Kkkkfgfg Kurs ishi taqrizdan qaytarilgan sana
II.2 “AVLODLAR DOVONI” ROMANIDA KONFLIKT VA IJODKOR
Download 239.5 Kb.
|
ODIL YOQUBOV ROMANLARIDA TARIXZIY HAQIQAT VA BADIY TO\'QMA
II.2 “AVLODLAR DOVONI” ROMANIDA KONFLIKT VA IJODKOR
G‘OYASI Avlodlar dovoni» romanida boburzodalar, ularning muhiti ishonarli tasvirlangan. Pirimqul Qodirov bir necha bor Hindistonga bordi, sharoit, muhitni Humoyun, Akbar singari boburzodalar yashagan muhitni ko‘zi bilan kuzatdi, roman qahramonlari xarakteridagi asosiy xususiyatlarni aniq bilib olishga ingildi. Humoyun otasi boshlagan ezgu ishlarni davom ettirdi, shahzodalar aro ziddiyat, jang-u jadallar yo‘lini to‘sdi. Jigari bo‘lishiga qaramay haddidan oshib ketavergan Komron Mirzo ko‘zlariga mil torttirdi. Akbar shoh Hindiston tarixida betakror qayta quruvchi (reformator), faylasuf sifatida iz qoldirdi. U, otasi, bobosi singari, muqaddas kitoblarni berilib o‘qidi, donishmandlar bildirgan teran qarashlardan ogoh bo‘ldi. Akbar shoh faoliyatida musulmon dini qarashlari bilan hindlarning donishmandliklari birlashib ketdi. Pirimqul Qodirovning tarixiy asarlarida XIV—XVI asrning nurli siymolari – Amir Temur, Zahiriddin Bobur, Xumoyun Mirzo, Akbarshoh singarilar xarakteri yaratildi. Yozuvchi inson va zamon bog‘liqligi, shaxs va ijtimoiy muhit aloqadorligini ishonarli ko‘rsatdi. Tarixiy asarlarda Pirimqul Qodirovning san’atkorlik mahorati, hech kimnikiga o‘xshamagan uslubi, muammolar yechimidagi donishmandligi, teran gafakkuri aniq ko‘rindi. Ayniqsa, ijodkorning g‘oyasi “Avlodlar dovoni” romanida qahramonlararo tortishuvlarda, konfliktlarda tiyran ochiladi. Yozuvchi Akbarning shohlik faoliyatida, o‘y va xayollaridan doimo davr haqiqatini bo‘rttirib berishga intiladi. Uning diniy adovatga keskin qarshi turganini, ilm-u ma’rifat va madaniy qurilishlarga keng yo‘l berganini, el-u ulus manfaati va osoyishtaligini o‘ylab ish tutishini keng yoritadi. U g‘animlar bilan kurashda otasining xatolarini takrorlamaslikka intiladi. Yangi davlat ham bamisoli daraxt kabi mustahkam ildiz otmaguncha uni sug‘urib tashlash oson bo‘lishini otasining Ganga bo‘yidagi mag‘lubiyati misolida idrok etgan edi. Akbar ichki adovatlarni bartaraf etgandan keyingina tashqi dushmanlarini bartaraf etishga otlanadi. Natijada Akbar Bengaliyadan boshlanib arab dengizi va Kambey ko‘rfazigacha cho‘zilgan ulkan hududdagi saltanatning hukmdori bo‘lib qoladi. Hind sarkardalari va brahmanlari Akbarni eng oliy daho – chakvarti (gineralissimus unvoniga o‘xshash) deb atay boshlaydilar. Sharqdagi g‘alaba uchun uni “ming bir tug‘iladigan yengilmas Mahdiy” deb entikib ulug‘laydigan bo‘ladilar. Bu me`yorsiz maqtovlar Hamida bonuni ham hovliqtirib yuboradi. Hamidabonu ham, Akbar ham bosar-tusarini bilmay qoladilar. Akbar o‘ziga qarata aytilgan “dovyurak botir” ta’rifini eshitgan sayin yangidan-yangi xatolarga yo‘l qo‘ya boshlaydi. Mastlikda hindlarning qilich o‘yinini bajaraman deb o‘lib ketishiga sal qoladi. Fil janglarida ham o‘zini xatarga qo‘yib, o‘limdan bazo‘r qutuladi. Akbar ma’naviy olamida zilzila boshlanadi. U tabiatdagi poklik, go‘zallik va muvozanatni ko‘rib havasi keladi. Akbar tabiatdan-da ulug‘roq, undan-da abadiyroq mutlaq haqiqatni qalb ko‘zi bilan ko‘rishga va o‘z ruhini borliq ohanglari ila uyg‘unlashtirishga intiladi. Lekin bunga muvaffaq bo‘lolmay ruhiy iztirob girdobida qoladi. Uni bunday ruhiy qiynoqlardan onasi Hamidabonu qutqazadi: “- Inson ham daraxt kabi moddiy ildizlardan oziqlanarkan, shoh o‘g‘lim. Qon bilan taraluvchi oziq ruhga quvvat berarkan. - Lekin nafs bilan ko‘ngil ruhning dushmanidir, -dedi Akbar. - Nechun? Komil insonlarda ruh hamisha ko‘ngilga yetakchilik qilgay, aql bilan dil juft qanotlardek birga parvoz etgay. - Demak, men hali kamolotdan juda uzoqdamen, - dedi Akbar. - Ruhim mudom osmonga talpinur. Ammo ko‘nglimni ruhim ko‘tarilgan yuksaklikka olib chiqolmay, aro yo‘lda muallaq qolurmen. Akbar o‘zining holatiga to‘g‘ri baho bera boshlaganidan Hamidabegim ichida “xayriyat” deb qo‘ydiyu, uni muallaq holatdan tezroq yerga qaytib tushirgisi keldi. - Men o‘tgan hafta tushimda Xumoy qushni ko‘ribmen, - dedi begim, - qanotlari burgutnikidan ham bahaybat. Boshi-yu bo‘yni sher taxlit. Odamnikiday ikki ilki bor. Tog‘ etagida odamlar to‘plangan ekan. Xumoy qush ilkida kattakon bir kitobni ko‘tarib o‘tib, tog‘ tepasiga borib qo‘ndi. Odamlar unga qarab yugurdilar, Xumoy kitobni tashlab uchib ketdi. Toqqa oldinroq yetib borgan to‘rt-besh odam haligi kitobni: “Men olay, men olay!” deb talashib qoldilar. Biri-biriga bermaganidan keyin uni to‘rt-besh bo‘lak qilib bo‘lib, turli tomonga olib keta boshladilar. Shunda siz paydo bo‘ldingiz. “To‘xtanglar, axir yaxlit kitobni parchalab olib ketish gunohku”, deb ularni qaytarishga tushdingiz. Lekin ularning birini qaytarsangiz, boshqasi tutqich bermaydilar. Azbaroyi achinganimdan oh tortib uyg‘onib ketibmen. Akbar o‘ylanib turdi-yu: - Yaxshi tush ko‘ribsiz, -dedi. – Kitob haqiqat ramzi. Odamlar haqiqatni parcha-parcha qilib turli tomonga olib ketganlari rost. Ma’naviyat ham parchalangan. Har kim ilkidagi bir parcha haqiqatu ma’naviyatni mahkam tutib olgan. Boshqalarning ilkida ham haqiqat-u ma`naviyat borligini tan olmaydilar. “Faqat men haqmen!” deb, boshqalarni kamsitadilar. O‘zaro urushlar, din-u, millat ayirishlar mudom shundan kelib chiqqay... Siz tushingizda ko‘rgan kitobning parchalarini odamzod bir joyga yig‘ib, yaxlit holga keltirmaguncha, dunyoda adolat o‘rnatib bo‘lmagay. Mening orzuyim sochilib ketgan o‘lkalarni bir davlat qilib birlashtirishgina emas, balki parchalanib ketgan haqiqatni bir ulug‘ mahzarga yig‘ishdir. - Ilohim, bu orzuyingizga yeting, shoh o‘g‘lim. Turkiy ulusdan chiqib, Hindistonga farzand bo‘ldingiz. Endi bilsam bir ulusning qobig‘ini yorib chiqqan odam, faqat ikkinchi bor xalqning farzandi bo‘lib qololmas ekan. Ummonga quyilgan daryo butun dunyo kengliklariga chiqarkan. Shunga o‘xshab, siz o‘z ulusingiz; o‘z mamlakatingiz tashvishlaridan kuch orttirib, umumbashariy muammolarni yechishga bel bog‘lamoqdasiz. Ma’naviyat bobida ajdodlaringizni hech biri bunday mushkul, bunday murakkab maqsadlarni o‘z oldiga qo‘ymagan edilar. Sizda ulkan iste’dod-u g‘ayrat bor. Ammo, men tushimda oh tortib uyg‘onganimga sabab –yolg‘izlik qildingiz, bolam. (10-son, 90-91-betlar). Yozuvchi Akbar siymosida davr adabiy tipini, yaratar ekan, atrofdagi odamlarning unga munosabatidan tarixiy voqelik haqiqatini yuzaga chiqarish vositasi sifatida samarali foydalangan. Ayrim xushomadgo‘ylar uning ruhini ko‘kka talpintirib, shuhrat balosiga yo‘liqtirgan bo‘lsalar, uzlatni ixtiyor etib, yolg‘izlik dardiga mubtalo bo‘lgan Akbarni hushyor tortishga sadoqatli kishilar muhitiga qaytishiga undagan Hamidabonu umumbashariy e’tiqodlarni amalga oshirish yo‘lidagi chala qolgan ishlarini yodiga tushiradi. Onasining so‘zlaridan ta’sirlangan Akbar Alisher Navoiy “Xamsa”sida tasvirlangan ezgu g‘oyalarni eslay boshlaydi. Navoiyning jahon xalqlarini adolatga va ruhiy yaqinlikka undab yozgan turkiy dostonlari Akbarning milliy adovatlar va diniy nizolarni bartaraf etishga qaratilgan say’- harakatlariga naqadar hamohang ekanligi hayratlanarli edi. Shu bois u onasiga “Men osmondan kutgan nidolarni sizdan eshitdim”, deb iqror bo‘ladi. U yana adolatli shoh sifatida o‘z ishlarini davom ettirishga kirishadi. Davlat xazinasiga tushgan boyliklar miqdorini aniqlashni buyuradi. Uning farmoni bilan marmar hovuz suvini bo‘shatib, o‘rnini tanga bilan to‘ldiradilar va beva-bechoralarga xayr –ehson tarzida ulashiladi. Nohaq soliqlar bekor qilingach, xalq orasida Akbarning adolatli saltanati haqida qo‘shiqlar to‘qiladi. Panjob, Aud va boshqa o‘lkalarda Akbar haqida aytilib kelingan xalq qo‘shiqlari yozuvchi e’tiborini tortgan. Adib ana shu folklor namunalaridan adabiy tip yaratishda mohirona foydalangan: Hind-u muslim adovati yo‘qolib bitsin, Akbarni kuylaylik, maqsadga yetsin. Ey, tangrim Krishna, Akbarga umr ber, Uning islohoti doim bor bo‘lsin. Yozuvchi ushbu qo‘shiqni hind olimi Munilachning 1978-yilda Dehlada nashr qilingan kitobidan satrma –satr tarjima qilib olgan. Akbar diniy e’tiqodidan qat’iy nazar, barchaga birday ehtirom ko‘rsatadi. Ularni yuzma-yuz munozaraga jalb qilib oradagi nizolarni bartaraf etmoqchi bo‘ladi. Akbarning barcha sa’y – harakatlari “mahdiylar” nomi bilan uzoq yillar davom etgan xalq harakati ishtirokchilarining qudratli davlat tuzilsa, uning tepasida mamlakatni yaktan-u yakdil qilishga qodir rahbar tursa, adolatsizliklar barham topsa deb qilgan orzulariga tamomila mos kelardi. Shu bois ular ham Akbarni qo‘llab- quvvatladilar. Uning barcha ellar ruhiy boyligi, badiiy merosi va ma’naviy qadriyatlarini bir joyga yig‘aylik degan istaklariga ham ko‘pchilik xayrixohlik bildirdi. Yozuvchi og‘a bilan ini, ota bilan farzand, qavm-u qarindosh o‘rtasidagi murakkab munosabatlarning davr haqiqatiga mos ko‘rinishlari Akbar saltanati davrida ham namoyon bo‘lganligini Akbar va Muhammad Hakim, Akbar va Salim ziddiyatlari talqinida ochib berolgan. Qirg‘inbarot va birodarkushlik kurashlarini bartaraf etishga boburiylar xonadonidagi xotin –qizlar ham behad katta ulush qo‘shishgani hayratlanarli tarzda tasvirlangan. Xonzodabegim Xumoyunni butun umr bo‘yi himoya qilib, uni og‘a – inilarning o‘zaro ziddiyatlari girdobidan bir necha bor qutqazib qolganidek, Hamidabonu va Salimabegimlar ham Akbarni ko‘p marotaba qonli to‘qnashuvlardan asrab qoladilar. Tarixiy manbalar orqali yetib kelgan ana shu davr haqiqatlariga tayangan yozuvchi Xonzodabegim, Hamidabonu, Salimabegim, Jadha Bay va Gulbadan begim singari bir qator obrazlar yaratadiki, ularning go‘zal ruhiy olami, benazir aql – idrok sohiblari sifatidagi hayratomuz talqinida badiiy to‘qima qudrati shundoqqina ko‘zga tashlanib turadi. Yomon odamlarning ota- bola o‘rtasiga nifoq solish istagida ekanligini ayollarning onalik mehri ila to‘la qalbi sezib turadi. Salimabegim o‘gay o‘g‘li Salim bilan Akbar o‘rtasida ro‘y berishi muqarrar bo‘lgan qonli to‘qnashuvning oldini oladi. Akbar esa sevikli umr yo‘ldoshi Jadha Bayga shohlik udumlarining oilaviy baxtdan judo qiluvchi tartib – nizomlari to‘g‘risida so‘zlarkan, Salimning to‘rt yoshdayoq ona bag‘ridan yulib olib, Farid Buxoriy kabi murabbiylar tarbiyasiga topshirilishi katta xatolik bo‘lganligini kuyinib ta’kidlaydi. U o‘z farzandi tarbiyasiga bevosita aralashmaganligi, o‘z mehrini bermagani uchun Salim begona bo‘lib ketganligiga o‘zini ham aybdor deb biladi va qattiq iztirob chekadi. Bu badiiy to‘qimada qayta jonlantirilgan tarixiy haqiqat edi. Ota va o‘g‘il o‘rtasida bo‘lib o‘tgan ziddiyatli fikrlar jangini yozuvchi “Tuzuki Jahongiriy” kitobida naql qilingan tarixiy dalillarga tayanib tasvirlaydi: “Salimning qo‘shinsiz kelgani Akbarga yaxshilik alomati bo‘lib tuyuldi. Yigirmaga kelganlar tarqalgach, u o‘g‘lini xonasiga taklif qildi-yu, qarshisiga o‘tqazdi. - Xayriyatki, bu gal dilingizda mehr-u, oqibat g‘olib kelibdur, - dedi. –Onam rahmatlik o‘z o‘limi bilan, avvalo sizning istiqbolingizni qutqazadi, amirzoda. Salim kinoyali iljaydi: Hazratim, nechun faqat meni?... Siz umr bo‘yi xuddi afsonaviy Rustami Doston kabi mag‘lubiyat ko‘rmay kelmoqdasiz... Agar Rustamning shunday xaloskor onasi bo‘lganda, ehtimol, o‘g‘li Suhrob ham uni yengolmagan bo‘lardi... Akbar o‘g‘lining nima demoqchiligini tushundi-yu, ovozini tahdidli pasaytirib so‘radi: - E, hali siz Suhrob bo‘lib meni yengishingizga ishonganmidingiz? Nahotki siz bilan Suhrobning orasida qanchalik katta farq borligini bilmaysiz? Suhrob umr bo‘yi otasini ko‘rmay o‘sgan, uni tanimay, bilmay halol olishgan. Ammo otasining erkasi bo‘lib, ko‘zining yog‘ini yeb o‘sgan shahzodalar ko‘ra – bila turib padarkushlik qilganda, olti oydan ortiq podsho bo‘lolmasligini tarix qayta-qayta isbot etgan-ku. Eng oxirgi dalil – otasiga qarshi tajovuzlar qilgan turonlik Abdumo‘min ham Abdullaxondan keyin olti oy podsholik qilar – qilmas boshi kesilganini eshitganmisiz? - Eshitganmen, ko‘p otashin bo‘lmang hazratim. Otaga qarshi qilich ko‘targan o‘g‘ilning davlati o‘zoqqa bormasligiga men ham endi aminmen. Shuning uchun mana qo‘shinsiz, qurolsiz, bosh egib huzuringizga keldim. - Xo‘sh, qani tilagingiz nedur? - Hazrat otajon, men ham o‘ttiz beshga kirdim. O‘g‘lim Xisrav farzand ko‘rdi, men endi nevaralik, siz chevaralik bo‘ldingiz, bu borada Shohruh Mirzo bilan o‘g‘li Ulug‘bekning tajribalari bizga mos kelmog‘i mumkin. Ota Hirotda, o‘g‘li Samarqandda bo‘lgan kabi Siz Agrada bosh bo‘lib tursangiz, faqir Ollohobodda Sharqiy viloyatlarni idora etsam... - Demak siz Mirzo Ulug‘bekdek mustaqil podsho bo‘lmoqchisiz. Ammo, yoshingiz shunchaga kirib, nevarali bo‘lib, Ulug‘bek qilgan buyuk ishlarning qaysi birini qildingiz? Rasadxona-yu, madrasalar qurdingizmi? “Ziji Ko‘ragoniy” dek kashfiyotlar qildingizmi? Ollohobodda siz o‘zingizga saroy qilib olgan qirq ustunlik ulug‘vor qasrni ham biz qurdirganmiz. Siz tayyorga ayyor bo‘lib, kayf-u safo qilib yuribsiz” (10-son, 134-135-betlar). O‘g‘lining hatti harakatlaridan dili ozorlangan Akbar yillar davomida qalbini bamisoli qurtdek kemirib kelgan dardu- alamlarini birvarakayiga to‘kib soladi. Salimning barcha qilmishlari farangilarni janubdagi Ba-yu, Damanda quvib chiqarolmagani bormi, Turondagi xayrixohlarining taqdirlariga aralasha olmagani bormi, Akbarning nomini o‘chirib, o‘z ismiga tangalar zarb qilgani bormi, barisini zaharxanda bilan to‘kib soladi va o‘g‘lini g‘usulxonaga qamatib qo‘ydiradi. Mudom sarxil taomlar yeb, har kuni kechki payt xushbo‘y chog‘ir ichib turadigan, ikki –uch kunda bir da’fa afyun qo‘shilgan ma’jun yeb kayf qilishga odatlangan Salim to‘qqiz kun non-suvga qanoat qilib, zax g‘usulxonada o‘tirgach, eti suyagiga yopishib, o‘lar holatga keladi. Holdan toygan Salim ikki onasi – Salimabegim bilan Janha Bay guvohligida otasi oldida gunohlarini kechirishni so‘rab tavba qiladi. Shunda Akbar o‘g‘liga davrning ziddiyatli haqiqatini ochiq- oydin tushuntiradi: “O‘n kun g‘usulxonada bo‘lish – Sizning tog‘day gunohlaringiz o‘rtasida zig‘irday kichik bor jazo, xalos, -dedi Salimga. – O‘z oyog‘ingiz bilan kelganingiz uchun sizni ayadim, onalaringizning yuzidan o‘tolmadim... Yomonlarning jazosi hayotdan qaytsa, ana u yomon bo‘lg‘ay. Zahhoki Moron degan afsona yodingizdami? Yomonlikni ko‘p qilgani uchun Zahhokning ikki yelkasidan ilon o‘sib chiqmishdir. Ana shunday ilonlar har qanday podshoning ham yelkasiga in qo‘yishga ishqibozdir. Bu ilonlarning biri –zolimlik, biri – bid’atu xurofot. Biri – taxtparastlik, biri – xudparastlik. Men o‘z yelkamdan bosh ko‘tarmoqchi bo‘lgan bu ilonlarni yo‘q qildim deb o‘ylagan edim. Keyin qarasam, bu ilonlar sizning yelkangizdan o‘rmalab chiqmoqda. Axir, bu ilonlar mudom qurbonlar talab qilur. Suyukli yoringiz Shohbegim, mening do‘stim Abulfazl ana shu ilonlarning qurboni bo‘lmadimi? Shu ketishda bu ilonlar axiri o‘zingizning ham boshingizga yetmagaymi? So‘nggi gaplar g‘usulxonada Salimning ko‘ziga ko‘ringan qo‘rqinchli sharpalarni yodiga soldi-yu, seskantirib yubordi: - Insonning, hazratim, men endi o‘z nomimga xutba o‘qitmagaymen, pul ham zarb etmagaymen. Yolkamdan o‘sib chiqmoqchi bo‘lgan ilonlarning boshini kesgaymen. - Ilohim, shu niyatingizga yeting, o‘g‘lim. Bu ilonlardan hali men o‘zim ham qutulgan emasmen. Toj-u taxt, mutlaq hokimiyat bor joyda ular bilan olishib yashashga majbur ekansen. Lekin dunyoda yaxshi nom qoldiroliasang, yashashning ne qizig‘i bor. Bobur bobomizning turkiy satrlari yodingizdami? “Bori elga yaxshilik qilg‘ilki, bunday yaxshi yo‘q, to degaylar dahr aro qoldi falondin yaxshiliq”. - Men bu g‘azalni boshdan oyoq yod bilurmen, -dedi. - Agar yod bilsangiz, endi unga amal qiling. Axir avlodlar almashganda alg‘ov- dalg‘ov bo‘lishi, otalar bilan bolalar orasidan nizo chiqishi tarixda ko‘p uchraydigan hodisa. Ammo, bizning Bobur bobomiz bilan otamiz shu falokatdan yuqori turgan ulug‘ siymolar edi. Ulardagi mehr-u oqibat, avlodlarning bir- biriga fidoyiligi behad noyob bir gavhar ekan. Endi men bilan siz shu gavharni yo‘qotib qo‘ymaylik, o‘g‘lim. Gavhar hayot ummoniga tushib ketsa, keyin uni topib bo‘lmagay. Ana undan so‘ng qilgan oqibatsizliklaringiz, o‘g‘illaringizdan o‘n hissa ko‘payib qaytgay. Oxirida bu illat ularni padarkushlikkacha olib borgay. Zinhor, ming zinhor buni unutmang. Akbarning so‘nggi so‘zlari Salimga xuddi vasiyatdek eshitildi-yu, etini jimirlab, ko‘zlarini jiqqa yosh qildi...” (10-son, 136-bet). Yuqoridagi parchada saltanat va shohlik to‘g‘risidagi tarixiy haqiqat o‘z badiiy ifodasini topgan. “Avlodlar dovoni” deganda Bobur, Xumoyun, Akbarlar saltanatini ko‘zda tutgan adib shafqatsiz kurashlar girdobida o‘limlarni dog‘da qoldirib tarix dovanlaridan juda katta niyatlar bilan o‘tgan bu buyuk zotlar badiiy siymosini insoniyat ma’naviyati taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shgan buyuk adabiy tiplar sifatida talqin qilgan. Tarixdan shu haqiqat ayonki, Bobur, Xumoyun, Akbarlarning ulkan iste’dodlarini yuzaga chiqargan Hindiston ularni o‘zining unutilmas tarixiy shaxslari qatoriga qo‘shib olgan edi. Yozuvchi ham ana shu tarixiy haqiqatlarni chuqur va atroflicha o‘rganib, ularning diniy va milliy adovatlarni yo‘qotish borasidagi faoliyatlarini o‘z tarixiy asarida bosh g‘oyaviy yo‘nalish qilib tanlay olgani uchun ham insoniyat istiqboliga daxldor nodir yodgorliklar yaratdi. Ayniqsa, hozir diniy ekstremizm xavfi mavjud bo‘lgan, shaxsiy manfaatlar ehtirosi insoniyat kelajagiga xavf solayotgan hozirgi paytda tarixiy shaxslar to‘g‘risida yaratilgan tarixiy romanlar va davr haqiqatini o‘zida tashuvchi podshohlarning mohirona kashf etilgan adabiy tiplari uchun g‘oyat muhim hayotiy haqiqatlarni kashf etish imkonini beradi. P.Qodirov tarixiy romanlarining yetuk adabiy hodisa sifatidagi ahamiyati ham ana shunda. Xullas, yuqoridagi tahlillardan ko‘rinib turibdiki, ijodkorlar tarixiy asarlarida qahramonlar aro ziddiyatlar yoyinki, voqealararo to‘qnashuvlar asnosida o‘z g‘oyalarin o‘stakorlik bilan singdirganlar. Download 239.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling