda qismining minimal kengaytirilishi 10 sm ga teng bo'lib, uning qiymati modelga muvofiq olinadi.

48-rasm. O'zbekcha ko'ylakning loyihasi


Ayollarning an'anaviy o'zbekcha ko'ylagida, hozirgi paytda ma'lum o’zganshlar bo'lmoqda, ya'ni ko'ylak gavda qismining bichimi, hajmi va uzunligi qisqarmoqda. Koketka, yoqa, yenglarning katta-kichikligiga va shakliga ko pgina omillar, shu jumladan moda ham ta'sir etmoqda.
Hozirgi o'zbekcha ko'ylakda turli bezaklar qo'yma burmalar, plisse va hokazolar ishlatiladi. Bu esa ko'ylaklarning o'rni bilan koketkaning loyihasi bir xil bo'lsa ham ularning tashqi ko'rinishini o'zgartiradi.


Download 176.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling