Klaster strategiyalari Innovatsion


-rasm. Innovatsion faollikni rag’batlantirish tizimi


Download 58.83 Kb.
bet2/3
Sana29.04.2023
Hajmi58.83 Kb.
#1400456
1   2   3

5.4.2-rasm. Innovatsion faollikni rag’batlantirish tizimi


Yangiliklarni amaliyotga joriy etish, innovatsion jarayonlarning holati innovatsion loyihalarni va innovatsion faoliyat infratuzilmalarni moliyalashtirish uchun mo’ljallangan moliyaviy institutlarning innovatsion faoliyat boyicha o’zaro bog’langan tizimini shakllantirishni talab etadi (5.4.3-rasm).



      1. Innovatsion faoliyatning investitsiya bilan ta‘minlash mexanizmini takomillashtirish. Mazkur masalani echishda ustuvor yo’nalishlar sifatida xususiy investitsiyalar bilan hamkorlikda ulushli asosda xatarning bir qismini o’z zimmasiga olgan holda yuqori samarali juda tez o’zini qoplay oladigan innovatsion loyihalar bo’lishi lozim. Bunda quyidagi masalalar echiladi:

ilmiy-texnik va innovatsion loyihalarni moliyalashtirish tizimining barqaror faolliyat ko’rsatish me‘yoriy bazani yaratish;
byudjet va nobyudjet innovatsiya jamg’armalari, innovatsion faoliyatni rivojlantirishga ko’maklashish boyicha chet el jamg’armalarini tashkil etish;
tez o’zini qoplay oladigan innovatsion loyihalarni amalga oshirish maqsadida mahalliy va chet ellik xususiy investorlar uchun jozibador sharoitlarni yaratish(ularni qo’llab-quvvatlash va rag’batlantirish);
innovatsion loyihalarni amalga oshirish bilan bog’liq moliyaviy xatarlarni sug’urtalash tizimini joriy etishdan iborat.

      1. Innovatsion jarayonning yaxlit infratuzilmasini shakllantirish innovatsion faoliyatni qo’llab-quvvatlash va rag’batlantirish muhim bo’g’in hisoblanadi.

Innovatsionfaoliyat infratuzilmasi – iqtisodiyot innovatsion rivojlanishning moddiy asosi, yangi texnologik ukladlarga o’tishning zarur dasturi, mintaqa iqtisodiyotining kichik ilmga oid sektorini
mustahkamlashning muhim omili va umuman iqtisodiyotdagi o’zgarishlarning etakchi omillaridan biridir.
Rivojlangan innovatsion infratuzilmalarni tashkil etish boyicha ishlar quyidagi tizimlarni tashkil etishni ko’zda tutadi:

  1. innovatsion faoliyatni axborot bilan ta‘minlash tizimi quyidagi ishlarni bajarni taqazo etadi:

-innovatsion faoliyat boyicha ma‘lumotlar bazasi va banklarni shakllantirish;
-korxona, innovatsion markazlarning ishlab chiqarish faoliyatini faollashtirish dastagi sifatida yagona axborot jamlanmasini tashkil etish maqsadida ma‘lumotlar bazasi va banklarga kira olish imkoniyatini beradigan innovatsion faoliyatning mintaqaviy axborot-tahliliy tizimini joriy etish;
-innovatsion jarayonlarning yagona axborot tizimini ishlab chiqish va ularni bosqichma-bosqich joriy etish;
-ma‘lumotlar bazasini yaratish va ularni to’ldirish hamda ularning hududlararo axborot tizimiga integratsiyasini ta‘minlash;
-turli mulkchilik shakldagi korxonalarning xo’jalik faoliyatini faollashtirish dastagi hamda mintaqada yagona axborot bazasining tarkibi sifatida ishchan mintaqalararo kommunikatsiyalarni joriy etish va rivojlantirish;
―Internet tarmog’ida innovatsion faoliyatni aks ettirish uchun web- portallarni yaratish;
-innovatsion loyihalarning ma‘lumotlar bazasini ishlab chiqish va joriy etish;
―Intellektual mulkchilik mezoni boyicha samaradorlikni baholash; ishlanmalar va yaratilgan intellektual mulkchilik natijalarini
-tijoratlashtirish imkoniyatlarini baholash;

  1. ilmiy-texnik, innovatsion tadbirkorlik sohasidagi innovatsion faoliyatda ishlash uchun kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash tizimida quyidagilarni amalga oshirish talab etiladi:

-milliy ilmiy-texnik mahsulotlar bozorini yaratish va shakllantirishda ishtirok etadigan va ilmiy-texnik ishlanmalarni milliy va chet el ilmiy-exik mahsulotlar bozorida sotishning barcha sikllarini samarali boshqara oladigan yuqori kasbiy ma‘lumotga ega bo’lgan sifat jihatdan yangi toifadagi mutaxassislarni tayyorlash;
-integratsiyalashgan kasbiy ta‘lim tizimini tashkil etish (malakaviy ishchi, texnik, muhandis va boshqa barcha toifadagi kasbiy kadrlarni tayyorlash) unda kadrlarni tayyorlash zamonaviy moddiy-texnik bazasidan foydalangan holda bevosita ishlab chiqarish korxonalarida amalga oshiriladi;
―Texnologiya va innovatsiyalarni tijoratlashtirish boyicha menejer,
―Texnologik innovatsiyalar (tarmoqlar) boyicha menejer ixtisosliklarini ochish bo’yicha takliflarni ishlab chiqishdan iborat.
v) ilmga oid mahsulotlarni sertifikatlashtirish tizimi quyidagi masalalarni echishni talab etadi:
-sanoat tarmoqlari boyicha qo’shma sertifikatsion tajriba laboratoriya va sertifikatlashtirish organlarini tashkil etish;
-ISO seriyadagi xalqaro sifat standartiga muvofiq holda korxonalarning sifat tizimini ishlab chiqarish va joriy etishga ko’maklashish;
-tajriba laboratoriyalarni faollashtirish, uning maqsadi tovar, ishlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish uchun oliy o’quv yurtlarining ilmiy salohiyatini oshirish, uslubiy bazasi, uskuna va o’lchov texnikalaridan foydalanishni yo’lga qo’yish;
-ro’yhatdan o’tgan sertifikatlashtirish va tajriba laboratoriya bo’yicha organlarning Yevropa Hamjamiyatining sertifikatlashtirish va akkreditatsiya qilish tizimlarini qo’llash;
-import o’rnini bosuvchi salohiyatga ega bo’lgan va istiqbolda barqaror o’sish tendensiyasiga ega bo’lgan mahsulotni aniqlash maqsadida ishlab chiqarish jahon standartlariga muvofiqligini aniqlash uchun barcha mintaqaviy ishlab chiqarish tuzilmalarini pasportlashtirish va sertifikatsiyalashtirish ishlarini olib borishdan iborat.
g) innovatsion loyihalarni ekspertizadan o’tkazish tizimi o’z oldiga quyidagi maqsadni qo’yadi:spublika ekspertiza ilmiy-maslahat tadqiqot markazlari kuchlari bilan ilmiy darajasi, iqtisodiy samaradorligi, ekologik xafsizligini mustaqil baholashni olib bora oladigan ilmiy-texnik va innovatsion loyihalar ekspertizasini tashkil etish zarur.

  1. patentli-huquqiy tizim quyidagilarni ta‘minlaydi:

-xo’jalik aylanma intellektual va sanoat mulkchilik ob‘ektlarini jalb qilish, uni inventarizatsiya qilish va ruhsat berilmagan holda foydalanishdan ishonchli himoya qilishni ta‘minlashni olib borish;
-patentli va ixtiro qilish faoliyatini moliyaviy tomondan qo’llab- quvvatlash, respublika va xorijiy davlatlarda intellektual mulkchilikni va unga bo’lgan huquqni himoyalashga ko’maklashish;
―Intellektual mulkchilik mezoni boyicha innovatsion loyihalar samaradorligini baholashni joriy etishdan iborat.

  1. marketing tizimi quyidagilarni nazarda tutadi:

-ichki va tashqi bozorlarda ilmiy-texnik ishlanmalar va innovatsion mahsulotlarnisotishni muvofiqlashtirish bilan shug’ullanadigan marketing markazlarini tashkil etish;
-raqobat qiluvchi korxonalar o’rtasida ulushlar taqsimlanishini tahlil qilish;
-iste‘molchilarning yangi mahsulotga bo’lgan ta‘sirini tahlil qilish; mahsulotlarni sotish strategiyasini variantlarini tadqiq etish va mahsulotni sotishni tahlil qilish;
mahsulot sotishning qisqa muddatli va uzoq muddatli prognozlash; ishchan faollik tendensiyasini organish;
-raqobatchilarning mahsulotlarini organish;
-muayyan faoliyat turi uchun qonunchilik cheklovlarini organish; narx-navosiyosatini ishlab chiqish uchun tegishli narxlarni belgilashdan iboratdir.
Innovatsion faoliyatni davlat tomonidan tartibga solish va rag’batlantirish jahon tajribalaridan kelib chiqqan holda mamlakatimizdagi vaziyatda innovatsion o’sish strategiyasini amalga oshirish ustuvor hisoblanadi.
Hozirgi paytda mamlakatda innovatsion faoliyat amalga oshirilayotgan sharoitlar quyidagicha tavsiflanadi:
-qonunchilik tomonidan yaqin, orta va uzoq istiqbollarga belgilangan milliy maqsadlar va ularga erishish boyicha aniq ifodalangan mexanizmlarning yaratilganligi;
-makroiqtisodiy barqarorlik vazifalariga bo’ysundirilgan davlat strukturalari faoliyati natijalari doim ham texnologik rivojlanish, innovatsion faoliyatni qo’llab-
quvvatlash maqsadlariga mos kelavermasligi;
-mamlakatning milliy xavfsizligi, iqtisodiy barqarorligi va rivojlanishi manfaatlarini ta‘minlash vositasi sifatida innovatsion faoliyatga davlat tomonidan qo’llab-quvvatlashni amalga oshirish ehtiyojlarining hozirgi siyosiy darajada aniq ifodalanmaganligi.
Mamlakatning milliy maqsadlarini amalga oshirishga ko’maklashuvchi innovatsion siyosat o’tkazishni quyidagicha ifodalash mumkin:
-milliy xavfsizlikni ta‘minlash;
-iqtisodiy barqarorlikka erishish, iqtisodiyotning imkoniyatlarini kengaytirish va umumiy quvvatini oshirish;
-sanoatni texnologik qayta jihozlash, jahon bozorida mamlakatimiz tovar va xizmatlari raqobatbardoshligini oshirish;
-tabiiy resurslarni asrash va ulardan oqilona foydalanish, atrof-muhit muammolarini hal qilish;
-aholining ijtimoiy muammolarini hal qilish, munosib turmush tarzini ta‘minlash;
-sog’liqni saqlash va ta‘lim olish uchun imkoniyatlar yaratish;
-oziq-ovqat, xomashyo, material va energiyaga bo’lgan milliy ehtiyojlarni kafolatli ta‘minlash.
Boshqa mamlakatlar tajribalaridai kelib chiqqan holda innovatsion jarayonning tarkibiy qismlarini quyidagicha aks ettirish mumkin:

Download 58.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling