Peshob reaksiyasining kilotali yoki ishqoriy tomonga turg‘un
siljishi yomon oqibatli patogenetik faktor xisoblanadi. Peshobni
kimyoviy, mikroskopik va bakteriologik
tekshirganda va bemorga
diuretiklar va antibakterial preparatlar tayinlanganda peshob reaksiyasini
inobatga olish zarur.
Peshob reaksiyasi (rN) organizmda katabolik jarayonlar vaqtida
xosil bo‘ladigan, organik va noorganik
kislotalar dissotsiatsiyasi
natijasida yuzaga keladigan erkin vodorod ionlari N+ miqdoriga bog‘liq.
N+ ionlari buyrak kanalining distal qismi orqali chiqariladi, u
yerda asosan bufer asoslar bilan bog‘lanadi
va oz qismi siydik orqali
erkin xolda ajraladi.
Aniqlash usullari
Peshob reaksiyasini indikator qog‘oz yordamida aniqlash
rN 5,0-8,0 intervalini o ‘lchay oladigan, turli xil indikator qog‘ozni
qo‘llash mumkin( universal indikator, nitrazin sarig‘i, Biofan-3,Albufan,
Tetrafan).
Peshob reaksiyasini
yangi ajratilgan peshobda, siygan zaxoti
aniqlaniladi, chunki turib qolsa ishqoriylashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: