Klinik laborator tashxislash va tekshiruv usullari


Download 3.04 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/93
Sana14.07.2023
Hajmi3.04 Mb.
#1660254
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   93
Bog'liq
klinik laborator tashxislash va tekshiruv usullari

ISBN 978-9943-381-27-8
© «Navro‘z» nashriyoti, 2018 y.


KIRISH
Laborator tashxislash - bemomi klinik tekshirishni ajralmas qismi 
xisoblanadi. Labarator taxlillarsiz klinik tashxis qo'yib bo‘lmaydi.
Shu bilan birgalikda, shifokor-klinitsistlar oldida bugungi kunda 
yana bir muxim muammo klinik-laborator ko‘rsatkichlami dori 
vositalari ta'sirida o‘zgarishi turibdi. Buning oqibati yetarli darajada 
muxim, klinik-laborator tekshiruv natijalarini noto‘g‘ri taxlil qilish
noto‘g‘ri tashxis qo‘yilishiga va noratsional muolaja tayinlanishiga olib 
keladi. Ko‘pgina shifokorlar klinik-laborator ko'rsatkichlami dori 
vositalari ta'sirida o‘zgarishi xaqida yetarli ma'lumotga egaa emas, 
garchi bu ularning amaliy faoliyati uchun juda muxim.
Boiajak shifokor bemoming axvoliga, kasallik patogenezini 
bilgan xolda ob'ektiv baxo berishi uchun, kimyo va fiziologiyani 
mukammal bilishi kerak. Talaba faqatgina, xayot faoliyati asosida 
yotuvchi asosiy metabolik jarayonlami emas, balki patologik 
xolatlardagi bioximik aspektlami xam bilishi zarur.Xamma joy da 
qo‘llaniladigan 
normal 
ko‘rsatkichlar,xamma 
yoshdagilar, 
ya'ni 
chaqoloqlar, bolalar, kattalar va keksa yoshdagilaruchun aloxida 
ko‘rsatilgan (Mosbi, 2013.).
Zamonaviy patologik biokimyodan olgan bilimlami qo‘llash, 
shifokorlarga u yoki bu kasallik rivojlanishida sabab-oqibatlar 
bog‘liqligini aniqlashga, hamda labarator tashxislash va davolash 
tadbirlarini samaradorligini baxolashni rivojlantirishga yordam beradi.


QONNI LABORATOR VA INSTRUMENTAL TEKSHIRUV 
USULLARI
Qonning umumiy tavsifl
Qon (sanguis) biriktiruvchi to ‘qimaning ko‘rinishidan biri bo‘lib, 
plazma va shaklli elementlardan tashkil topgan. Organizmning turli a'zo 
va sistemalarining o‘zaro ta'sirida shakllanadi. Qonning shaklli 
elementlariga eritrotsitlar, leykotsitlar va trombotsitlar kiradi.
Shaklli elementlar qon umumiy xajmining 45 % ini, plazma esa 
55% ini tashkil etadi. Qon sistemasiga shaklli elementlar va plazmadan 
tashqari limfa, qon yaratish va immunopoez a'zolar kiradi (qizil suyak 
ko‘migi, timus, taloq, limfatik tugunlar, limfoid to‘qima to‘planishi).
Qon sistemasida barcha elementlar gistogenetik va funksional 
o‘zaro bog‘langan va neyrogumoral boshqarilish umumiy qonunlariga 
bo‘ysunadi. 0 ‘rtacha qon inson tana vaznining 6-8 % ini tashkil etadi; 
70 kg vaznli odamda qon xajmi 5 litrga yaqin.
Qon organizmdagi eng xarakatchan muxit bo‘lib, turli ahamiyatsiz 
fiziologik va patologik siljishlarga tez javob beradi. Qon tarkibi 
o‘zgarishi dinamikasini baxolab, klinitsist, turli a'zo va to‘qimalarda 
kechayotgan jarayonlarni bilishga xarakat qiladi.
Ko‘p xollarda qonni 
morfologik va bioximik tekshiruv 
natijalarisiz, kasallikka erta va to‘g‘ri tashxis qo‘yish, maqsadga 
yo‘naltirib davolash, kasallik oqibatini to‘g‘ri taxmin qilishni iloji yo‘q. 
Bunda takroriy tekshiruvlar katta axamiyatga ega, chunki gematologik 
siljish dinamikasi patologik jarayon dinamikasini aks ettiradi.

Download 3.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling