Klinik laborator tashxislash va tekshiruv usullari
Eritrotsitlar (erytrocytus)
Download 3.04 Mb. Pdf ko'rish
|
klinik laborator tashxislash va tekshiruv usullari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Eritrotsitlarni sifatiy aniqlash
Eritrotsitlar (erytrocytus)
erkaklar - 4,0-5,0 x 1012/1 ayollar - 3,7-4,7 x 1012/1 Gemoglobinni aniqlash bilan birga, qizil qon tanachalari (eritrotsitlar)ni xisoblash, anemik xolatlarni baxolashda muxim ahamiyat kasb etadi. Eritrotsitlar morfologiyasi Eritrotsit diametri 6-8 mkm, yumaloq yoki oval shakldagi, 2 tomonlama bukilgan xujayra - diskotsit - bo‘lib, Romanovskiy usuli bilan bo‘yalganda pushti rangga bo‘yaladi. Eritrotsitlar xajmi - 90 mkm3, yuzasi -140 mkm2, qalinligi -2,4 mkm (minimal - 1 mkm) Eritrotsit plazmolemma va stromadan iborat. Plazmolemma qator dori moddalarga, asosan gazlarga nisbatan tanlab o‘tkazuvchan, bundan tashqari turli xil antigenlar tutadi. Stromada xam qon antigenlari mavjud, bu ma'lum darajada qon guruxini belgilaydi. Bundan tashqari, eritrotsitlar stromasida kislorodning birikishini va to‘qimalarga yetkazilishini ta’minlovchi nafas pigmenti gemoglobin joylashgan. Eitrotsitlaming quruq qismi 95 % ga yaqin gemoglobindan va atigi 5 % boshqa moddalardan iborat, ya'ni nogemoglobin oqsil va lipidlar. Eritrotsitlar organizmning kislota-ishqor muvozanatini boshqarishda, antitela va toksinlar adsorbsiyasida, qon ivish jarayonlarida, hamda qator fermentativ jarayonlarda faol ishtirok etadi. Eritrotsitlarni sifatiy aniqlash Eritrotsitlar miqdorini xisoblashning quyidagi usullari mavjud: Eritrotsitlarni xisoblashni kamerali usuli. Qon xujayralarini xisoblash 12 uchun ko‘plab kameralar taklif qilinagan(Byurkera, Goryaeva, Toma, Predtechenskogo, Neybauera kameralari va x.k.). Ish sharoitida ko‘proq, Goryaev setkasi qollaniladi; • fotometrik usullar (asboblar yordamida: eritrogemometr va elektrofotokolorimetr). Bu asboblaming ishlash prinsipi eritrotsitlar sonini, eritrotsitlardan fotoelement yordamida o‘tgan yorug‘likni xisoblashga asoslangan; • xisoblashning elektron-avtomatik usullari. Ishlash prinsipi tor kapillyarlardan elektrik zanjir qarshiligi o‘tganda, qon xujayralarining o‘zgarishiga asoslangan. Bu elektromagnit xisoblagich yordamida qayd qilinadi. Xar bir xujayra ossilloskopik ekranda qo‘rinadi va avtomatik xisoblagich yordamida registratsiya qilinadi. Klinikada asosan eritrotsitlami kamerali va fotometrik usul yordamida xisoblash qo‘llaniladi. Download 3.04 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling