Klinik laborator tashxislash va tekshiruv usullari
Download 3.04 Mb. Pdf ko'rish
|
klinik laborator tashxislash va tekshiruv usullari
Giperxromemiya — kam uchraydi va katta klinik axamiyatga ega
emas. Kuzatiladi: • birlamchi va ikkilamchi eritrotsitozlarda; 10 • degidratatsiyada nisbiy eritrotsitozlarda (yurak dekompensatsiyasi va x.k.). Zamonaviy miqyosda tashxislash usullari yetarli darajada rivojlanmagan, gemoglabinning umumiy miqdorini aniqlash bilan cheklangan, lekin ba'zi xolatlarda sifatiy tarkibi xam xal qiluvchi, diagnostik axamiyatga ega bo‘ladi. Gemoglobin qonda bir nechta xosilalar ko‘rinishida sirkulyasiya qiladi. Kislorodni birikishi (temir gemga) oksigemoglobin (Hb02) xosil bo‘lishiga olib keladi. Kislorodni to‘qimalarga yetkazib, oksigemoglobin qaytarilgan shaklga aylanadi (Hb02 «-*• Nb). Karbonat angidridni to‘qimalardan yo‘qotilishi, uni globinni erkin amin guruxlariga birikishi orqali amalga oshadi, bunda karbaminogemoglobin (karbgemoglobin) xosil bo‘ladi. Uglerod oksidi (SO) temir gemga birikadi, natijada turg‘un birikma karboksigemoglobin xosil bo‘ladi. Uglerod oksidi almashinuv maxsuloti bo‘lib, endogen, gemning parchalanishidan xosil bo‘ladi. Karboksigemoglobinning boMishi, birinchi navbatda gemoliz ko‘rsatkichi bo‘lib xisoblanadi. Gem temiri ikki valentli shaklda boMadi. Oksidlanganda (Fe++ *-»[]Fe+-H-) metgemoglobin xosil bo‘ladi. Gem temiri oksidlovchilari metabolizmning turli maxsulotlari - kislorodning faol shakllarida, fermentlar, aldegidlar va x k. Normada bir sutkada 2,5 % metgemoglobin xosil bo‘ladi, qonda 1,5 % ini aniqlash mumkin. Metgemoglobinreduktazali tizim metgemoglobinni qaytarib, uni qaytalangan shaklga o‘tkazadi va yana kislorod transportirovka qilish xususiyatiga ega bo‘ladi. Ekzogen metgemoglobin xosil qiluvchilarga keragidan ortiq suv, ovqat, dori vositalaridagi nitritlar, nitratlar kiradi. Gemoglobin turli sulfoxosilalar bilan kompleksga birikib, sulfmetgemoglobin xosil qiladi. Sog‘lom odamlarda qonda gemoglobinning bu xosilasi aniqlanmaydi. Uning aniqlanilishi sulfoxosilalarning suvda, ovqat, xavoda yuqoriligidan dalolat beradi. Shuning uchun sulfmetgemoglobin ekologik muxitning markeri xisoblanadi. Glikozilirlangan gemoglobinni aniqlanishi xam diagnostik axamiyatga ega, gemoglobinni turli uglevodorodlar bilan birikishidan xosil bo‘ladi. Umumiy glikozilirlangan gemoglobinning 95 % ni, gemoglobin va glyukoza kompleksidan xosil bo‘lgan gemoglobin A1 ga to‘g‘ri keladi. 11 Gemoglobin xosilalarining differensiatsiyasi spektroskopik apparat yordamida amalga oshiriladi. Gemoglobin turlari faqat tashxis qo‘yish uchungina emas, balki anemiya patogenezi xaqida ham ma'lumot beradi. Gemoglobinning patologik turlari tomonidan chaqirilgan anemiyalar, gemoglobinopatiyalar deyiladi. Xozirgi kunda 600 dan ortiq anomal gemoglobinlar topilgan. Gemoglobinopatiya M, S, D, «Volga», «Xelsinkalar» va x к turlari ma'lum. Ular sifatli va miqdoriy bo‘lishi mumkin. Sifatlilari aminokislotalar almashishi natijasida paydo boMadi. Miqdoriylari gemoglobinopatiyalar esa polipeptid zanjirlaming sintezi tezligi o‘zgarishi bilan bog'liq. Download 3.04 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling