Sinama yuqori sezgirlikka ega. Quruq
sinamadan xam foydalanish
mumkin, bunda bir necha millilitr peshobga bir nechta sulfosalitsil
kislota kristallaridan yoki oldindan shu kislota eritmasi bilan xo‘llangan
filtrli qog‘oz solinadi .Yolg‘on musbat
natijalar yod preparatlari,
sulfanilamid preparatlar, penitsillinni katta dozalarini
qabul qilinganligi
bilan va peshobda siydik kislota konsentratsiyasi qoriligi bilan bog‘liq
bo‘lishi mumkin.
Azot kislotali bilan sinama ( Geller sinamasi)
Probirkaga 1-2 ml 50% li azot kislota eritmasidan,
ustiga shu
miqdorda peshob solinadi. Oqsil boiadigan bo‘lsa, ikkita suyuqliklar
orasida oq xalqa xosil bo‘ladi. Ba'zan, suyuqliklar orasidagi
chegaradan
sal yuqoriroqda, qizil-siyoxrang xalqa xosil bo‘ladi, bu uratlar borligidan
dalolat beradi. Urat xalqasi, oqsil xalqasidan
farqli ozgina qizitilganda
erib ketadi.
Bright sinamasi qaynatish va proteinuriyaga skrining-testlar bilan
(quruq kolorimetrik sinamalar) xech qanday reaktivlar talab qilmaydi.
Oqsil
tutgan peshob qaynatilganda, u denaturatsiyaga uchraydi va
6%li uksus kislotasida erimaydigan (fosfat tuzlaridan farqli),
bulutsimon
cho‘kma yoki yostiqchilar xosil qiladi. Skrining-testlar oqsilning
(albumin) indikator va bufer (odatda bromfenol ko‘ki bilan) belgilangan,
qog‘oz rangini o ‘zgartirishiga asoslangan. Indikator qog‘ozning
bo‘yalish intensivligi (Albufan, Albutest; Labstix,
Combur-test -
Germaniya) va oqsil miqdori o ‘rtasidagi to ‘g ‘ridan-to‘g ‘ri bog‘liqlik,
proteinuriya darajasini aniqlashga yordam beradi. Biroq, xozirgi kunda
qoilaniladigan skrining-testlar bir qator kamchiliklarga ega.
Masalan
bromfenol ko‘ki Bens-Djons oqsilini aniqlay olmaydi.
Miqdoriy sinamalar
Do'stlaringiz bilan baham: