Klinik laborator tashxislash va tekshiruv usullari


Download 3.04 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/93
Sana14.07.2023
Hajmi3.04 Mb.
#1660254
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   93
Bog'liq
klinik laborator tashxislash va tekshiruv usullari

Dizuriya (dysuria) - peshob ajratish buzilishi- yuqoridagi 
buzilishlami 
(siydik 
xajmining, 
chastotasining 
o ‘zgarishi) 
umumlashtiruvchi, og‘riqlar bilan kechuvchi simtomokompleks.Turli
46


siydik yo‘llari, jinsiy yo‘ddar yalligianish kasalliklarida: sistit, uretrit, 
pielonefrit, buyraklar sili.
Stranguriya (stranguria) - og‘riqli siyish.
Siydikning nisbiy zichligi 1,018-1,026 (ertalabki siydikda)
Sog‘lom odamda sutka davomida peshobning nisbiy zichligi 1,010 
dan l,020gacha tebranib turadi. Ertalabki (eng konsentrlangan) peshob 
porsiyasida normada 1,012-1,020 ga teng.
Peshobning nisbiy zichligi faqatgina erigan qismlar miqdoriga 
emas, balki ulaming molekulyar massasiga xam bog'liq. Yuqori 
molekulyar massali moddalar (masalan, proteinlar) nisbiy zichlikni 
oshiradi, peshobning osmotik konsentratsiyasiga esa unchalik xam ta'sir 
qilmaydi.
Osmotik 
konsentratsiya 
birinchi 
navbatda 
elektrolitlar 
va 
mochevinaga qarab aniqlaniladi. Osmotik konsentratsiya mosm/1 da 
o‘lchanadi. 
Sog‘lom 
odamda 
peshobning 
maksimal 
osmotik 
konsentratsiyasi 910 mosm/1 gacha yetishi mumkin (maksimal nisbiy 
zichlik 1,025-1,026).
Peshobning nisbiy zichligini aniqlash katta klinik axamiyatga 
molik, chunki unda erigan moddalar konsentratsiyasi xaqida ma'lumot 
beradi (mochevina, siydik kislotasi, kreatinin, turli tuzlar) va 
buyraklarning konsentratsion va eritish vazifasini namoyon qiladi. 
Buyraklarning konsentratsion qobiliyatini aniqlashning yanada aniqroq 
usuli krioskopiya usuli xisoblanadi ( muzlash nuqtasi bo‘yicha aniqlash). 
Tekshimvni standart suvli rejim (Zimnitskiy sinamasi), yoki quruq 
sharoitda (Folgard sinamasi) o‘tkazish kerak.

Download 3.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling