Klinik laborator tashxislash va tekshiruv usullari
Download 3.04 Mb. Pdf ko'rish
|
klinik laborator tashxislash va tekshiruv usullari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Leykotsitlar morfologiyasi
- Leykotsitar formulani aniqlash
Leykotsitar formula
neytrofillar: -yosh 0 % -tayoqchayadroli 1-6 % (0,040-0,300 x l0 9/l) -segmentyadroli 47-72 % (2,0-5,5 x l0 9/l) Eozinofillar 0,5-5 % (0,020-0,300 x l0 9/l) Bazofillar 0-1 % (0-0,065 xl09/l) Limfotsitlar 19-37 % (1,200-3,000 xl0 9/l) Monotsitlar 3-11 % (0,090-0,600 x l0 9/l) Leykotsitar formula deb, qon leykotsitlari aloxida shakllarining foizdagi nisbatiga aytiladi. Leykotsitlarniquyidagicha tasniflash mumkin: • kelib chiqishi bo‘yicha (mieloid va limfoid)-, • vazifasi bo‘yicha (fagotsitlar yoki immunotsitlar); • morfologiyasi bo‘yicha (yadrosining tuzilishi va sitoplazmatik kiritmalar borligi). Leykotsitlar morfologiyasi Leykotsitlarning ikkita asosiy guruxi farqlanadi: granulotsitlar (donador) va agranulotsitlar (donasiz). Granulotsitlaming yadrosi segmentlangan (siyoxrang rangda), donadorlik saqlovchi oksifil (pushti) sitoplazma. Xarakteriga ko‘ra protoplazmaning spetsifik donadorligi bo‘yicha granulotsitlar quyidagi turlarga bo‘linadi: • neytrofillar (mielotsitlar, yosh, tayoqcha yadroli va segment yadroli); • eozinofillar; • bazofillar. 21 Agranulotsitlarning yadrosi bo‘laklarga bo‘linmagan va sitoplazmasi bazofil (xavorang), sitoplazmada donadorlik yo‘q. Ularga kiradi: • limfotsitlar; • monotsitlar. Leykotsitar formulani aniqlash Leykotsitar formula bo‘yalgan surtmalarda xisoblaniladi. Aniq xisoblash uchun kamida 200 ta leykotsitni xisoblab qo‘rish zarur. Surtma tayyorlash texnikasi ■ qon surtmasi yog‘sizlantirilgan buyum oynasida tayyorlanadi; ■ barmoqning igna sanchilgan joyi quruq paxta sharigi bilan artiladi va buyum oynasining chetidan 1,5-2 sm qon tomchisi suriladi; ■ chetlari kesilgan, silliqlangan buyum oynasini qon tomchisidan 45° burchak ostida o‘matiladi va qon silliqlangan buyum oynasiga bir tekis tarqalishi uchun, tomchiga ozgina ta'sir etiladi; ■ so‘ngra, qonni bir tekis taqsimlab, bosmasdan silliqlangan buyum oynasi, buyum oynasi bo‘ylab o‘tkaziladi; surtma yupqa va tekis bo‘lishi zarur; ■ surtma xavoda quritiladi va 3-5 min metil spirtida yoki 5-10 min May - Gryunvald eozinmetil ko‘ki eritmasida fiksatsiyalanadi; ■ keyin surtma Romanovskiy - Gimza usuli bilan 30 - 40 min davomida bo‘yaladi, bo‘yoqning ortiqchasi oqar suvda yuvib tashlanadi va surtma quritiladi. Romanovskiy - Gimza bo‘yog‘i (zavodda tayyorlangan) quyidagi tarkibga ega: azur II - 3 g; suvda eruvchan sariq eozin - 0,8 g; glitserin - 250 ml; metil spirti - 250 ml (asosiy eritma). Ishni boshlashdan oldin undan extempore, 1-2 tomchi asosiy eritma 1 ml distillangan suv bilan aralashtirilib, ishchi eritma tayyorlanadi. Pappengeym bo‘yicha kombinirlangan bo‘yashdan xam foydalanish mumkin: fiksatsiyalanmagan surtmaga pipetka yordamida, May - Gryunvaldning tayyor bo‘yoq-fiksatori qo‘shiladi. 3 minutdan keyin qoplovchi surtma bo‘yoqqa teng miqdorda distillangan suv qo‘shiladi va bo‘yashni yana 1 min davom ettiriladi. Keyin bo‘yoq yuvib tashlanadi va surtma xavoda quritiladi. Quritilgan surtmani Romanovskiy bo‘yog‘ini yangi tayyorlangan suvli eritmasi bilan 8-15 22 min davomida qayta bo‘yaladi. Bu usul suyak ko‘migi punktatlari surtmalarini bo‘yash uchun eng yaxshi usul xisoblanadi; Sanash tartibi ■ Surtmaning to‘rtta chetki soxalariga immersion yog‘ tomiziladi. Shu soxalardan birini ko‘ruv maydoniga to‘g‘rilanadi; ■ Surtmani mikroskop okulyari ostida xarakatlanish, egri-bugri chiziq bilan amalga oshiriladi. Bu leykotsitlarning xar bir turini aniq xisoblash uchun kerak. Chunki surtmada ular notekis tarqalgan bo‘ladi: eng og‘irlari - bazofillar, eozinofillar va monotsitlar - chetlariga yaqin, yengilrog‘lari esa - limfotsitlar - markazga yaqin; ■ Avval leykotsitlarning aloxida turlarini farqlashni o‘rganish kerak, donador va donasiz leykotsitlar yadrosi shakliga, donador leykotsitlar protoplazmasidagi yadrolaming xajmi va bo‘yalishiga, eritrotsitlarda yadro yo‘qligiga ishonch xosil qilish kerak; ■ Qog‘ozga leykotsitlarning asosiy shakllari bilan ustun chiziladi; xar bir qo‘ruv maydonida aniqlangan kajdbiy leykotsitni kervkli ustunga nuqta yoki chiziqcha bilan belgilanadi; ■ Xisoblash uchun o‘n bir klavishli xisoblagichdan foydalanish qulayroq; ■ Xisoblash aniqroq boiishi uchun 200 ta leykotsit sanaladi - 50 katakdan yuqori va pastki qirralari bo‘ylab, surtmaning boshida va oxirida. ■ Qondagi leykotsit ma'lum turini foiz tarkibini aniqlash uchun, xar bir ustundagi xujayra miqdorini 2 ga bo‘lish zarur, chunki 200 ta xujayra xisoblangan. Download 3.04 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling