Klinik laborator tashxislash va tekshiruv usullari
Eritrotsitlami morfologik o‘zgarishi
Download 3.04 Mb. Pdf ko'rish
|
klinik laborator tashxislash va tekshiruv usullari
Eritrotsitlami morfologik o‘zgarishi
Qizil qon tanachalarini morfologik tekshirish, ularning umumiy sonini va gemoglabinni tekshirish bilan birga qimmatli usul xisoblanadi. Bu eritrotsitlardagi patologik o‘zgarishlami, diagnostik va prognostik aniqlashga imkon beradi. Qizil qon tanachalari morfologiyasini bilmasdan, qon kasalligiga tashxis qo‘yish, anemiyalarni qiyosiy tashxisini o‘tkazish mumkin emas. Shuning uchun eritrotsitlar morfologiyasi aniq ko‘rsatilmagan bo‘lsa, qon taxlili noto‘liq xisoblanadi. 15 Klinik maqsadlarda eritrotsitlar morfologiyasini Romanovskiy - Gimza usulida bo‘yalgan preparatda tekshirish qulayroq. Qon preparatlarini texnik tayyorlash va ulami Romanovskiy - Gimza usulida bo‘yash leykotsitlar morfologiyasi bo‘limida keltirilgan. Bunday xolatda yaxshi tayyorlangan surtma va yaxshi bo‘yash, morfologik xususiyatlarini to‘g‘ri aniqlash uchun zarur sharoit xisoblanadi. Anizotsitoz - bir xil vaqtda, turli xil o ‘lchamdagi eritrotsitlaming aniqlanilishi. Sog‘lom odamda eritrotsit diametri 6-8 mkm ga teng. Turli xarakterli anemiyalarda eritrotsitlar o‘lchami o ‘zgarishi mumkin. Mikrotsitlar - diametromi 6 mkm dan kichik eritrotsitlar - temir yetishmovchilik anemiyasiga xarakterli, Makrotsitlar - diametromi 9 mkm dan katta eritrotsitlar - jigar kasalliklarida va splenoktemiyadan keyin kuzatiladi. Mesalotsitlar - yirik (12 mkm atrofida), ovalsimon giperxrom с eritrotsitlar, megaloblastlar yetilganda xosil bo‘ladi - organizmda vitamin V I2 va foli kislota yetishmaganda paydo bo‘ladi. Eritrotsitlar yetilishining patologik xolatlarida anizotsitoz bilan birga, ularning shaklini o‘zgarishi - poykilotsitoz kuzatiladi: cho‘zinchoq, ovalsimon, noksimon, o‘roqsimon, sharsimon va x.k shaklli eritrotsitlar. Suyak ko‘migining eritropoetik funksiyasi yetishmovchiligida, suyak ko‘migidan qonga yetilmagan «yadroli» qizil qon elementlari - normoblast va eritroblastlar chiqadi. Eritrotsitlar yetilishining patologik xolatlarida, eritrotsitlarda «Jolli tanachalari» - olchaqizil rangga bo‘yaluvchi, diametri 1-2 mkm li yumaloq xromatin xosilalari va «Kebot xalqasi» - qizil, xalqa, sakkiz ko‘rinishidagi yadro qobig‘i qoldiqlari saqlanishi mumkin.( Asosan V12-tanqislik anemiyada uchraydi). Eritrotsitlaming bazofil donadorligi, ko‘k donachalar ko‘rinishida keltirilgan. Bunday eritrotsitlar qo‘rg‘oshin va og‘ir metall tuzlari bilan zaxarlanganda, talassemiyada, V I2- va foli kislota tankislik anemiyasida, alkogol intoksikatsiyalarida, dori vositalarining sitotoksik ta'siri natijasida kuzatilishi mumkin. Download 3.04 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling