Klassik maktabga muqobil (alternativ) ta'limotlar


P.J.Prudonning iqtisodiy konsepsiyasi


Download 14.84 Kb.
bet2/3
Sana23.11.2023
Hajmi14.84 Kb.
#1794900
1   2   3
Bog'liq
Klassik maktabga muqobil (alternativ) ta\'limotlar

P.J.Prudonning iqtisodiy konsepsiyasi.

  • Prudonizm Per Jozef Prudon (1809-1865) - fransuz publisti, mayda ishlab chiqarish nazariyotchisi, kambag'al kosib oilasida tug'ilgan. Moddiy jihatdan nochorligi sababli kolejdagi o'qishni tugatmagan, sherik hamkorining mablag'i hisobiga kichik bir bosmaxonani ishlatib, zo'r berib o'z ma'lumotini oshirish bilan shug'ullangan. Ilmu-fanni o'rganishni avvalo muhtojlikdan qutulish usuli deb bilgan.
  • 1838 yilda P.Prudon Bezanson akademiyasi tomonidan kam ta'minlangan yosh olimlarga ajratilgan uch yillik stipendiyani olib Parijga ko'chib o'tdi. Parijda u J.B.Sey, S.Sismondi, T.Maltus, K.Sen-Simon, Sh.Fure va boshqa iqtisodchi olimlar asarlari bilan yaqindan tanishdi.
  • 1840 yilda P.Prudonning «Mulkchilik nima?» nomli mashhur asari e'lon qilindi. Ushbu asarda kapitalizmni tanqid bosh mavzu bo'lsada, hali olimning amaliy dasturi bayon qilinmagan edi. 1846 yilda P.Prudonning «Iqtisodiy ziddiyatlar tizimi yoki qoshshoqlik falsafasi» nomli yana bir asari e'lon qilindi. Asarda olim kapitalizmni isloh qilishning amaliy dasturini ishlab chiqishga, siyosiy kurashning behudaligini asoslashga urindi.
  • 1848 yilda nashrdan chiqqan «Ijtimoiy masalalarning Xal etilini» nomli yangi asarida olim har qanday inqilobiy chiqishlarni keskin qoralaydi. Xalq banklari konsepsiyasini e'lon qilib xalqni ijtimoiy islohotlarga chorlaydi. P.Prudon siyosiy iqtisodni «aql-zakovatning abadiy qonunlari» to'g'risidagi fan deb biladi. P.Prudon va S.Sismondi nazariy qarashlarida biz juda yaqinlik va o'xshashlik hollarini uchratishimiz mumkin.
  • Birinchidan, iqtisodiyotda cheksiz erkin raqobatni inkor etib, boshqarish mumkin bo'lgan raqobatni topib tashkil etish.
  • Ikkinchidan, xo'jalik hayotini tahlil qilish jaranida iqtisodiy ko'rsatkich va manbalarni asosiy deb hisoblamasdan, balki mehribonlik, ahloq, ijtimoiy adolat, etika va boshqa kategoriyalarni, shuningdek inson hayotining eng oliy ne'mati tenglik va tinchlikni asosiy deb hisoblash.
  • Uchinchidan, ko'p yillar davomida yaratilgan ilmiy asarlarda iqtisodiy hodisalarga nemis faylasufi Gegel dialektikasi asosiy uslub qilib olinib, unga alohida e'tibor berildi.
  • P.Prudon o'zining mayda ishlab chiqarish manfaatlaridan kelib chiqqan islohotchilik konsepsiyasini maydonga tashlar ekan, juda ko'p masalalar xususidagi fikrlarni bayon etadi. mehnat taqsimoti, tovarning xususiyati, ish haqi, mulkchilik, daromad va takror ishlab chiqarish kabilarni ilmiy izohlashga harakat qiladi. P.Prudon o'zining eng muhim asarlaridan biri - «Iqtisodiy ziddiyatlar tizimi....» da avvalgi mehnat taqsimotini tahlil qiladi. Mehnat taqsimoti bir tomondan boylikning ko'payishiga imkon bersa, ikkinchi tomondan qashshoqlikka, kambag'allikka olib boradi.
  • P.Prudonning mulohazalariga qaraganda, mehnat taqsimotining naf keltiradigan xususiyatlarini saqlab qolish va zararli xususiyatlarini tugatish kerak. Metodologiya jihatidan bu o'rinda ijtimoiy jarayonlar dialektikasining ilmiy tahlilida tarixdan tashqari yondashuv sezilib turadi. Prudon tovarning xususiyatini ham mana shunday pozisiyalardan turib «tadqiq» qiladi.
  • Uning fikricha, qiymatning abadiy g'oyasi mavjud, bu g'oya iste'mol qiymati talab va kamchilik bilan, ayirboshlash qiymati esa taklif va mo'l-ko'lchilik bilan belgilanadi. Talab bilan taklif o'rtasidagi kurashda tovarning qiymati yoki narxi belgilanadi. Nazariy jihatdan olganda bu haddan tashqari vulgar konstruksiyadir: qiymat ayirboshlashda vujudga keladi, u ob'ektiv asosdan mahrum.
  • U ish haqining harakati qonuniyatlarini ham oddiy va g'ayriilmiy pozisiyalardan turib bayon etadi. Prudon ishchilarning ish haqini oshirish uchun kurashiga qarshi chiqadi, chunki bu narsa narx-navoning yoppasiga ko'tarilishiga yoki muhtojlikning kuchayishiga olib borar emish.

Download 14.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling