Klinik laborator tashxislash va tekshiruv usullari
Eozinofillar (eosinophilus)
Download 3.04 Mb. Pdf ko'rish
|
klinik laborator tashxislash va tekshiruv usullari
Eozinofillar (eosinophilus)
26 Norma: 0,5-5 % (0,020-0,300 x 109/1) Eozinofillar - ikki-, uch qavat yadro, sitoplazmasida yirik donalar tutuvchi yirik xujayralar. Xujayra diametri 15 mkm ga yaqin. Romanovskiy usuli bilan bo‘yalganda donalari to‘q-qizil eozin rangini oladi yoki ochroq bo‘yaladi (go‘sht rangi). Agar preparat qaytadan bo‘yalsa, donalari jigarrang-qizil yoki jigarrang rangni oladi. Oval yoki poligonal shakldagi spetsifik oksifil granulalar, argininga boy asosiy oqsil, hamda gidrolitik fermentlar, neytrofil lizosomalari kabi peroksidaza va nordon fosfataza (yuza qismida), esteraza, gistaminaza tutadi. Eozinofillar asosiy vazifasini qonda emas, to‘qimalarda o‘taydi. Eozinofillar, boshqa gurux leykotsitlari qatori, fagotsitoz xususiyatigi ega, oqsil tabiatli maxsulotlar dezintoksikatsiyasida va organizmning allergik reaksiyalarida muxim rol o ‘ynaydi. Eozinofillar gistaminni, gistaminaza fermenti yordamida nofaol xolatga o‘tkazadi. Eozinofillar gistaminni bazofil va semiz xujayralardan ajralishini tormozlovchi maxsus omil ishlab chiqaradi. Eozinofillarning gelmintozlarda immunitet rivojlanishiga ta'siri, bu xujayralarning killer (sitotoksik) effekti bilan bog‘liq, shuning uchun gelmintozlardagi gipereozinofiliyani organizmning ximoya reaksiyasi deb qarash mumkin. Eozinofiliva - eozinofillar sonining 5-6 % dan ortishi. Quyidagi xolatdarda kuzatiladi: • turli xil allergik kasalliklar va sindromlarda (bronxial astma, krapivnitsa, gelmintozlar, qichuvchi dermatitlar, ekzema, Kvinke shishida); • nevroz; • toksikoz; • gelmintoz; • limfogranulematoz; • surunkali mieloleykozda (bazofiliya xam kuzatiladi); • revmatizmda; • ba'zi antibiotiklar va sulfanilamid preparatlar bilan davolanganda; • sepsis, krupoz pnevmoniya va boshqa kasalliklardan tuzalish davrida. Eozinopeniva -eozinofillar miqdorining kamayishi Quyidagi xolatdarda kuzatiladi: o‘tkir infeksion kasalliklaming avj olish davrida; • sepsis; • tuberkulezning og‘ir shakllari; • tif; • intoksikatsiyalarda; • pernitsioz anemiyada. Eozinopeniyanmg leykopeniya bilan birga uchrashi yomon belgi xisoblanib, qator kasalliklarda organizm umumiy qarshiligi pasayganidan dalolat beradi. Download 3.04 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling