Klаssik iqtisоdiy mаktаbning vujudgа kеlishi, rivоjlаnishi vа yakunlаnishi 1
Avstriya maktabi. Subyektiv - psixologik YO'nalish
Download 45.5 Kb.
|
1 2
Bog'liq6.KLАSSIK IQTISОDIY MАKTАBNING VUJUDGА KЕLISHI, RIVОJLАNISHI VА YAKUNLАNISHI
Avstriya maktabi. Subyektiv - psixologik YO'nalish
XIX asrning 70-yillarida iqtisodiy ta'limotlarning nufuzli maktablaridan biri bo'lgan Avstriya maktabi vujudga keldi. Avstriya maktabini subyektiv yoki subyektiv-psixologik maktab deb ham ataydilar. Uning rnafkurachilari qo'llagan usul munosabati bilan unga mana shunday nom berilgan. 70-yillarda Avstriya maktabining asoschisi K.Menger (1840-1921) bu g' oyani rivojlantirdi. A vstriya maktabining konsepsiyalari K.Mengeming «Siyosiy iqtisod asoslari» (1871), F.Vizerning (1851-1926) «Xo'jalik boyligining kelib chiqishi va asosiy qonunlari to'g'risida» (1884), E.Byom-Baverkning (1851-1914) «Kapital va foyda» (1884-89), «Xo'jalik ne'matlari boyligi nazariyasioing asoslari» (1886), «K.Marks nazariyasi va uning tanqidi» (1896) va boshqa asarlarida bayon etilgan. Avstriya maktabining ta'limoti Angliya, Germaniya, AQSH Rossiyada va boshqa mamlakatlarda yoyildi. Bu ta'limot iqtisodiyot fanining shundan keyingi rivojiga katta ta'sir o'tkazdi. Avstriya maktabi iqtisodchilarining asarlarida avvalo siyosiy iqtisod predmeti, uning uslubiy negizlari va tadqiqot usuli to'g'risidagi ta'limot yanada kengaytirildi. Menger va uning tarafdorlari ishlab chiqarish munosabatlarini, ishlab chiqarishning rivojini tartibga soluvchi iqtisodiy qonunlami siyosiy iqtisod predmetiga kiritmadilar. Ulaming konsepsiyasiga ko'ra, siyosiy iqtisod xo'jalik subyekti tajribasining butun xilma-xilligi bilan uni idrok etishni o'rganishi lozim edi. Byom-Baverkning da'vo qilishicha, siyosiy iqtisod subyekt sifatida iqtisodiy hodisalarni izohlaydigan ildizlarni izlashi kerak. Alohida xo'jalik tadqiqot obyekti qilib olinar va jamiyatning eng oddiy ti pik elementi deb talqin qilinar edi. lamiyatdan mutlaqo ajralgan shaxs - Robinzon xo'jaligi mana shunday xo'jalikning oliy maqsadi deb atalardi (D.Defoning asarini eslang). Avstriya maktabi kapitalistik xo'jalikni eng oddiy elementlaming mexanik yig'indisi deb talqin etardi. Tadqiqotning bu usuli Robinzonada usuli degan nom oldi. Ayirboshlash konsepsiyasining tarafdorlari bo'lgan Avstriya maktablarining iqtisodchilari iqtisodiy masalalami faqat bozor munosabatlaridan, ya'ni ayirboshlash munosabatlaridan iborat qilib qo'ydilar. Ular individlaming moddiy ne'matlarni iste'mol qilishi xo'jalik faoliyatini tashkil etuvchi asosiy omil deb da'vo qilishdi. Qadriyat (qimmat) nazariyasi Avstriya maktabining konsepsiyalarida markaziy o'rin oldi. Bu nazariya «eng yuqori foydalilik» nomini oldi. Siyosiy iqtisodda qabul qilingan «tovar» va «qiymat» kategoriyalari ne'mat va qadriyat tushunchalari bilan almashtirildi. K.Menger, E.Byom-Baverk va boshqalar qiymat kategoriyasini subyektiv mazmun bilan to'ldirdilar. Uning ustunligi sifatida iste'mol qiymati yoki moddiy ne'matlarning foydaliligi qabul etildi. Foydalilik deganda Byom-Baverk moddiy ne'matlaming umumiy xususiyatini tushunar edi. Bu xususiyat moddiy ne'matlaming shaxslar farovonligiga ehtiyojlarining qondirilishiga munosabati bilan belgilanadi deb hisoblar edi. Qiymat qimmat va qadriyat tushunchasi bilan almashtiriladi. Ne'matning foydaliligi uning asosi deb hisoblanardi. Byom-Baverk foydalilikning oddiy (mavhum) va malakali (aniq) turini bir-biridan farq qilardi. Mavhum foydalilik mo'l-ko'l moddiy ne'matlarga xos bo'lgan foydalilik deb ta'riflanar edi. Bu holatda ne'mat birligining foydaliligi 0 dan iborat deb hisoblanardi (daryo yonida suv, havo va boshqaIar). Zaxiralari cheklangan ne'mat malakali foydalilik deb ta'riflanar, bu ne'matlarning hatto birlik hajrnida kamayishi ham shaxsning farovonligiga ta'sir qiladi deb uqtirilardi. Foydalilikning bunday bo'linishi moddiy ne'matiar qadriyatining vujudga kelishi bilan bog'liq qilib qo'yilar edi. Avstriya maktabining iqtisodchilari, hamma ne'matIar emas, balki Download 45.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling