Klinik laborator tashxislash va tekshiruv usullari
Qonni morfologik tekshirish
Download 3.04 Mb. Pdf ko'rish
|
klinik laborator tashxislash va tekshiruv usullari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qon olish texnikasi
Qonni morfologik tekshirish
Bemorni umumiy tekshirganda odatda umumiy qon taxlili tekshiruvi qo‘llaniladi. Bu taxlil orqali qon shaklli elementlarining miqdorini va sifat qo‘rsatkichi o‘rganiladi: • gemoglobin miqdorini aniqlash; • eritrotsitlar sonini aniqlash; • rang ko‘rsatkichini xisoblash; • leykotsitlaming soni va aloxida shakllarining nisbati; • eritrotsitlar cho‘kish tezligini aniqlash (EChT). Ba'zi bemorlarda kasallik xarakteriga qarab qo‘shimcha tekshiruvlar: retikulotsitlar, trombotsitlarni xisoblash, qon ivish vaqtini aniqlash. Klinik taxlil uchun periferik qon olinadi. Qonni iloji boricha ertalab ovqatdan oldin olish zarur, chunki ovqat, dori preparatlarini qabul qilish, vena ichiga in'eksiya, temperatura reaksiyalari va boshqa faktorlar qon taxlilida turli morfologik va bioximik o‘zgarishlarga olib keladi. Qon olish texnikasi • qonni maxsus rezinkali qo‘lqoplarda, aseptika qoidalarga rioya qilib olish kerak; • qon chap qo‘lning 4-barmoq oxirgi falangasidan olinadi (ayrim xollarda, yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda va emizikli bolalarda quloq yumshog‘idan yoki tovondan olish); • igna bilan teshishidan oldin o‘sha soxa 70° spirtda xo‘llangan paxtali tampon bilan artiladi; teri qurishi kerak. Bo‘lmasa qon yoyilib ketishi mumkin; • terini teshish uchun bir martalik steril igna-skarifikatordan foydalaniladi; • barmoqni yon yuzasidan, 2-3 mm chuqurlikda teshish kerak, chunki yon yuzada kapillyar to‘r ko‘p joylashgan; barmoqning daktiloskopik chiziqlariga ko‘ndalang teshilsa, qon oson va ko‘p miqdorda keladi; • birinchi qon tomchisi artib tashlanadi, chunki unda katta miqdorda to‘qima suyuqligi bor; qon xar safar olinganidan so‘ng qoldiqlar artib tashlanadi, keyingi qon yangi tomchidan olinadi. 7 • qon olib bo‘lgandan so‘ng jaroxatlangan joyga, 70° li spirt bilan xo‘llangan spirtda steril tampon qo‘yiladi; Gemoglobin (haemoglobinum) erkaklardar- 130-160 g/1 ayollarda- 120-140 g/1 Gemoglobinni tekshirish eng muxim va asosiy laborator tekshiruvlardan biri xisoblanadi. Eritrotsitlar soni bilan birga aniqlanganda, anemik xolatlarni baxolashda muxim laborator qo‘rsatkich xisoblanadi. Gemoglobin - xromoproteidlarga kirib, qonning asosiy nafas oqsili xisoblanadi. Oqsilli (globin) va oqsilsiz (gem) qismlardan tashkil topgan. To'rttalik oqsil bo‘lib, to‘rtta subbirlikdan tashkil topgan, ularning xar biri gem bilan bog‘langan polipeptid zanjimi xosil qiladi. Polipeptid zanjirlar juftli bir xil: 4 molekula gem bilan bog‘langan, 2 ta a globin tipli zanjir va 2 ta boshqa tipli (P, у i 6) zanjir. Gem - temir atomi bilan bog‘langan, protoporfirin IX molekulasi. Xar bir gemoglobin tetrameri 4 tagacha kislorod molekulasini qayta bog‘lashi va transportirovka qilishi mumkin. 65 % gemoglobin, eritrotsitning yadro saqlovchi yetilish bosqichida, 35 % esa — retikulotsit bosqichida xosil boiadi. yetilgan normotsit bosqichida gemoglobin sintezi to‘xtaydi. Xozirgi kunda gemoglobinning 3 ta asosiy turi ma'lum: Hb A, Hb F va Hb A2. Asosiy turi A bo‘lib, normada umumiy gemoglabinning 96-98 % ini tashkil etadi, Hb A2 esa atigi 2 - 3 % ni tashkil etadi. Yangi tug‘ilgan chaqaloqda asosiy o‘rinni egallovchi fetal gemoglobin (Hb F), katta odam qonida 1—1,5 %ni tashkil etadi. Download 3.04 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling